2-mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti. Reja



Yüklə 60,4 Kb.
səhifə3/14
tarix02.06.2023
ölçüsü60,4 Kb.
#122883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 mavzu

Tarmoqlar, sohalar




Birlashmalar, korporatsiyalar konsortsiumlar, kompaniyalar Aktsioner jamiyatlar


Korxonalar

Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo‘lish mumkin.


Birinchisi - o‘z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar.
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar.
Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta’minot kabilar).
To‘rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iboratdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular hududlarda tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo‘jalik aloqalari orqali tig‘iz bog‘liq, umumiy qonun qoidaga bo‘ysinuvchi yagona tizimdir. SHu sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi.
Milliy iqtisodiyotni asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur bo‘lgan moddiy, ijtimoiy, ma’naviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar, tarmoqlar va sohalarni tarkibini, mazmunini, masshtabini, rivojlanish darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va xududiy birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining maydoni 447,4 kv. km., aholisi 24,82 mln. (2001 yil 1 yanvarga), hududiy tarkibi 12 ta viloyatdan va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iboratdir.
Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to‘g‘risida so‘z yuritilganda, bu masalaga bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya’ni korxonaning maqsadi o‘z faoliyatidan foyda (daromad) olish deb ta’kidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - “Korxona - foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt” deb ta’riflaydi va “shakllari ko‘pligiga qaramay korxonalar foyda olish maqsadi orqali bir xil tus oladi” deb takidlaydi1. Aslida korxona o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talabni qanchalik to‘la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. SHu borada Amerika avtomobil qurilishini hamda “Amaliyot falsafasini” yaratgan “fordizm” nazariyasini asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o‘rinli deb hisoblaymiz. G.Ford o‘zining tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat qilishda deb tushungan va “Faqat foyda olish uchun qilinadigan ish - eng yuqori darajadagi xavf-xatarli faoliyatdir.
...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha iste’mol uchun ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat qilinmayotganligini sezib qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi”2 deb ta’kidlagan. (Tarjima darslik avtorlariniki.)
Taniqli tadbirkor “Bin” firmasini boshlig‘i L.P.Bin firmaning memorandumida, hamma ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo‘lgan, quyidagi tezisni yozdirib, unga rioya qilishni qattiq nazorat qilgan: “Iste’molchi - bizni shoximiz: Biz iste’molchidan bog‘liqmiz, iste’molchi bizdan emas. Hech kim, hech qachon o‘z iste’molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan. Iste’molchi - bu bizga o‘z talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o‘zimiz uchun, hamda ular uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat”.
Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.SHvaytasralar “Ekonomika predpriyatiya” (izdatelsskiy dom “INFRA-M”, 1999.) darsligida korxona faoliyatining samarasi o‘z taklifi orqali talabni to‘la qondirishga bog‘liq degan fikrni olg‘a surishgan.
Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo‘nalishdan iborat ekanligini ta’kidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo‘lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. CHunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi.



Korxonaning maqsadi



Yüklə 60,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin