Moliyaviy tadbirkorlik.Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Savdo firmasidamarketingfaoliyatining model-dasturi
3.1.2-rasm. Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv (mablag’larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to’lovlari bo’lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi.
Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan bog’liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo’ladi. SHu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo’lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O’zbekistan Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o’tkazish to’liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o’rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda o’tkazilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aktsionerlik banklari faoliyat ko’rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo’jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati ko’rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to’la mustaqildir. O’z resurslari yetmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin.
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko’payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog’ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog’ozlarning kopirovkasi o’tkazi-ladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo’limi mutaxassislari birja orqali o’tayotgan barcha qimmatbaho qog’ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aktsiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo’ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo’layotgan ahvolni o’ziga xos ravishda aks ettiradi.
SHu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog’ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog’ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog’ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog’ozlar umumiy hajmidagi salmog’i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham fond birjalari o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aktsiyalar savdosi bilan shug’ullanuvchi yopiq aktsiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi tarkibidagi fond bo’limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog’ozlarning bir maromda muomalada bo’lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi bo’lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha tadbirlar ko’rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo’lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo’lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog’ozlar «Toshkent» respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamg’arma sertifikatlari chiqarildi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do’konlari tarmog’i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 taga yetdi.
1995 yilda «Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo fond birjalari federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.