4.6-jadval
Marketing tadqiqotlarining tasniflanishi
Tasniflanish belgilari
|
Tadqiqotlarni turlari
|
Tadqiqotlarni o’tkazish usuliga qarab:
| |
Tadqiqot maqsadlari va tavsifiga qarab:
|
Qidiruvli marketing tadqiqotlari;
Yoritib beruvchi marketing tadqiqotlari;
Analitik marketing tadqiqotlari.
|
Yig’ilgan axborotlarning mazmuniga qarab:
|
Sanoqli marketing tadqiqotlari;
Sifatiy marketing tadqiqotlari.
|
Ba’zi bir muommolarni yechish uchun bor axborotlarni o’rganib chiqish yetarli bo’ladi. Bunda kabinetli tadqiqotlar olib boriladi. Kabinetli marketing tadqiqotlari mavjud ikkilamchi axborotlarni qayta ishlashga asoslangan. Agar axborot so’rov, kuzatish, eksprementlar orqali yig’ilsa, kabinetdan tashqari, ya’ni dala tadqiqotlari hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari marketing ehtiyojlarini ta’minlashga yo’naltirilgan ixtiyoriy marketing faoliyatidan boshqa narsa emas, ya’ni muayyan marketing faoliyati uchun ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va prognozlash tizimidir. Demak, marketing tadqiqoti bu yerda korxonaning marketing faoliyati har qanday siklining boshlanishi va mantiqiy yakuni sifatida namoyon bo’ladi. Savol kelib chiqadi: bunday tadqiqotning maqsadi nima? Tabiiyki, marketing qarorlarini qabul qilishda duch keladigan noaniqliklarni kamaytirish.
Qayd etish kerakki, adabiyotda har qanday marketing tadqiqoti o’zaro bog’liq bo’lgan ikki qism: muayyan bozorlarni va firmalarning bozorga chiqishi va o’z o’rnini mustahkamlab olishi uchun o’zining imkoniyatlarini o’rganishdan iborat, degan tasavvur paydo bo’lgan. Bundan kelib chiqadiki, bozorni o’rganish - kompleksli marketing tadqiqotining bir qismi. Marketing tadqiqotining majburiy shartlari quyidagilar:
tadqiqotlar tizimli harakterda bo’lishi kerak, shu holdagina samaradorlikni kutsa bo’ladi;
marketing tadqiqotlarini olib borishda obyektivlik va aniqlikka asoslangan ilmiy yondashishga rioya etilishi kerak;
marketing tadqiqotlari qaror qabul qilish uchun axborot talab etadigan marketingning har qanday tomoniga nisbatan qo’llanilishi mumkin;
tadqiqot — ma’lumotlarni to’plash, materiallarni qayd qilish va tahlil qilishni o’z ichiga oladigan ko’p bosqichli jarayon;
ma’lumotlar korxonaning o’zidan, betaraf tashkilot yoki mutaxassistadqiqotchilardan kelib tushishi mumkin.
Shu bilan birga keyingi paytlarda marketing tadqiqotlarida keng ma’noda jamoat fikrini baholash, ijtimoiy tadqiqotlar keng qo’llanila boshladi. Xalqaro savdo palatasi ESOMAR (Jamoatchilik fikri va marketingni o’rganish bo’yicha Yevropa hamjamiyati)ning 1976 -yilda qabul qilingan marketing va ijtimoiy tadqiqotlar amaliyotiga doir Xalqaro kodeksiga ko’ra marketing tadqiqotlarini olib borishning muayyan yondashish (qoida)lari mavjud. Mazkur holda marketing tadqiqotlari deganda alohida shaxslar va tashkilotlarning iqtisodiy, jamoat, siyosiy va har kunlik faoliyatida ularning xulqatvori, ehtiyojlari, munosabatlari, fikrlariga tegishli ma’lumotlarni tizimli to’plash va obyektiv yozib olish, tasniflash, tahlil qilish va taqdim etish tushuniladi.
Bundan kelib chiqib marketing tadqiqotlarini olib borishning asosiy tamoyillari quyidagicha talqin etilishi mumkin:
1. Marketing tadqiqotlari jamoatchilik ishonchiga bog’liq, ya’ni bu tadqiqotlar haqqoniy, obyektiv, noo’rin aralashuvlarsiz va so’roqqa tutiluvchi shaxslarga zarar yetkazmasdan olib borilishi, jamoatchilik bilan ixtiyoriylikka asoslangan hamkorlikda olib borilishi haqida ishonch bo’lishi kerak.
2. Marketing tadqiqotlari shaxs huquklarini buzmasligi kerak.
3. Marketing tadqiqotlari hamma joyda amal qilinadigan yuqori andozalar darajasida halol raqobat tamoyillariga mos holda olib borilishi kerak.
4. Tadqiqotlarni olib boruvchi mutaxassislar ishning sifati va xulosalarning asoslanganligini baholash uchun kerak bo’ladigan axborotlarni taqdim etishga tayyor bo’lishi kerak.
Marketing tadqiqotlarining hozirgi holati doimiy e’tibor va muhokamaga sazovor bo’lgan uchta tendensiya bilan tavsiflanadi. Bular – tijorat ma’lumotlar bazasining tobora ochiq bo’layotganligi, yangi texnologayalardan foydalanishning o’sishi va so’raluvchilar o’rtasida so’rov haqidagi fikrning yomonlashuvi. Bu tendensiyalar marketing tadqiqotining ikki yo’nalishga: kabinetli va dala tadqiqotlariga bo’linishini taqozo etdi.
Dostları ilə paylaş: |