2-mavzu: Markaziy Osiyolik allomalarning bashariyat ilmiy taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi. Reja: 1. IX-XI-asrlarda Musulmon uyg’onish davri;
2. Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan;
3. Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyoda fan taraqqiyoti.
IX-XI-asrlarda Musulmon uyg’onish davri O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston xududida, ayniqsa astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to‘qimachilik, me’morchilik, ma’danshunoslik, kulolchilik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosini o‘rganib boyitib kelmoqdalar. O‘zbekistonda xozir xam yuqorida sanab o‘tilgan soxalar rivojlantirilmoqda, ularning qatoriga fanlarning yangi qirralari qo‘shilmoqda. O‘zbekiston olimlari o‘z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jaxon ilm-fani va madaniyatiga munosib xissa qo‘shmoqdalar.
Vatanimiz xalqlari xayoti dunyoning eng qadimiy tarixiga ega xalqlari sirasiga kiradi. Bu jixatdan Markaziy Osiyo xududida yashab kelayotgan ajdodlarimiz tarixi Shimoliy Afrika, O‘rta Yer dengizi atroflari va Kichik Osiyo xududlarida yashab kelayotgan xalqlar tarixi bilan bellasha oladilar. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xududida olib borilgan arxeologik qazishlar va tadqiqotlar bu zaminda odamlar juda qadimdan yashayotganligini va ularda dastlabki empirik bilimlar shakllana boshlaganligini fan tasdiqlamoqda. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari soxillaridagi o‘troq axoliga dexqonchilik qilishga, sug‘orish inshoatlari qurishga imkon bergan. Axoli don ekinlari va paxta ekkan, ovchilik qilgan, turli-tuman kasb-xunar bilan shug‘ullangan: yigiruvchilik, to‘quvchilik, kulolchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan, ma’danlar qazib, metall eritish sirlarini o‘rganilgan, zargarlik bilan shug‘ullana boshlaganlar.
O‘troq xayot odamlarni boshpana va boshqa inshootlar qurishga majbur qilgan, yo‘llar qurilgan. Fasllarning o‘zgarishi, kechaning kunduz bilan almashinishi, osmon yoritqichlarining sirli harakatlari kishilarni vaqtni xisoblashga, sanoq bilan shug‘ullanishga, yulduzlarning xarakat qonunlarini o‘rganishga undagan. Odamlarni tabiat turli tabiiy xodisalarini o‘rganish choralarini izlab topishga majbur qilgan. Shu tarifa asta-sekin tafakkur kurtaklari paydo bo‘la boshlagan, ular jamlashtirilib, yozma yodgorliklarni vujudga keltirgan.
Vatanimiz xududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bulgan xalqlardan biri ekanligini tarixda «Avesto» nomi bilan ma’lum bo‘lgan Muqaddas Kitob xam isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri zardushtiylik dinidir. «Avesto» («o‘rganilgan, tayin etilgan, muqarrar etilgan» ma’nolarini anglatadi.) mana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda O‘rta Osiyo xududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik, ozarbayjon, afg‘on va boshqa xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z aksini topgan. «Avesto» tarkibiga kirgan manbalar olimlarning isbotlashlaricha, qariyib ikki ming yil davomida (mil.avv. III ming yillik oxirlari II ming yillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib avloddan avlodga og‘zaki ko‘chib kelgan. «Avesto»ning ko‘p qismlari yo‘qolib ketgan, uning taxminan 1 /7 qismi saqlanib qolgan va mil.avv. III asrda Arshakiylar tomonidan to‘planib kitob qilingan. Fanda «Avesto» tarkibi uch tarixiy qatlamga ajratiladi:
Eng qadimiy qismi mil.avv. 3 ming yillik oxirlari va 2 ming yillikda vujudga kelgan yashidlar: ularda sinfiy jamiyatdan ilgari qabilaviy e’tiqodlar, ko‘pxudolik tasavvurlari o‘z ifodasini topgan.
Undan keyingi qismi gotlar deb ataladi. Unda xudo Axuramazda xaqidagi ta’limot keng aks ettirilgan. Bu qismi mil.avv. VI asrda yashagan Zaradushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi.
IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy-madaniy jihatdan eng rivoj topgan o‘lka sifatida mashhur bo‘lib, bu yerda qadimiy an’analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an’analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiy ilmlar – astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug‘rofiya kabilar rivoj topdi. Bu yerda mashhur hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib. tarixshunoslikda muhim asarlar vujudga keldi.
973-1048 yillarda orasida yashagan xorazmlik ulug‘ olim Abu Rayhon Beruniy o‘zining qadimgi xalqlar yil hisobi to‘g‘risidagi kitobida quyidagilarni yozadi:
“Qutayba xorazmliklarning yozuvini bilgan, ularning rivoyatlarini saqlab qolgan barcha kishilarni, ular ichidagi hamma olimlarni imkon boricha quvg‘in qildi va qirib yubordi, natijada ularning o‘tmishi shu qadar zulmat bilan chulg‘andiki, endi biz bu yerga islom kirib kelgan vaqtda ularning tarixida ma’lum bo‘lgan voqealar to‘g‘risida haqiqiy bilimga ega emasmiz”.
Shu kunga qadar Xorazmga oid qadimgi yozma yodgorliklar kam edi va hozir ham shunday. Agar So‘g‘dga oid Iskandar yurishlari tarixi to‘g‘risida har holda boy va turli-tuman mazmun bilan sug‘orilgan tarixiy kitoblarga ega bo‘lsak, arab istilosi davridan boshlab esa, bu o‘lkaning tarixi ancha durust yoritilgan bo‘lsa, Xorazmning uzoq tarixiga kelganda shuni aytish kerakki, o‘lkaning qadimgi tarixigina emas, balki ilk o‘rta asrlardagi, to X asrning oxiri XI asrning boshlarigacha bo‘lgan davr tarixi biz uchun batamom qorong‘idir.
X-XI asrlarga oid Xorazm tarixidan ham ayrim parchalarnigina bilamiz, xolos. XII asr mobaynida hamda XIII asr boshlariga kelib, Xorazm Gurjiston chegaralaridan tortib Farg‘onagacha, Hind daryosidan Shimoliy Orol cho‘llarigacha quloch yoygan ulug‘ Sharq tarixiga oid manbalarning diqqat markazidan joy oladi. Shu davrgacha noma’lum bo‘lgan, musulmon olamining uzoq chekkasida joylashgan bu o‘lkaning bunchalik hayratda qolarli darajada kuchayishi mutlaqo kutilmagan bir holatdir.
Abu Ali ibn Sinoning geometriyaga oid kitoblari “Donishnoma”, “Yevklidga sharhlar” (Taxriri Uklidis. 2720-raqamli Ayo Sofiya qo‘lyozmasi) va “Usul ilm al-handasa” (“Geometriya negizlari”) asarlaridir.
O‘rta asrlarda to‘rtta matematik fan: geometriya, astronomiya, arifmetika va musiqa birgalikda o‘qitilgan. Ibn Sino Yevklidning “Negizlar” asarini “kvadrium”ga asoslanib yozilgan.
Abu Ali ibn Sinoning “Usul ilm al-handasa” 1976 yilda Qohirada nashr qilingan. Asarda ta’riflardan keyin talab qilinadigan jumlalarni keltirib, ularni “Aniqlanadigan negizlar”, ulardan keyin aksiomalarni “Umumiy tushunchalar” deb berganligi o‘sha nashrdan ayon bo‘lgan.
Ibn Sinoning “Usul ilm al-handasa” asarining Qohirada chiqqan nashri asosan 15 kitobdan iborat bo‘lib, olim ularga alohida nomlanishlar bergani ma’lum.
“Usul ilm al-hadasa” asari geometriyadan darslik hisoblangan. Shu sababli Ibn Sino bu asarida Yevklidning “Negizlari” kitobini asos qilib olgan bo‘lsa ham, geometrik masalalarni va jumlalarni o‘quvchilarga oson tushunishlari uchun sodda tilda tushuntirgan.