2-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klasifikatsiyasi


ATM texnologiyasi ATM texnologiyasi



Yüklə 40,06 Kb.
səhifə9/14
tarix07.01.2024
ölçüsü40,06 Kb.
#207921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2-Mavzu Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klasifikatsi-kompy.info (1)

ATM texnologiyasi

ATM texnologiyasi

Bu texnologiya virtual kanallarni o‘rnatishga asoslangan va integrallashgan xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarning yangi avlodi uchun yagona universal transport sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Texnologiya uzatishning asinxron ish tartibidan (Asynchronous Transfyer Mode, ATM) foydalanadi.

Integrallashgan xizmat ko'rsatish deganda, tarmoqning turli xil trafikni uzatish xususiyati: kechikishga sezgir trafik (masalan, ovozli) va elastik, ya'ni kechikishni keng chegarada yo'l qo'yadigan trafik (masalan, elektron pochta trafiki yoki veb-sahifani ko'rib chiqish) tushuniladi. Bu bilan ATM texnologiyasi faqat elastik kompyuter trafikini uzatish uchun mo‘ljallangan Frame Relay texnologiyasidan katta farq qiladi.

ATM texnologiyasida ma'lumotlarni ko'chirish uchun yacheykadan foydalaniladi. Yacheyka kadrdan qayd qilingan va uncha katta bo'lmagan o'lchami bilan farq qiladi. Yacheykaning uzunligi 53 baytdan, ma‘lumotlar maydoni esa 48 baytdan tashkil topgan. Bu ATM ga kerakli bo'lgan sifat darajasida kechikishga sezgir bo'lgan ovozli va videotrafikni uzatishga imkon beradi.

ATM texnologiyasida ma'lumotlarni ko'chirish uchun yacheykadan foydalaniladi. Yacheyka kadrdan qayd qilingan va uncha katta bo'lmagan o'lchami bilan farq qiladi. Yacheykaning uzunligi 53 baytdan, ma‘lumotlar maydoni esa 48 baytdan tashkil topgan. Bu ATM ga kerakli bo'lgan sifat darajasida kechikishga sezgir bo'lgan ovozli va videotrafikni uzatishga imkon beradi.

ATM texnologiyasidagi paketlarni uzatishda bo'lishi mumkin bo'lgan kechikishlar paketli kommutatsiya tamoyilining oqibatidir, chunki tarmoq kommutatorida yoki marshrutizatorida navbat bo'lgani uchun har bir paket buferlashtirilib shaxsan uzatiladi. Ovozli va videotrafik uchun alohida paketlarni uzatishning kechikishi buzilishga olib keladi, bundan qabul qilayotgan tarafdagi qayta ishlangan tovush yoki tasviming sifati buziladi. Tovush yoki tasvir uzluksiz axborot bo'lgani uchun, uni uzatish uzluksiz (analog) signallami amplituda bo'yicha ham, vaqt bo'yicha ham diskretlash yo'li bilan amalga oshiriladi.


Yüklə 40,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin