2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani o‘qituvchisining o‘quv- me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi



Yüklə 282,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü282,65 Kb.
#145408
  1   2   3   4
2.Ma\'ruza



2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani o‘qituvchisining o‘quv-
me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, 
tashkil etish va tayyorlash metodikasi 
 
Reja: 
1.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishga 
zamonaviy yondoshuvlar. 
2.
DTS tuzilishi va mazmuni. 
3.
O‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar
.
4.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan o‘quv-metodik 
komplekslar tayyorlash. 
Tayanch iboralar: 
davlat talim ctandarti, DTS tuzilishi va mazmuni, o‘quv 
rejasining tuzilishi, fan dasturiga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchining o‘quv-
me’yoriy hujjatlari o‘quv reja, o‘quv dasturiva darsliklar, fan dasturiga qo‘yiladigan 
talablar, fan bo‘yicha ishchi rejaning tuzilishi. Metodik ishlar, ularni rejalashtirish, 
tashkil etish va tayyorlash metodikasi. 
2.1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishga zamonaviy 
yondoshuvlar. 
Ma’lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va 
davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy- ma’rifiy va madaniy 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning 
metodologik prinsipiga muvofiq ta’lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy 
buyurtmalarni qo‘yadi. 
Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-o‘qituvchilar faoliyatining asosiy 
jihatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 
vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda 
bajariladi. Professor-o‘qituvchilardan albatta ular faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim 
muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, 
qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va 
qadriyatlari albatta o‘quv dasturiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligi o‘zlarining vazifalarini 
bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi o‘ziga xos xislatlari 
to‘g‘risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur 
universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bo‘yicha talabaga kutilayotgan 
natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo o‘quv 
dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bo‘lishi lozim. 
Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili 
mavjud bo‘lib, unda qo‘yidagilar ko‘rsatiladi: 
Oklend universitetida bakalavr yo‘nalishida tahsil olib bitirgan talaba yuqori 
darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy intellektual 
ko‘nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bo‘ladi va bu uning ishga joylashuvida, 
fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta’lim olish va malakasini 
oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur 
darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli 


profilь maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va o‘quv dasturlarini ishlab 
chiqish uchun yo‘riqnoma bo‘lib hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilarning 
fakulьtetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun 
o‘quv dasturlarini, o‘qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta’lim 
imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat (Maki, 2004). Ko‘plab universitetlar 
Bitiruvchi profiliga yoki Bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab 
chiqmoqda. 
O‘quv dasturini ishlab chiqishda o‘rganish natijalari yondashuvi hali 
yangiligicha qolmoqda, va ko‘plab professor-o‘qituvchilar boshida ushbu 
yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunli tavsiflab 
berishda qiynalishadi.
1
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor 
yo‘nalish deb belgilandi, oliy ta’limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi 
bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun da oliy ta’lim tizimi oldiga har tomonlama 
kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini 
ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta o‘zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, 
huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratish, jamiyat, 
davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi 
davlat buyurtmalari qo‘yilgan. 
Jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, ma’naviy-
ma’rifiy o‘zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish tamoyillari hisobga 
olingan holda yaratilgan “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli 
risolada ta’lim tizimi oldiga ijtimoiy buyurtmalar qo‘yilgan. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy 
buyurtmalardan oliy ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishga qo‘yiladigan 
maqsad va vazifalar shakllantiriladi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishda o‘qituvchi 
mazkur buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar: 

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayonida 
talaba-yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari 
va usullarini ishlab chiqish va joriy etish; 

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlardan tashkil etiladigan 
ta’lim-tarbiya jarayonida innovasion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan 
foydalanish; 

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishda 
tayyorgarlikning modulь tizimidan foydalangan holda o‘qitish jarayonini 
jadallashtirish; 

xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida maxsus ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash; 

Maktabgacha 
ta’lim pedagogikasi turkum fanlaridan ta’lim 
jarayonining o‘quv-metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi 
1

A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education, published 2009by Routledge 270 Madison Ave, 
New York, NY 10016, chapter IV: Planning teachingand learning Curriculum design anddevelopment, Lorraine 
Stefani, 41-57 p. 


silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 

milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda 
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida maxsus ta’limning barcha darajalari 
va bo‘g‘inlarida talaba-yoshlarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish; 

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayonida 
talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim 
muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish; 

Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish orqali 
talabalarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-
gigienik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish; 
Bo‘lajak 
pedagog 
kadrlarning 
mafkura 
borasidagi 
bilimlarini 
chuqurlashtirishni bajarish lozim. 
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud: 
1.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga 
tizimli yondoshuv; 
2.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga 
moduli yondoshuv; 
3.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga 
innovasion yondoshuv; 
4.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga 
talaba shaxsiga yo‘naltirilgan yondoshuv. 
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari sanalib, 
har biri mashg‘ulotlar davomida alohida ko‘rib chiqiladi. 
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
avvalo oliy ta’lim tizimida barcha o‘quv fanlari, xususan maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan o‘qitish jarayonini ilmiy-nazariy 
asoslari bo‘lgan o‘qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim. 

Yüklə 282,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin