2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani o‘qituvchisining o‘quv- me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi



Yüklə 282,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü282,65 Kb.
#145408
1   2   3   4
2.Ma\'ruza

 
2.2. DTS tuzilishi va mazmuni 
Davlat ta’lim standartlarining mazmuni

Davlat ta’lim standarti umumiy 
o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab 
chiqarildi. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘kuvchilar umumta’lim
tayyorgarligi saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. 
O‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti o‘kuvchilar kasb-hunar 
tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik 
tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi. 
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va 
ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi 
hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli 
ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash 
sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar
qo‘llanmalar, nizomlar o‘quv rejasi va boshqa ma’yoriy hujjatlarni yaratish uchu 
nasos bo‘lib xizmat qiladi. 
Umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS o‘zining tuzilishi va 
mazmuniga ko‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari 
muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari 
qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. 
Davlat ta’lim standarti. 
Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga 


tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat 
miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda 
quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega: 
1)
turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi 
mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi; 
2)
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro 
ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunarta’limi mazmunini 
rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti: 
1)
ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak 
bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 
2)
o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini 
belgilovchi asosiy hujjat; 
3)
ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan 
bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning 
tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir 
qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan 
tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. 
Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning 
barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari 
moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 
O‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari 
mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil 
shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo‘lgan yoki qiziqarli 
bo‘lmagan fanni o‘rganishda o‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum 
bilan cheklanish imkoniyati beriladi. 
Ushbu holatda, o‘quvchi o‘ziga mos keladigan ta’lim yo‘lini anglagan holda 
va mustaqil tanlab, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga 
oshirishga imkoniyatga ega bo‘ladi. Shakli va mazmuni bo‘yicha tushunarli ifoda 
etilgan standart talablari oldindan o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga 
yetkaziladi. 
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida
mukammal ravishda o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum 
darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o‘zi ta’limga 
nisbatan yaqin davrlardan qo‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim 
sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish 
va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi. 
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas 
edi. O‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo‘qligi XX asrning 80-yillarida 
ko‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi. 
Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan 
bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga 
imkon berdi. 


Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir: 
1.
Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o‘rganish 
ob’ektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fanining 
umumiy ta’rifi. 
2.
O‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasinitasvirlash. 
3.
Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni o‘quvchilarning o‘quv 
tayyorgarliklari zarur bo‘lgan minimal darajasiga talablar. 
4.
Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning 
majburiy tayyorgarliklari darajasining “o‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar 
va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o‘quvchilar tomonidan talablarning 
majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. 
DTSni, uning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida 
faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishdan qat’i nazar 
barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
Umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga 
tayangan holda ishlab chiqiladi: 
-
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi; 
-
o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda 
fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; 
-
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va 
bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
-
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi; 
-
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va 
yaxlitligi; 
-
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari 
va usullarini tanlashda innovasiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish; 
-
pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonun mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi; 
-
ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni 
belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim 
muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o‘quv reja ta’lim 
sohalarini me’yorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini 
belgilashga asos bo‘luvchi davlat hujjati sanaladi. 
Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmetlari bo‘yicha beriladigan ta’lim 
mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining manimum 
hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum o‘quv 
predmeti bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim 
mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi. 
Har bir sinf yakunida o‘quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim (o‘quv) predmetlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 
o‘kuv rejasi va dasturlarida o‘z ifodasini topadi. 
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va 
ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi 
hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli 


ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash 
sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, 
qo‘llanmalar, nizomlar o‘quv rejasi va boshqa ma’yoriy hujjatlarni yaratish uchu 
nasos bo‘lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish O‘zbekiston 
Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy 
bo‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
Umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga 
tayangan holda ishlab chiqiladi: 

Yüklə 282,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin