O‘zbekistonda davlvt budjetidagi bolalar muassasalarining o‘sishi.
Yillar
|
Bolalar bogchalarining soni
|
Bog‘chalardagi bolalar soni
|
Mudira va tarbiyachilar soni
|
Bolalar maydonchalari
|
Maydonchadagi bolalar soni
|
1923-1924
|
12
|
687
|
24
|
-
|
-
|
1927-1928
|
49
|
2547
|
123
|
-
|
-
|
1929-1930
|
410
|
20739
|
1196
|
170
|
10470
|
1933-1940
|
780
|
33800
|
2473
|
316
|
7900
|
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya’ni turli xil sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvalo insonlarni boshqarish, ularni o‘z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonish tuyg‘ularini shakllantirish, sohalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashiga ko‘maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demakdir.
L.Fishman fikriga ko‘ra, ta’lim menejmenti – bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog‘ona – pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish; ikkinchi pog‘ona – bolalar faoliyatini boshqarish.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi.
Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
ta’lim menejmenti “maqsadga muvofiqlik” so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;
ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlar boshqaruv o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradilar: “Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir”. Ta’lim menejmentida boshqaruvning quyidagi turlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |