2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə12/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Maruza 2

Sinov (eksperimental) – oldindan «holatni yaratish» asosida olingan natijalarni o’lchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir. Asosan sababnatijaviy aloqalarni o’rganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil o’ramlarda taklif etishga xaridorlarning reaksiyasini o’lchash, modifikasiyalangan tovarning an’anaviy tovarlarga nisbatan sotilish miqdorini baholash va hokazo Sinov yordamida, odatda, bir martalik harakterdagi aniq voqyealar tadqiq qilinadi va shuningdek, olingan ma’lumotlarni hamma vaqt ham umumlashtirib bo’lmaydi. Sinovning kamchiliklari yuqori xarajatlar, subyektiv tanlangan sharoitlar, shuningdek, marketing rejasining hamma parametrlari va unga ta’sir etadigan hamma omillarni hisobga olish va nazorat qilish imkonining yo’qligidan iboratdir.
Qisqacha xulosa
Raqobatli bozor sharoitida to’xtovsiz bozor vaziyati to’g’risidagi axborotlarni o’z vaqtida yig’ib, tahlil qilib, o’zining taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqqan har qanday bozor subyekti muvaffaqiyatga erishadi. Ayniqsa marketing faoliyatida ham axborotlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Marketing faoliyatida erishilgan natijalarni tahlil qilish uchun ham axborot keraq bo’ladi. Axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi.
Odatda marketing axborotlari birlamchi va ikkilamchiga bo’linadi. Birlamchi marketing axboroti – bu ma’lum bir marketing muammosini hal qilish uchun maxsus o’tkazilgan dala tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Ikkilamchi marketing axborotlari – qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma’lumotlar to’plami.
Marketing axborotlarini yig’ish uchun marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Marketing tadqiqotlari deganda marketing faoliyatining turli jihatlari bo’yicha ma’lumotlarni sistemali yig’ish, tartibga solish va tahlil qilish tushuniladi. Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlar orqali bozor, iste’molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa elementlari bilan bog’lovchi funksiya hisoblanadi.

Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin