2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


-rasm. Korxonada marketing tadqiqotlariniyag algoritmi



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə8/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Maruza 2

4.1-rasm. Korxonada marketing tadqiqotlariniyag algoritmi.
Tadqiqot muammosini aniqlash. Bu mohiyati jihatidan marketing tadqiqotining obyekti, predmeti va metodini ifoda etishdir. Bu jarayonning bajarilishi boshqaruvchilik qarorini qabul qilish uchun muayyan axborotni to’plash va tahlil qilishga yo’naltiradi. Tadqiqotning obyekti o’rganilayotgan «bosh yig’indi» bo’lishi mumkin: geografik bozor, iste’molchilarning muayyan guruhi, muayyan tizim, raqobatchi firmalar, korxonaning ichki muhiti va hokazo Tadqiqotning predmetlari sifatida aniq tovarlar, xizmatlar, korxonaning potensiali yoki obro’izzati chiqishi mumkin, ya’ni marketing tadqiqotlarining natijalari asosida nimaga nisbatan boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish rejalashtiriladi. Tadqiqot metodi ilmiy izlanishni amalga oshirish usulidan iborat.
Tadqiqotning konsepsiyalarini ishlab chiqish. Tadqiqotning bu bosqichida vazifani qanday qilib yechish kerakligini aniqlash muhimdir. Tadqiqotning konsepsiyasini ishlab chiqish o’z ichiga gipotezalarni aniqlash, ma’lumotlarni to’plash metodi va tanlab olingan to’plamning hajmi kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Farazning nazariy gipotezasini shakllantirish tadqiqot natijalarini so’nggi statistik tekshirishni o’tkazish va erkin talqin etish imkoniyatlarini cheklash uchun zarurdir. Gipotezalarning manbai bo’lib ijodiy va mantiqiy fikrlash, o’xshashliklar, tegishli adabiyotlarni o’rganish lozim. Tadqiqotni tashkil etishning zaruriy sharti bo’lib bosh to’plamni oldindan o’rganib chiqish, uning bir xilligini baholash va tanlab olingan to’plam hajmining asoslanganligi hisoblanadi.
Kabinet va dala marketing tadqiqotlari. Marketing faoliyatining amaliyoti o’rgatadiki, har qanday marketing tadqiqotini kabinetli tadqiqotlardan, ya’ni boshqa tadqiqotlar jarayonida ikkilamchi axborotning tahlilidan boshlash yaxshidir. Bu yerda korxona potensialining tahlili, raqobatchilar tahlili, korxonaning ichki (mikro) va tashqi (makro) muhitining tahlili eng muhim hisoblanadi. Korxona potensialining tahlili korxona faoliyatining hamma sohalarini, shu jumladan, menejment, marketing, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, moliya va boshqalarni qamrab olishi kerak. Korxonaning ishida ochilgan kuchli va kuchsiz tomonlar asosida atrof-muhitning ijobiy va salbiy ta’sirini raqobatchilarga nisbatan aniqlash osonrokdir. Oddiy qilib aytganda, potensial tahlilining asosiy maqsadi – korxonaning real imkoniyatlarini aniqlash. Miqdor ko’rsatkichlarining manbai ichki hisobot va hujjatlar bo’lishi mumkin.
Raqobtchilarning tahlili real yoki potensial raqobatchilar qatoriga kiritish mumkin bo’lgan firmalarni aniqlashni bildiradi. Bo’lishi mumkin bo’lgan raqobatchilarni baholashning eng maqsadga muvofiq usullari – mavjud ma’lumotlar asosida maxsus ekspertlik tadqiqotlari va bilvosita hisob-kitoblar. Raqobatchilar tahlilida «aks ettirish» usuli ijobiy natijalar berishi mumkin. Bu usul qiziqtirgan korxona haqidagi axborotni uning mijozlari yoki vositachilaridan bilishdan iborat. Korxona va asosiy raqobatchilarning imkoniyatlarini taqqoslashning juda qulay vositasi raqobatbardoshlik ko’pburchaklarini tuzishdir. Ular vektoro’qlar urinishida tasvirlangan faoliyatning eng muhim yo’nalishlari korxona va raqobatchilar mavqyelari baholarining grafik birlashmalaridan iborat. Korxona va asosiy raqobatchilar faoliyatining taqqoslanadigan yo’nalishlari sifatida quyidagilar tanlanishi mumkin: tovar yoki xizmat konsepsiyasi, sifati, narxi, moliya, savdo, sotgandan keyin xizmat ko’rsatish, tashqi siyosat, sotishdan oldingi tayyorgarlik.

Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin