2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Moliyaviy mablag’ga bo’lgan talab va uning hisobi



Yüklə 355,5 Kb.
səhifə3/19
tarix12.10.2023
ölçüsü355,5 Kb.
#154470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Moliyaviy mablag’ga bo’lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish moliyaviy xarajatlar bilan bog’liq.Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga kerak bo’ladigan pulning miqdorini (Pp) quyidagi formula asosida hisoblash mumkin:


Pp = Pi + Pm + Pv + Pa + Ph ;

Bu yerda:


Pi– yollanmaishchilarga maosh to’lash uchun kerak bo’ladigan pul mablag’lari;
Pm– sotibolinadigan material, xomashyo, yarim tayyor mahsulot, butlash qismlar, yonilg’i, energiya uchun to’lovlar;
Pv– mehnatvositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) – bino, inshoot, uzatish moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi, asbob-uskunalar, transport vositalarini sotib olishga ketgan mablag’lar;
Pa– axborotuchun sarflangan mablag’lar;
Ph – boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari, transport xizmatlari va boshqalarga) ketgan to’lovlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanish uchun tad­birkor boshlang’ich kapitalga ega bo’lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo’lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon tijorat banki yoki mablag’i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Buning boshqa yo’li ham bor – tadbirkor ishlab chiqarish omillari (bino, uskuna, xom ashyo, material, axborot va boshqalar)ni kreditga ham olishi mum­kin. Baribir tadbirkor kredit bergan shaxsga olingan pul mablag’ini yoki kreditga olingan ishlab chiqarish omillarining qiymatini qo’shimcha foizlar bilan qaytarishi kerak.
Mablag’larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun O’zbekistonda kichik biznesni rivojlan-tirishga yordam berish maqsadida mahsus jamg’armalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgandir.
Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida bilvosita ishtirokchi bo’lib, unda moliya soliq organlari ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy to’lovlar, ajratmalar va jarimalar o’tkazish bilan shug’ul-lanadilar.
Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror bir ishni bajarish, haridorga, iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo’linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to’lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to’lovlar to’langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi.
Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydani jami xarajatlarga bo’lgan nisbati shaklida aniqlanadi.

Yüklə 355,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin