2-mavzu. Kompyuter grafikasining vositalari.
Reja:
1. Kompyuterda yaratilgan tasvirlar, qurulmaviy vositalar.
2. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish.
3. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish.
Grafikaviy tizimlarda zamonaviy qurilma vositalari alohida o`rin egallaydi.
Bulardan biri videoadapter qurilmasini ko`rib chiqamiz. Videoadapterlar
takomillashishning uzoq yo`lini bosib o`tishdi. Birinchi
personal kompyuterlarda
monitor sifatida turmushdagi televizorlardan foydalanishdi, hozirgilari esa
kompyuterni quvvatli grafikaviy stantsiyaga aylantirmoqda. Bu oraliqda plata va
standartlarning bir necha avlodi almashdi.
Dastlab MDA – Monochrome Display Adapter (displeyning
monoxrom
adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli
informatsiya – harflar va raqamlarni chiqarish qobiliyatiga ega edi. Bunda hech
qanday grafika va rang yo`q edi.
MDAni almashtirgan CGA – Color Graphics Adapter (rangli grafika adapteri)
nafaqat matnli, balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o`n oltita rangdan
to`rttasi chiqishini ta`minlab turdi.
EGA – Enhanced Graphics Adapter (yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang
palitrasidan ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga
chiqariladigan grafika sifatini sezilarli yaxshiladi. EGA standarti paydo bo`lishi
bilan
grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft Windows operatsion
tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi.
VGA – Video Graphics Array videostandarti eng qulay, bugungi kungacha
foydalanilayotgan bo`lib, asta-sekin SVGA (Super-VGA) standartiga o`tdi.
VGAning birinchi platalari 262144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi.
Keyinchalik VGA bilan birga mos keladigan juda ko`p platalar paydo bo`ldi,
ularda mumkin bo`lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (True Color rejimi).
Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi –
monitor
ekranida asliga maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir.
Bunda quyidagi: aks ettirilayotgan ranglar sonini ko`paytirish; aniq va har xil
tasvirlash qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish
vazifalari doim bo`ladi.
Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir
nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko`rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo`shimcha
razryadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus dasturlar
tomonidan grafikani aks
ettirish operatsiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya mahsulotini
tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun
foydalaniladi.
Zamonaviy videokarta – o`z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va monitor
uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o`zining
mikroprotsessorlariga ega bo`lgan miniatyuradagi kompyuter bo`lib, o`zi
hisoblarni bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini boshqarish
qobiliyatiga ega. Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni
qurish qobiliyatini
apparatli videotezlanish deb ataladi (agar videokartada bunday qobiliyat bo`lmasa,
yuk asosiy protsessorga tushadi va bu holda dasturaviy videotezlanish haqida
gapirishadi). Zamonaviy kompyuter o`yinlari uchun videoadapterda tezlanish
funktsiyalarining bo`lishi zarur.
Grafik informatsiyani kiritish qurilmalari. Grafikaviy informatsiyani raqamli
shaklga o`zgartirish jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
O`qish;
Kodlash.
O`qish
– grafikaviy elementni (nuqta, chiziq, elementar fragment)
va qabul
qilingan koordinatalar tizimida uning koordinatalarini aniqlash.
Kodlash
– o`qilgan informatsiyani belgilangan qoidalarga muvofiq raqamli
kodga aylantirish.
O`qish jarayonida inson ishtirokining darajasi bo`yicha grafikaviy
informatsiyani kiritish qurilmalari va avtomatik va yarim avtomatik qurilmalarga
bo`linadi.
Grafikaviy informatsiyani avtomatik kiritish qurilmalari o`zgartirishning
kuzatuvchi yoki yoyuvchi metodlaridan foydalanishadi.
Birinchi holda ishchi
organ abstsissa o`qi bo`ylab o`zgarmas tezlikda siljib berilgan egrilik chegarasini
kuzatadi (o`zgartiriladigan egrilik ordinata o`qi bo`yicha ishchi organ og`ishining
son qiymatlari ko`rinishida ifodalanadi). Ikkinchi holda abstsissa o`qi bo`ylab
qandaydir qadamda ishchi organ tasvirni skanerlashni amalga oshiradi. Bunda
berilgan egrilik bilan skanerlovchi nur kesishish nuqtalarining ordinatalari qayd
qilinadi. Grafikaviy informatsiyani kiritish avtomatik
qurilmalari faqat murakkab
bo`lmagan rasmlarni, masalan bitta argumentning birgina ma’nosi bo`lgan
funktsiyalarining grafiklarini kodlashda qo`llanadi, chunki murakkab tasvirlarni
kiritayotgan tasvir elementlarini tanishda ancha qiyinchiliklar tug`iladi.
Grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega
bo`ladi, unda hujjat hamda alfavitli-raqamli informatsiyani
kiritish uchun
alfavitliraqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi.
Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi kodlarni olish usuli
bo`yicha grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va
boshqalarga bo`lish mumkin.