Token Ring texnologiyasi Ajraluvchi muhitli lokal tarmoqlarda qo'llanuvchi ushbu texnologiyaning Ethernet texnologiyasidan farqini ko'rib chiqamiz. Unga ko'p vaqtlar lokal tarmoqlarda muvaffaqiyatli ishlab kelgan Token Ring va FDDI texnologiyalari kiradi. Ular ishonchlilik, unumdorlik va qamrab olish sohalari bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarini talab qiladi. Kommutatsiyalanuvchi lokal tarmoqlar paydo bo'lgunga qadar aytib o'tilgan ko'rsatkichlari bo'yicha bu tarmoqlar Ethernet tarmoqdan afzal bo'lgan. Shuning uchun ham ishonchlilik va unumdorlik muhim hisoblanagan lokal tarmoq magistrallarini yoki moliya va davlat tashkilotlarining tarmoqlarini qurishda aynan ularni afzal topishgan. Token Ring va FDDI texnologiyalarida muhitni bir muncha foydali ajratuvchi determinallashgan foydalanish usuli qo'llaniladi.
Token Ring va FDDI texnologiyalari fizik aloqani halqa topologiyasidan foydalangan holda, tarmoqning ishchi holatini avtomatik tarmoqlarda ishlatiladigan komponentlar qatoriga kompyuter qurilmalari, tayanch stansiyalar va simsiz infratuzilma kiradi.
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (ba'zida ularni «mijozlar> deb atashadi) ko'pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlay oladi. Bazi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun qurilgan bo‘lsa, boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi. Mobil ilovalar ishini ta'minlash va odamlarga o'zlari bilan uzoq vaqt mobaynida olib yurishlarida qulaylik tug'dirish uchun kompyuter qurilmalari ixcham bo'lishi lozim.
Odatda, ular katta bo'lmagan ekranga, kam sonli tugmachalarga va o'lchamlari kichik batareyaga ega. Simsiz tarmoqlaming kompyuter qurilmalari serverlar, ma'lumotlar bazasi va Web-uzellar kabi oxirgi tizimlami ham o'z ichiga oladi.
Shaxsiy tarmoq PAN (Personal Area networks) uncha katta bo'lmagan bir necha metr radiusda joylashgan qurilmalarning o'zaro aloqasi uchun mo'ljallangan.
Bunday qurilmalar- mobil telefon, printer, noutbuk, televizorlar bo‘lishi mumkin. Shaxsiy tarmoqlar qaydlangan erkin foydalanishni, misol uchun uy hududida aloqani ta'minlashi kerak.
Shaxsiy tarmoqlar ko'p jihatdan lokal tarmoqlarga o'xshab ketadi, ammo ularning o'ziga yarasha muhim jihatlari mavjud.
1. Shaxsiy tarmoqqa kiruvchi ko'pgina qurilmalar odatdagi lokal tarmoq qurilmalariga nisbatan bir muncha soddaroq. Bundan tashqari bunday qurilmalar hajm va narxi jihatdan uncha katta bo'lmaydi, shuning uchun PAN standartida ko'p mablag' talab qilinmaydi.
2. Lokal tarmoqqa nisbatan PAN kichik hududni qamrab oladi, ularda aloqa uchun bir necha metr yetarli hisoblanadi.
3. Xavfsizlikka yuqori talab qo'yilgan. Shaxsiy qurilma o'zining egasi bilan birga harakatlanib turli xil muhitlarga duch keladi. Ayrim hollarda ular boshqa shaxsiy tarmoq qurilmatari bilan aloqa qilishga majbur, shuning uchun PAN protokollari mobil sharoitda turli xil qurilmalar autentifikatsiyasi va ma'lumotlami shifrlash usullarni qo‘llab-quvvatlashi zarur.
4. O'lchami jihatdan kichik bo'lgan qurilmalami bir-biri bilan bog'laganda kompyuterni printer yoki konsentrator bilan bog'laganga nisbatan kabellardan qutilishga xohish kuchliroq bo'ladi. Shuning uchun shaxsiy tarmoqlar lokal tarmoqlarga solishtirganda simsiz texnologiyalardan foydalanadi.
Hozirgi vaqtda PAN tarmog'ining ommabob texnologiyasi bu Bluetooth. U 2,4 MGts diapazondagi ajratiladigan muhitda ma'lumot uzatish tezligi 723 Kbit/s bo'lgan 8 tagacha bo‘lgan qurilmalarning aloqasini ta'minlaydi.