2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


-jadval Kabinetli marketing tadqiqotlari uchun axborot manbalari matrisasi



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə5/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Maruza 2

4.2-jadval
Kabinetli marketing tadqiqotlari uchun axborot manbalari matrisasi

Axborot manbalari

Tadqiqot obyektlari

Sotuv kanallari

Sotish shakllari

Mahsulotni shakllantirish

Narxni shakllantirish

Yetkazib berish va to’lov shartlari

Reklama va PR

Mijozlarga xizmat ko’rsatish

AXBOROTLARNING IChKI MANBALARI

Tovar aylanmasi

X

X




X




X




Buyurtmalar







X

X

X




X

Xarajat kalkulyasiyasi










X

X

X

X

Mijozlar xaritasi

X













X

X

Mijozlar korrespondensiyasi







X







X

X

Sotish bo’yicha vositachilar xaritasi

X

X

X

X

X







Kompaniya ishtirokchilarining xabarlari







X

X

X







Mijozlarga xizmat ko’rsatish hisobotlari



















X

Xarid haqidagi tafsilotlar

X
















X

AXBOROTLARNING TAShQI MANBASI

Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlari

X




X

X










Bukletlar, katologlar













X

X

X

Kompaniya hisobotlari

X

X

X

X

X

X

X

Iqtisodiy jurnal va gazetalar










X

X

X




Axborot byurolari







X

X

X

X




Yarmarka va ko’rgazmalar




X




X

X

X




“X” belgisi tadqiqotda ma’lum bir ma’lumot manbasidan foydalanish imkoniyatini ko’rsatadi.
Marketing axboroti eng asosiysi marketing muhitini tahlil qilish uchun zarur bo’ladi. Marketing muhitini tahlil qilish jarayonida marketing axborotlarining qiymati, manbasi, kerakli axborotlar yo’nalishlari juda muhim. 4.3-jadvalda marketing muhitini tahlil qilish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan.

4.3-jadval
Marketing muhitini tahlil qilish uchun ma’lumotlar



Muhit omillari

O’rganiladigan jihatlar

1.

Siyosiy va huquqiy muhit

- global siyosiy o’zgarishlar;
- milliy siyosiy o’zgarishlar;
- mintaqaviy siyosiy o’zgarishlar;
- iqtisodiy-siyosiy o’zgarishlar;
- ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar;
- kasaba uyushmalarining ta’siri;
- soliq tizimining rivojlanishi.

2.

Iqtisodiy muhit

- milliy daromadning o’sishi;
- tashqi savdoning o’sishi;
- to’lov balansining o’zgarishi;
- valyuta kursining o’zgarishi;
- inflyasiya tendensiyalari;
- kapital bozorining rivojlanishi;
- mehnat bozorining rivojlanishi;
- investisiyalar hajmining o’sishi;
- bozor sharoitida kutilayotgan o’zgarishlar;
- maxsus tarmoqlarni rivojlantirish.

3.

Ijtimoiy-demografik muhit

- aholi sonining ko’payishi;
- aholi tarkibi;
- ijtimoiy-psixologik tendensiyalar.

4.

Texnologik muhit

- ishlab chiqarish texnologiyalari;
- mahsulotlarning texnologiyasi;
- mahsulot innovasiyasi;
- almashtirish texnologiyalari;
- qayta ishlash texnologiyasi.

5.

Tabiiy muhit

- energiya resurslarining mavjudligi;
- xom ashyoning mavjudligi;
- geografik xususiyatlar;
- atrof muhitni muhofaza qilish yo’nalishlari;
- utilizasiya qilish va qayta ishlash talablari.

Korxona marketing xizmati xodimlari muntazam bozor tahlilini amalga oshirib boradilar. Bozor tahlili uchun aniq kerakli bo’lgan marketing axborotlari mavjud. Aynan o’sha axborotlar yig’ilsagina, korxona o’ziga tegishli bo’lgan muayyan bozorni tahlil qila oladi. Muayyan bozor tahlili uchun zarur bo’ladigan marketing axborotlari 4.4-jadvalda keltirilgan.


4.4-jadval
Bozor tahlili uchun zarur bo’lgan marketing axborotlari



Muhit omillari

O’rganiladigan jihatlar

1.

Bozor haqidagi miqdoriy ma’lumotlar

- bozor sig’imi;
- bozor o’sishi;
- bozor ulushi;
- talabning barqarorlashishi.

2.

Bozor haqidagi sifatiy ma’lumotlar

- ehtiyojning tuzilishi;
- xarid motivlari;
- xarid jarayonlari;
- axborotga munosabat.

3.

Raqobatni tahlil qilish

- bozor ulushi/tovar aylanmasi;
- kuchli va kuchsiz tomonlari;
- moliyaviy yordam;
- sifat boshqaruvi.

4.

Xaridorlar tuzilishi

- xaridorlar soni;
- xaridorlar turi va soni;
- ma’lum hududlarga xos xususiyatlar;
- ma’lum bir tarmoqlarga xos xususiyatlar.

5.

Tarmoqlar tarkibi

- sotuvchilar soni;
- sotuvchilar turi;
- tashkilotlar/uyushmalar;
- ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash;
- raqobatning tavsifi.

6.

Taqsimotning tuzilishi

- geografik;
- sotuv kanallari bo’yicha.

7.

Ishonchlilik, xavfsizlik

- bozorga kirishga tusiqlar;
- o’rinbosar tovarlar paydo bo’lish ehtimoli.

Marketing axborotlarining ma’lum bir qismi korxonaning o’zidan yig’iladi. Korxona faoliyatini tahlil qilish uchun zarur bo’ladigan marketing axborotlari 4.5-jadvalda keltirilgan.


4.5-jadval
Korxonani tahlil qilish uchun axborotlar



Muhit omillari

O’rganiladigan jihatlar

1.

Korxona rivojlanishining umumiy jihatlari

- tovar aylanmasining o’sishi;
- pul oqimining ko’payishi;
- foydaning o’sishi;
- xarajatlarning o’zgarishi.

2.

Marketing

- bozorda ishlash natijasi;
- assortimentning kengligi;
- assortiment chuqurligi;
- mijozlar ehtiyojining qondirilish darajasi;
- tovarlarning sifati;
- qo’shimcha ishlarning sifati;
- narxlar;
- narx siyosati;
- sotish shartlari (masalan, chegirmalar);
- to’lov shartlari;
- bozor faoliyati;
- sotish konsepsiyasi;
- reklama konsepsiyasi;
- reklama xarajatlari;
- sotishni rag’batlantirish;
- jamoatchilik bilan aloqalar;
- savdo belgilari;
- kompaniyaning mavqyei;
- mahsulotning mavqyei;
- tovar taqsimoti;
- yetkazib berishga tayyorgarlik holati;
- ombor siyosati.

3.

Ishlab chiqarish

- ishlab chiqarish dasturi;
- ishlab chiqarish texnologiyasi;
- maqsadga muvofiqlik;
- texnologik va tashkilotchilik darajasi;
- foydalanish darajasi;
- ishlab chiqarish quvvati;
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- sotib olish/ yetkazib berish ishonchliligi.

4.

Tadqiqot va rivojlanish

- tadqiqot uchun tadbirlar va investisiyalar;
- rivojlanish uchun tadbirlar va investisiyalar;
- ishlab chiqaruvchanlik;
- tadqiqot usullarini takomillashtirish;
- mahsulotni takomillashtirish;
- dasturiy ta’minotni takomillashtirish;
- nou-xau rivojlanishi va tadqiqotlar;
- patent va lisenziyalar.

5.

Moliya

- kapital va kapital tarkibi;
- yashirin zaxiralar;
- moliyalashtirish salohiyati;
- aylanma mablag’lar;
- likvidlik;
- kapital aylanmasi;
- investisiya intensivligi.

6.

Kadrlar

- xodimlar malakasi;
- ishchanlik;
- ishda ishtirok etish;
- to’lov siyosati/ijtimoiy ta’minot;
- korxonadagi iqlim;
- jamoatchilik.

7.

Yetakchilik va tashkilotchilik

- rejalashtirish darajasi;
- qaror qabul qilish usullari;
- nazorat;
- rahbarlarning malakasi va ish samaradorligi;
- tashkilotning maqsadga muvofiqligi;
- korxona ichidagi ma’lumotlar;
- buxgalteriya hisobi va hisobot;
- bozor haqida ma’lumot.

8.

Yangilik kiritish potensiali

- bozorda yangi faoliyatni joriy etish;
- yangi bozorlarning rivojlanishi;
- yangi sotuv kanallarini loyihalashtirish.

Marketing tadqiqotlari deganda marketing faoliyatining turli jihatlari bo’yicha ma’lumotlarni sistemali yig’ish, tartibga solish va tahlil qilish tushuniladi. Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlar orqali bozor, iste’molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa elementlari bilan bog’lovchi funksiya hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgan bugungi kunda har bir korxona uchun marketing tadqiqotlari o’tkazishning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, marketing tadqiqotlariga asoslanib, korxonalar mahsulotlariga bo’lgan talabni va bu mahsulotning raqobatbardoshligi qanday ekanligi haqida ma’lumotlar oladilar. Umuman olganda, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati haqidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam berib, korxonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi.


Marketing tadqiqotlari aniq bozordagi vaziyat va noaniqliklarni kamaytirish maqsadida axborotlarni maqsadli yig’ish, tahlil qilish, sharhlash asosida marketing qarorlarini qabul qilish jarayonidir.
Marketing tadqiqotlarini o’tkazishga bo’lgan ehtiyoj quyidagi hollarda paydo bo’ladi:
faol marketing qarorlarini qabul qilishda axborotlar hajmi yetarli bo’lmasa;
korxonada marketing strategiyasi va maqsadga yetaklovchi mexanizmning bir ovozdan ma’qullanmagan vaziyatlarda;
bozor vaziyatining keskinlashuvi (korxona tovarlari va xizmatlariga talabning pasayishi, sotuv hajmi miqdorining kamayishi);
yangi strategik va taktik rejalarning shakllanishida;
menejerlar marketing tadbirlarini o’tkazishda, marketing harakatlarini tanlashda qiyinchiliklarga duch kelsa.
Marketing tadqiqotlari – bu korxonani bozorlar, iste’molchilar, raqobatchilar va marketing muhitining boshqa elementlari bilan bog’laydigan axborotlar funksiyasidir. Marketing axborotlarini yig’ish uchun marketing tadqiqotlari tashkil etiladi. Marketing tadqiqotlari aniq va me’yoriy talablar asosida tashkil etilsa, o’z vaqtida, ishonchli, to’liq marketing axborotlari yig’iladi. Tadqiqotlar predmeti bo’lib marketing faoliyati, shuningdek jarayonlar va hodisalar hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari yo’nalishi o’rganilgan obyektlarni tanlash orqali aniqlanadi. Marketing tadqiqotlarining yo’nalishi kengayib bormoqda. Lekin, quyidagi yo’nalishlaridagi tadqiqotlar korxona uchun eng muhim hisoblanadi:

  1. Bozor sig’imi va uning potensiali.

  2. Aholi daromadlari.

  3. Iste’molchilarning hulq atvori.

  4. Bozor ulushlarining firmalar o’rtasida taqsimlanishi.

  5. Reklama va uning samaradorligi.

  6. Narx siyosati va narx egiluvchanligi.

  7. Axborot oqimlari.

  8. Tovar harakati kanallari.

  9. Yangi mahsulotlarga iste’molchilarning munosabati.

  10. Xalqaro biznes va eksport.

  11. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari.

  12. Sotishni rag’batlantirish.

  13. Mahsulot va firmalarning raqobatbardoshligi.

  14. Firma xodimlarining faoliyati.

  15. Marketing infrastrukturasi.

Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati bilan bog’liq hamma yo’nalishlarda olib boriladi va pirovardida korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga imkon beradi. Korxonalar marketing tadqiqotlarini olib borishlari va marketing tadqiqotlari o’tkazish uchun ixtisoslashgan kompaniyalarga buyurtmalar berishlari ham mumkin. Odatda, yirik va yetarli moliyaviy resurslarga ega bo’lgan korxonalar marketing tadqiqotlarini mustaqil o’tkazadilar. Bunday korxonalar soni Respublikamizda yildan yilga ko’payib bormoqda. Jumladan, Samarqand shaharida joylashgan “SamAntepGilam” MChJ, “MONDELUX” MChJ, “Samavto” MChJ, “Agro Bravo” MChJ kabi korxonalarda marketing xizmati tomonidan marketing tadqiqotlari tashkil etilmoqda.
Amaliyotda marketing tadqiqotlarining bir necha turlari qo’llaniladi. Marketing tadqiqotlarining turlari turli belgilarga qarab tasniflanadi (4.6-jadval).

Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin