2-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klasifikatsiyasi


Simsiz shaxsiy va lokal tarmoqlar



Yüklə 40,06 Kb.
səhifə6/14
tarix07.01.2024
ölçüsü40,06 Kb.
#207921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-Mavzu Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klasifikatsi-kompy.info (1)

Simsiz shaxsiy va lokal tarmoqlar
Simsiz tarmoqlaming asosiy vazifasi kompyuter qurilmalari orasida bog'lanishni amalga oshirishdan iborat. Kompyuter qurilmalariga noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar kiradi.
Simsiz tarmoqlaming quyidagi turlari mavjud:

  • simsiz shaxsiy tarmoq;

  • simsiz lokal tarmoq;

  • simsiz regional tarmoq;

  • simsiz global tarmoq.
    Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo'lmagan masofasi bilan ajralib turadi va katta bo'lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning uzatish tezligi odatda, 1,5-2 Mb/s oshmaydi.

Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida, ishlab chiqarish va ma'muriy binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta'minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar, odatda noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar va katta resurslami talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli qurilmalami ishlatishadi.


Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo'la turib foydalanishi mumkin. Bu xizmatchiga o'z vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Bajaradigan amallari bo'yicha bunday tarmoqlar Ethernet kabi ananaviy simli lokal tarmoqlariga o'xshash.
Lokal simsiz tarmoqlar binolar doirasida yuqori ko'rsatkichlarga ega va IEEE 802.15 Wi-Fi texnologiyasida ishlaydi.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo'yicha shaharga teng bo'lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba'zida esa mobillik zarur bo'ladi.
Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma'lumotlarni uzatishni ta'minlaydi. Yoki ishlab chiqarish korxonasi bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan buyurtmalarning bajarilishini ta'minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to'playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infraluzilmalari bilan ulanishni o'matishga imkon beradi. Simsiz regonal tarmoqlaming xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo'lishini ta'minlaydi. Regional simsiz tarmoqlar yuqori ko'rsatgichga ega bo'lib IEEE 802.16 Wi-Max texnologiyasi asosida ishlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent masshtabida foydalanishini ta'minlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikaisiya kompaniyalari ko'pincha foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta'minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning harajati barcha foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlanadi, natijada, abonent to'lovi unchalik yuqori bo'lmaydi. Simsiz tarmoqlaming tashkil etilishi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi, faqat axborot havo muhiti orqali uzatishga yaroqli ko'rinishga o'zgartirilishi iozim.

Yüklə 40,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin