2-mavzu. Kompyuter grafikasining vositalari. Reja: Kompyuterda yaratilgan tasvirlar, qurulmaviy vositalar. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish



Yüklə 162,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.09.2023
ölçüsü162,7 Kb.
#148976
1   2   3   4
2-ma’ruza Kompyuter grafikasi

Tasvir imkoniyati
– bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi 
kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik 
muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir
imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – 
haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.
Tasvirning haqiqiy o`lchami
piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari 
(millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida 
belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda 
ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini 
aniqlash oson bo`ladi.
Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik 
o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday 
qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar 
miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: 
oqqora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari) 
indekslangan rangli, to`liq rangli.
Oq-qora shtrixli tasvir.
Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. 
Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. 
Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit 
bo`ladi.
Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya’ni 
uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi 
mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 
gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi 
yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun 
etarlidir.


Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo`lib, 
ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan 
tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8 
bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Kompyuter grafikasi qanday turlarga bo`linadi ?
2.Animatsion, namoyish, bezatilgan, kommertsiya, injener va ilmiy 
grafikalarni xarakterlovchi xususiyatlari nimalardan iborat ?
3. Grafik tasvirning asosiy turlari qanaqa ?
4. Grafiklarning asosiy ko`rinishlari qanaqa ?
5. Kompyuter grafikasining asosiy qo`llanish sohalari qanaqa?
6. Rastrli tasvirlar qanday asosiy xarakteristikalariga ega?
7. Tasvir shaklda taqdim etilgan malumotlarning qanday turlarini bilasiz?

Yüklə 162,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin