2-mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti. Reja



Yüklə 60,4 Kb.
səhifə9/14
tarix02.06.2023
ölçüsü60,4 Kb.
#122883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu

Ishlab chiqarish – bu jamiyat yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne'matlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. U quyidagi uch jihatni ko‘zda tutadigan mehnat faoliyati ishlab chiqarish mazmunini belgilaydi:
1. Maqsadga yo‘naltirilgan ish yoki mehnat.
2. Mehnat buyumlari, ya'ni insonning maqsadga muvofiq faoliyati yo‘naltirgan har bir predmet.
3. Mehnat vositalari (qurollari) – inson, mehnat buyumlarini o‘z ehtiyojlarini qondirishga moslashtirib o‘zgartirishiga yordam beruvchi mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar Sanoat korxonalarini ishlab chiqarishini tashkil etishning quyidagi shakllari mavjud.
1. Korxonalarni yiriklashuvi.
Korxonalar yiriklashuvi – yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘sishi orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning o‘ta yiriklashuvi ham o‘z vaqtida ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun sanoatning har bir tarmog‘idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, xomashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo‘yicha optimal miqdorni belgilab oladi.
Ishlab chiqarishning optimal miqdori – belgilangan muddatda kam harajat qilgan holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi.


2. Korxonalarni ixtisoslashuvi.
Korxonalar ixtisoslashuvi–bir turdagi ishlab chiqarishni o‘zida mujassamlashgan korxonalar yig‘indisiga aytiladi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashning rivojlanishiga standartlashganlik darajasi hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Konkret mahsulot chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishni ixtisoslashning rivojlanishi va chuqurlashini rejalashtirish, bir yo‘la konstruktiv va texnologik bir tur mahsulotlar o‘sishini rejasiz mumkin emas. Standartlashganlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa. Ishlab chiqarishni ixtisoslashganlik darajasi ham shuncha yuqori bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashganlik darajasi ko‘rsatkichi quyidagi ob’ektiv talablarga javob berishi kerak:

  • korxona va ishlab chiqarishning ixtisoslanganliklarini solishtirish imkonini beradigan ixtisoslanganlik darajaga bir ma'noli baho berishi;

  • ixtisoslashning iqtisodiy samaradorligining nisbiy darajasini ko‘rsatishi;

  • ishlab chiqarishning pastki zvenosi (uchastka, sex)dagi to yuqorisi (tarmog‘ va utun sanoat)gacha agregatlashga yo‘l berish;

  • ishlab chiqarishning texnik darajasi o‘zgarishiga e'tibor berish;

  • hisob, rejalashtirish va hisob olib borishning oddiyligi bilan ajralib turishi;

  • qo‘llanishning universalligiga ega bo‘lish.

Bu talablar tahlili ixtisoslash mezonlari oddiy emasligi ko‘rsatadi. U, chiqaradigan mahsulotni, texnologik jihozlanishni chegaralash hisobida olingan asosiy mahsulot ulushi, standartlanganlik, iqtisodiy samara ko‘rsatkichlarini hisobga olishi kerak.
Ishlab chiqarishni standartlashganlik va ixtisoslashganlik darajalarining ratsional nisbatiga rioya qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ixtisoslantirishini chuqurlashtirishning ilmiy asoslangan, yanada ratsionalroq rejasini tuzishga imkon beradi.
Sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslash muammolari bir xil mahsulot ishlab chiqish hajmi bilan aniqlanadi. Bu hajm qancha ko‘p bo‘lsa, mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli-o‘zgarmas harajatlar shuncha past (kam) bo‘ladi va ishlab chiqarish texnikasini qo‘llash shuncha takomillashgan bo‘lishi mumkin. O‘z mohiyati bo‘yicha, ixtisoslantirish jarayoni, yuqori unumdor texnika asoisda ommaviy va katta seriyali ishlab chiqarishni yaratishni bildiradi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashni rivojlantirish paytida korxona optimal ko‘lamini tushunishga qanday yondoshlik kerak? Optimallik tanlangan mezonga bog‘liq. Odatda, texnika komplekti to‘la band bo‘lgan vaqtdagi ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Bu holatda tayyorlanadigan mahsulotning tannarxi eng past bo‘ladi deb, ehtimol qilinadi.
Ishlab chiqarishning minimal qo‘lami tanlangan texnologik jarayonga bog‘liq, uning progressivligining har qanday darajasida ham jihozlar komplektining to‘la bandligi ta'minlangan bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan talablarga mahsulot (yarim tayyor yoki bir xil jarayonlar guruhini bajarish) ishlab chiqarish optimal ko‘lamiga asoslangan ixtisoslanganlik darajasi ko‘rsatkichi ko‘proq mos keladi, ya'ni;

Yüklə 60,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin