2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə2/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Maruza 2

Marketing razvedkasi – bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni to’g’irlash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi ma’lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma’muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta’minotchilar, vositachilar va xaridorlar yetkazib berishlari mumkin. Razvedka ma’lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu yerdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat’iy nazorat siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak:

  • mahsulotning me’yoriy va haqiqiy tannarxi;

  • to’g’ri va egri xarajatlar;

  • chegaralangan foyda;

  • foydalilik nuqtasi;

  • narx chegirmalari.

Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-harakatlari, ta’minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu yerda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:

  • tashqi muhit monitoringi (kon’yunktura, jarayonlar va tendensiyalarni o’rganish);

  • muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);

  • muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).


Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin