Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma'ruza matnini o'qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni
qo‘yib chiqing:
В./ В. /В, texnologiyasi
В - bilaman
В - men uchun yangi ma’lumot
В - men bilgan ma'lumotni inkor etadi
? - noaniq (aniqlashtirish talab etiladigan) qo'shimcha
ma'lumot.
1. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
Mavzu savollari
|
В
|
В
|
В
|
|
1. Maktabgacha ta'limning mazmunmohiyati va ta’lim tizimida tutgan o'rni
|
|
|
|
|
2. O'zbekistonda ijtimoiy m aktabgacha ta'limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
|
|
|
|
|
3. Mustaqillik yillarida m aktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
|
|
|
|
|
4. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
|
|
|
|
|
Tayanch tushunchalar:
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasasi - davlat tomonidan tashkil etiladigan maktabgacha ta'lim muassasasi.
Tipovoy loyiha - Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilangan namunaviy loyiha.
Direktiv hujjat - me’yoriy yo'riqnoma, ko'rsatma.
Me'yoriy hujjat - maktabgacha ta'lim sohasiga oid qonunlar, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, qonunosti hujjatlar.
Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha ta'lim tizimining mazmun-mohiyati nimada namoyon bo'ladi?
2. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida maktabgacha ta'lim tizimiga qanday ahamiyat berilgan?
3. Ijtimoiy maktabgacha ta'limning rivojlanish tarixini yoritib bering.
4. Maktabgacha ta'limning vazifalari nimalardan iborat?
5. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning qanday tamoyillarini bilasiz?
6. Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy ish hujjatlarini izohlab bering.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi qaysi javobda to'g'ri berilgan?
a) yasli-bog'cha, maktabgacha muassasa-maktab
b) bog'cha-maktab-litsey majmuasi
v) maktabgacha ta'lim muassasasi-maktab-litsey, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari
g) maktab, litsey, bog'cha-maktab
2. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish tamoyillari qaysi me’yoriy hujjatda belgilab berilgan?
a) «Ta'lim to g'risida»gi Qonunda
b) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
g) «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomda
3. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 18-moddasi ta'limning qaysi turiga bag'ishlangan?
a) o'rta maxsus, kasb-hunar tizimiga
b) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
v) maktabdan tashqari ta'lim
g) oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish
4. «O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomning maqsadi qaysi bandda to'g'ri keltirilgan?
a) bola shaxsini, maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq, sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish
b) maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom va etuk qilib tarbiyalash
v) 6-7 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, aqliyaxloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash
g) maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotsining yuridik shaxs huquqi qaysi qonunda belgilab berilgan?
a) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
b) «Maktabgacha ta'lim to‘g'risida»gi Nizomda
v) «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonunda
g) Maktabgacha ta'lim konsepsiyasida
Dostları ilə paylaş: |