2-mavzu. Madaniy tadbirlarni o‘tkazishda sahnalashtirish tamoyillari.
Режа:
1.Sahnalashtirish asoslari.
2. Obraz, rol ustida ishlash.
3.Maydonlarda tadbirlarni o‘tkazish metodikasi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlarini bilish
shu sohaga oid bilimlarni konkretlashtiradi, ularni egallashga aniqlik kiritadi,
tadbirlar mohiyati va xarakterini to`laroq yoritib berishga yordam beradi.
O`ziga xos xususiyatlar haqida so`z borganda, hodisalarni bir-biridan ajratib
turadigan, faqat bir hodisaning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan xususiy belgilari va
tomonlari tushuniladi. Lekin o`ziga xos xususiyatlar bir hodisaning yakka o`zini
o`rganish bilangina aniqlanmaydi. Balki bir necha hodisalarni bir-birlari bilan
solishtirib ko`rilganda, ularning avval umumiy, keyin esa xususiy tomonlarini
topish mumkin bo`ladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning xususiyatlarini aniqlash uchun ularni san`at,
ommaviy axborot turlari bilan taqqoslab ko`riladi. CHunki badiiy-ommaviy
tadbirlarning
teatr
spektakllari,
kontsert
programmalari,
kinofil’m va
radioeshittirishlar, teleko`rsatuvlar bilan umumiy bo`lgan hamda ulardan ajralib
turadigan o`ziga xos tomonlari bor.
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishning birinchi asosiy xususiyati
shundan iboratki, u kundalik hayotning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo`ladi.
Agar san`at asarlari real «birinchi dunyo»ni badiiylashtirish asosida «ikkinchi
dunyo»ni vujudga keltirsa, badiiy-ommaviy ish shakllari kundalik hayotning
o`zidagi muhim va diqqatga sazovor voqealarni tadbir sifatida uyushtiradi.
YUqorida qayd etganimizdek, mehnatkashlarning bo`sh vaqtini mazmunli
tashkil qilish asosan madaniy-ma`rifiy muassasalarning zimmasiga tushadi.
SHunday ekan, aholining ishdan xoli vaqtida hayotning muhim daqiqalarini va
mehnat yutuqlarini nishonlash hamda ular ehtiyojini qondirish uchun badiiy-
ommaviy
tadbirlar
(turmushning tarkibiy
qismi
sifatida) uyushtiriladi.
Mehnatkashlarning bo`sh vaqtlarida ularning bilimini oshirish uchun og`zaki
jurnal, hordiq chiqarishlari uchun dam olish kechalari, biron buyuk sanani yoki
mehnat yutug`ini nishonlash uchun bayramlar kabi ko`plab tadbirlar tashkil
qilinadi. Bu tadbirlar esa maxsus o`ylab topilmaydi. Ularni mahalliy hayotning
o`zi, kishilarning ma`naviy ehtiyoji bevosita taqozo qiladi va shularga binoan
tadbirlar tashkil qilinadi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar kundalik turmushning tarkibiy qismi sifatida
hayotning muhim daqiqalarini o`zida mujassamlashtirish bilan birga, ular hayotni
real xujjatli materiallar bilan bog`liq holda aks ettiradi. Albatta, ularda barcha
hayotiy materiallar badiiy-estetik bezalib, madaniy tadbir shakliga keltiriladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning ikkinchi xususiyati shundan iboratki, u bir
marta tashkil etilib, asosan bir marta namoyish qilinadi. Agar teatr spektakllari
kinofil’mlar tayyorlangandan keyin yuzlab marta namoyish qilinsa, madaniy-
ma`rifiy muassasalardagi tadbirlar esa takroran qo`yilmaydi. U muayyan va muhim
sanalarga bag`ishlangan uchun faqat belgilangan kunda (yoki uning arafasida)
tashkil qilinadi.
Agar teatrda qo`yilgan p’esani yana bir necha yildan keyin qaytadan
sahnalashtirish mumkin bo`lsa, klub tadbirlarida bu holat takrorlanmaydi. Biron
tadbir stsenariysining sxemasini ikkinchisiga qo`llash mumkin emas. Har qanday
yangi stsenariy yangi tuzilishni, asosiy detallar va fikrlarning obrazi, o`ziga xos
tuzilishini, o`y-kechinmalarni hamda ijodiy mehnatni talab qiladi.
Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
a) (Klub) tadbirlari ma`lum va muhim sanaga bag`ishlangani uchun faqat
belgilangan kunda (yoki o`sha kun arafasida) tashkil qilinadi. Boshqa kunlarda
ma`lum sanaga bag`ishlangan tadbirlarga ommaning ehtiyoji bo`lmaydi.
b) Klub hamda madaniyat va istirohat bog`i aholining ma`lum qismi uchun
tayyorlangan tadbirlarni bir marta namoyish qilishi etarlidir. Masalan, o`qituvchilar
kuniga bag`ishlangan tadbir asosan murabbiylar uchun bir marta — oktyabr’
oyining boshida o`tkazilishi mumkin.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning uchinchi xususiyati shundan iboratki, ular
asosan mahalliy aholi uchun, ularning real hayotidan olingan materiallar asosida
tuziladi. Tadbirlar aks ettiradigan materiallar muayyan muassasa xizmat qiladigan
konkret xo`jalik, mahalla, korxona, kolxoz-sovxoz, rayon hayotidan olinadi.
Tadbirlarning bosh qahramoni sifatida muayyan joyda mehnat qilib, mahalliy aholi
orasida namuna bo`layotgan kishilar namoyon bo`ladi.
SHu bilan birga, badiiy-ommaviy tadbirlar xalqaro, umumittifoq yoki
respublika miqyosidagi muhim voqealarga murojaat qilishi mumkin. Lekin
madaniy-ma`rifiy muassasalardagi tadbirlar mazmunida faqat xalqaro, umumittifoq
masalalari aks ettirilsa, boshqa ommaviy axborot vositalarining (radio, televidenie,
matbuot) bajaradigan vazifalarga o`xshab ketadi. Madaniy-ma`rifiy muassasalar
boshqa muassasalar bajaradigan vazifalarga o`z diqqatini jalb qilsa, bu
takrorlanishga olib keladi va o`ziga xos xususiyatini yo`qotadi.
Radio, televidenie va matbuot ulkan kuchga, keng imkoniyatga ega bo`lgani
bilan ularning ko`pgina eshittirish va ko`rsatuvlari barcha mahalliy hayot
masalalarini aks ettira olmaydi. Ular asosan xalqaro, umumittifoq, respublika va
oblast’ ahamiyatiga ega bo`lgan voqealarni aks ettirishi mumkin. Madaniy-ma`rifiy
muassasalar esa, o`z tadbirlari orqali mahalliy hayot masalalarini muhim ijtimoiy
voqealarga bog`lab olib borishi lozim.
Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z tadbirlarini, asosan, buyuk sanalarga,
xalqaro va ittifoq miqyosidagi masalalarga bag`ishlab o`tkazadi-ku! Demak,
tadbirlarning mazmunida, asosan, muhim voqealar aks etishi kerak emasmi? degan
savol tug`ilishi mumkin. Albatta, bunday bo`lishi qonuniy, lekin madaniy-ma`rifiy
muassasalar tadbirlarida muhim sanalarga bag`ishlangan materiallar mahalliy
hayot sharoiti prizmasi orqali beriladi. Masalan, 9 may — G`alaba kuniga
bag`ishlangan bayramni olaylik. Madaniy-ma`rifiy muassasalarning bu bayram
tadbirida sovet xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabasini yoritish bilan
konkret kolxoz, sovxoz, korxona bu buyuk tarixiy voqeada qanday rol’
o`ynaganligi, mahalliy joyda yashaydigan urush qatnashchilarining ko`rsatgan
jasoratlariga asosiy urg`u berilishi kerak. Urush qahramonlarining hayoti haqida
ularning
o`z
so`zlarini eshitish tadbirni jonlantiradi va ta`sirchanligini oshiradi.
