2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 355,5 Kb.
səhifə8/19
tarix12.10.2023
ölçüsü355,5 Kb.
#154470
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
2 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Maslahat tadbirkorligi. Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada o’z mutaxassisligi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. CHet ellarda boshqaruv bo’yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo’yicha Yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta’rificha menejment-konsalting boshqaruv bo’yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko’rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag’larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg’or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag’lar bilan tengdir. Mablag’lar ishlatishning ushbu ko’rinishi bizning mamlakatimizda endi amalga oshirilmoqda. Bu yo’nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va bosh­qaruv sohalarida to’laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko’p korxonalar o’zlarining intellektual imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan. O’z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Germaniyaning mashxur «Porshe» avtomobil firmasi 1991 yilga kelib tanazzulga uchrash arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni tuzatish uchun Yaponiyaning «Sin gidzyutsu» (bu «Yangi texnologiya» ma’nosini bildiradi) konsalting firmasigamurojaat qilishdi. Firma «Toyota»ning malakali mutaxassislarini yig’ib, ishga kirishdi. CHet ellik maslahatchilar sharoitni obdon o’rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida xarajatlar keskin ravishda kamaytirildi. Kon­veyer tizimi o’zgartirilmasada mahalliy tajriba va an’analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif qilgan tizim ishlay boshladi.
Yaponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar yuzaga keldi: kompaniyakam xarajat qilib, ko’proq avtomobil ishlab chiqara boshladi. 19%ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliroq ishni bajara boshladi. Yapon maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig’uv konveyer uzunligi qisqardi, ko’p miqdordagi yordamchi omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30% ga qisqardi. Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil yig’ish tezligi 40% ga oshdi. Bu ishning barchasini o’sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo’lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo’lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
- muammolarni aniqlash (diagnostika);
- loyihani ishlab chiqish;
- loyihani amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish ko’p yillar davom etadi.

Yüklə 355,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin