Ethernet fizik muhutining ro'yxati Ethernet texnologiyasining fizik tasnifi o'z ichiga quyidagi ma'lumot uzatish muhitlarini oladi:
10Base-5 — diametri 0,5 dyumli koaksiai kabel, u «yo‘g‘on» koaksial deb ham ataladi. Segmentning maksimal uzunligi 500 metr (takrorlovchisiz);
10Base-2 - diametri 0,25 dyumli koaksial kabel, u «ingichka» koaksial deb ataladi. Segmentning maksimal uzuniigi 185 metr (takrorlovchisiz);
10Base-T - ekranlashmagan o'ramli juft kabeli (UTP). Konsentratorlar asosida yulduz topologiyasini tashkil qiladi. Konsentrator va oxirgi bog'lama orasidagi masofa 100 metrdan ko’p bo’lmaydi;
10Base-F - optik tolali kabel. Topologiyasi 10Base-T standart kabi bir xil bo’ladi. Ushbu tasnifning bir necha varianti mavjud, bular - FOIRL (masofa 1000 metrgacha), 10Base-FL (masofa 2000 metrgacha), 10Base- FB (masofa 2000 metrgacha).
Yuqoridagi rusumlashlarda 10 - bu ma'lumot uzatish tezligi - 10 Mbit/s, «Base» so'zi esa 10 MGts asosiy chastotada ma'lumot uzatish usuli. Fizik pog'ona standartidagi oxirgi belgi kabel turini bildiradi.
Optik tolali Ethernet tarmog'i.
Ethernet tarmog'i 10-megabitli ma'lumot uzatish muhiti sifatida optik toladan foydalanadi. Asosiy kabel turi sifatida optik tolali standartlar 1 kilometrda 500-800 MGts o'tkazish chastotaga ega bo'lgan ko'p modli optik tolalani taklif qiladi. Bir necha Gegagerts o'tkazuvchi polosaga ega bo'lgan va bir muncha qimmat bo'lgan bir modli optik tola qo’llanish mumkin, faqat bunda maxsus turdagi transiverlarni qo'llash kerak bo'ladi. Funksional jihatdan optik tolada Ethernet tarmog’i 10Base-T standarti odatdagi tarmoq adapteridan, ko'p portli takrorlovchilar va adapter bilan takrorlovchini ulovchi kabel qirqimlari kabi elementlardan tashkil topadi.
FOIRL standarti (Fiber Optic Inter-Repeater Link - takrorlovchilar o'rtasidagi optik kanal) Ethernet tarmoqlarida optik tolalardan foydalanish uchun birinchi standartni o'zida aks ettiradi. U takrorlovchilar orasida 1 kilometrgacha masofaga kafolat beradi. Tarmoqning ixtiyoriy bog'lamalari o'rtasidagi takrorlovchilar soni 4 taga teng. 10Base-5 standarti kabi tarmoqning maksimal diametri 2500 m. bo'lib, barcha 4 ta takrorlovchilar, bundan tashqari takrorlovchiiar va oxirgi bog'lamalar orasidagi kabel uzunligi ruxsat etilgan o'lchamgacha foydalanishga yo'l qo'yib bo'lmaydi, aks holda, 5000 m. tarmoq hosil bo' ladi.