Faqat shunday yo`llar bilangina badiiy-ommaviy tadbirlarning muhim xususiyati
vujudga keladi. Bu xususiyatning eng afzallik tomoni shundaki, u umumiy tadbir
mavzusini mahalliy aholi hayotiga yaqinlashtiradi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning barchasi mahalliy sharoit masalalarini bir xil
darajada yoki bir tekisda yorita olmaydi: ba`zilari (masalan, badiiy
agitkollektivlarning programmalari, tematik kechalar, og`zaki jurnallar) butunlay
mahalliy materiallar asosida tuziladi, boshqalari (teatrlashtirilgan tomoshalar,
diskoklub programmalari) ijtimoiy masalalarni mahalliy hayot bilan bog`lagan
holda uyushtiriladi va yana boshqalari (badiiy kompozitsiyalar, xronika kechalari)
ko`proq umumiy mavzularga bag`ishlanib uyushtiriladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning to`rtinchi xususiyati shundan iboratki, ularda
juda keng ko`lamda ta`sirchan vositalar sintezlashtiriladi. Tadbirlar real hayotning
o`zini tashkil qilishi bilan birga, undagi muhim voqealarni o`z mazmuniga
singdiradi. Ularning mohiyatini ochish va ahamiyatini yoritish uchun ta`sirchan
vositalarga murojaat qiladi. Tadbirda mazmun ma`lum bir kompozitsion tuzilish
holatiga keltirilishi uchun undagi barcha bayon qilish va ta`sirchan vositalar ham
bir-birlari bilan birlashtiriladi, uyg`unlashtiriladi. Aks holda, tadbirning mazmuni
puch, shakli esa samarasiz bo`lib qolishi mumkin. Ma`lumki, tadbirlar agitatsiya va
propaganda hamda axborot xarakteriga egadir. Tadbirlarda agitatsiya, propaganda
va axborot materiallari «quruq» va zerikarli bo`lib qolmasligi, ya`ni yuqoridagi
xarakterli xususiyatning yo`qolmasligi uchun ularni mantiq talab qilgan ta`sirchan
vositalar bilan badiiy boyitish lozim. Notiqning og`zaki nutqini yoki tadbirdagi
hujjatli informatsion materiallarni badiiy vositalar bilan birlashtirish - bu
tadbirning ta`sirchanligini va samaradorligini oshirib borish demakdir. Xuddi
shunday yo`l bilan vositalarning sintezlashishi natijasida ta`sirchanligi kuchli
bo`lgan badiiy agitatsiya va propaganda vujudga keladi.
A. V. Lunacharskiy badiiy agitatsiya va propagandaning ommaga ta`sir
o`tkazishdagi rolini yuksak baholab, agitatsiya va propagandani badiiy vositalar
bilan boyitish va san`at shakllariga agitpropagandistik xarakter berish kerakligini
bir necha bor ta`kidlagan edi.
Tadbirlardagi agitpropagandistik informatsiyalarni san`at vositalari bilan
bog`lash darajasi ikki xil yo`l yoki metod bilan belgilanadi: 1. Oddiy (birin-ketin)
ulanish — illyustratsiyalash; 2. Murakkab sintezlashgan bog`lanish -
teatrlashtirish.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning beshinchi navbatdagi muhim xususiyati — bu
ommani tadbir qatnashchisiga aylantirishdir.
Madaniy-oqartuv muassasalarida uyushtiriladigan tadbirlarni ommaviy deb
atashning boyisi shundan iboratki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning
ishtirokida o`tadi. Agar teatr, kino hamda televizorda asar qatnashchilari va
tomoshabinlar o`rtasida ko`rinmas «devor» mavjud bo`lib, omma faqat tomoshabin
rolini bajaradigan bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlarda esa ommaning aktiv ishtiroki
ko`zda tutiladi. Muayyan tadbir mahalliy aholi hayotining ma`lum daqiqasi
bo`lganligi uchun unda omma ma`lum voqeaga o`z fikr va munosabatini
bildiruvchi kishilar sifatida qatnashadi.
Albatta, tadbirda hammani birday aktiv qatnashtirish qiyin. Uning asosiy
qatnashchilari — oldindan belgilab qo`yilgan badiiy havaskorlik kollektivlarining
a`zolari hamda so`zga chiqadigan kishilardir.
Lekin tadbir tashkilotchisi bu asosiy qatnashchilar bilan kifoyalanib
qolmasdan, balki ommani ham aktivlashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish
yo`llaridan foydalanmog`i lozim. Buning uchun tadbir ishtirokchilari o`rtasida
ommaviy o`yinlar, qo`shiqlar, viktorinalar, savol-javoblar kabi maxsus tadbirlar
uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
San`at — odamni tomoshabin yoki tinglovchi bo`lib qolganda emas, balki u
ommaviy harakatda aktiv ishtirok etganda o`ziga hammadan ko`proq qamrab oladi,
— deb ta`kidlagandi N. K. Krupskaya. Bu jarayon badiiy-ommaviy tadbirlarning
ham o`ziga xos xususiyati bo`lib, ijtimoiy turmush quruvchisi bo`lgan xalqni ijodiy
jarayonga
biriktirib,
ularning
ijtimoiy-madaniy
aktivligini
oshiradi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Madaniy hordiq tadbirlari belgilari qanday?
2.
Madaniy hordiq tadbirlari xususiyatlari nimalardan iborat?
3.
Madaniy hordiq tadbirlari turlari necha xil bo`ladi?
4.
Madaniy hordiq tadbirlari informatsiyalari qanday ko`rinishga ega?
TAYANCH SO`ZLAR:
Madaniy hordiq tadbirlari, mazmuni, xususiyatlari.
Dostları ilə paylaş: |