2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


-jadval Marketing axborotlarining asosiy turlari



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə4/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Maruza 2

4.1-jadval
Marketing axborotlarining asosiy turlari





Marketing axborotlarining tasniflanish belgisi

Marketing axborotlarining turi

Marketing axborotining mazmuni

1.

Hosil bo’lish davriga ko’ra

Birlamchi

Aniq muammoni yechish uchun dala tadqiqotlari orqali maxsus to’planishi kerak bo’lgan yangi ma’lumotlar

Ikkinchi

Qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma’lumotlar to’plami.

2.

Hosil bo’lish joyiga ko’ra

Ichki

Kompaniya, korxona, tashkilotning moliyaviy-iqtisodiy hisoboti va hujjatlaridan olingan ma’lumotlar

Tashqi

Korxonaning tashqi muhiti, vositachilar, ta’minotchilar, iste’molchilarning xatti-harakatlari, raqobatchilarning strategiyalari, bozor munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi ma’lumotlar

3.

Axborotni paydo bo’lish chastotasiga ko’ra

Doimiy

Marketing qarorlarini qabul qilish uchun muntazam yig’iladigan ma’lumotlar

O’zgaruvchan

Bozor subyektlari faoliyatining haqiqiy miqdoriy va sifat xususiyatlarini o’zgarishi bilan bog’liq ma’lumotlar

Odatda marketing axborotlari birlamchi va ikkilamchiga bo’linadi. Birlamchi marketing axboroti – bu ma’lum bir marketing muammosini hal qilish uchun maxsus o’tkazilgan dala tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Birlamchi marketing axborotlarining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • aniq belgilangan maqsadga muvofiq yig’ish;

  • axborotni yig’ish metodologiyasi ma’lum va nazorat qilinadi;

  • natijalar kompaniyada mavjud va ularni raqobatchilardan himoya qilish mumkin;

  • ishonchliligi ma’lum.

  • Birlamchi marketing axborotlarining kamchiliklari quyidagilardan iborat:

  • axborotni yig’ish va qayta ishlash uchun ko’p vaqt sarflanishi;

  • axborotni yig’ish va qayta ishlash jarayonida ko’p mablag’ sarflanishi;

  • kompaniyaning o’zi har doim ham barcha kerakli ma’lumotlarni to’play olmaydi.

Ikkilamchi marketing axborotlari – qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma’lumotlar to’plami.
Tashqi ikkilamchi marketing axborotlarining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi:

  • milliy va xalqaro rasmiy tashkilotlarning nashrlari;

  • davlat organlari, vazirliklar, munisipal qo’mitalar va tashkilotlarning nashrlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining statistik to’plamlari;

  • savdo-sanoat palatasi, turli uyushmalarning hisobotlari va nashrlari;

  • davriy nashrlar, jurnal va gazetadagi xabarlar;

  • ilmiy-tadqiqot, loyihalash institutlari va ijtimoiy tashkilotlarning nashrlari;

  • simpoziumlar, kongresslar, konferensiyalar;

  • prays-varaqalar, kataloglar, broshyuralar va kompaniyaning boshqa nashrlari;

  • konsalting tashkilotlarining materiallari.

Ikkilamchi marketing axborotlarining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • birlamchi marketing axborotiga nisbatan yig’ish va qayta ishlash sarf xarajatlari arzon;

  • bir nechta manbalardan olish imkoniyatining mavjudligi;

  • birlamchi marketing axborotlariga nisbatan tez yig’ilishi;

  • Ikkilamchi marketing axborotlarining kamchiliklari quyidagilardan iborat:

  • axborotning qo’liq bo’lmasligi;

  • axborotlarni eskirganligi;

  • ba’zida axborotlarni yig’ish va qayta ishlash metodologiyasi noma’lum;

  • axborotning ishonchlilik darajasining pastligi.

Ikkilamchi marketing axborotlari o’rganilayotgan muammoni hal qilish uchun ilgari boshqa maqsadlar uchun, turli manbalardan olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Ikkilamchi marketing axborotlari ichki va tashqi manbalardan olinadi. Ichki ikkilamchi marketing axborotlarining eng muhim manbalari quyidagilardir: buxgalteriya hisobi, mijozlar ro’yxati, sotish to’g’risidagi hisobotlar, shikoyatlar ro’yxati, yillik hisobotlar, marketing rejasi va boshqa hujjatlar. Tadqiqotchilar tez-tez murojaat qiladigan muhim tashqi axborot manbalariga: O’zbekiston Respublikasining Davlat statistika qumitasining statistik to’plamlari, savdo-sanoat palatasi, har xil uyushmalarning hisobotlari, ommaviy axborot vositalari, maxsus nashrlar, oldin o’tkazilgan marketing tadqiqotlari natijalari chop etilgan byuletenlar, Internet tarmog’idagi ma’lumotlar kiradi.
Marketing axborotlarini iste’molchilar, ta’minotchilar, distribyutorlar va boshqa vositachilar, korxonaning savdo xodimlari, raqobatchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish orqali ham yig’ish mumkin. Iste’molchilar, ta’minotchilar, distribyutorlar, korxonaning savdo xodimlari, raqobatchilar bilan muloqot natijasida iste’molchilar ehtiyojlari, kompaniya va uning mahsulotlari haqida qimmatli ma’lumotlarni olish mumkin. Menejerlar ba’zida e’tibordan chetda qoldiradigan tashqi marketing axborot manbai – bu mahsulot va xizmatlarni chakana savdosi, chakana sotuvchilar hisoblanadi.
Zamonaviy raqobat sharoitida kompaniyalar barqaror raqobat ustunligini saqlab qolishining muhim vositasi sifatida marketing axborotlari qaralmoqda. Tashqi muhitning holati va rivojlanish tendensiyalarini tavsiflovchi bozor faoliyatida marketing axborotlarini yig’ish, tizimlashtirish, baholash va ulardan foydalanish korxonani boshqarish bilan bog’liq qarorlar qabul qilishning ishonchli asosidir.
Korxonadan tashqaridagi jarayonlar va hodisalarning rivojlanishini aniqlaydigan tashqi omil(ekzogen)lardan tashqari, ichki (endogen) omillar ham mavjud bo’lib, ularni bozor sharoitida murakkab biznes tizimlarini boshqarish uchun ham hisobga olish zarur.
Ikkilamchi marketing axborotlarining yetishmasligi, birinchi navbatda, ikkilamchi marketing axborotlari odatda ma’lum bir marketing tadqiqotining maqsadlaridan farq qiladigan maqsadlar uchun yig’ilganligi bilan bog’liq. Shunday qilib, ikkilamchi marketing axborotlarining ishonchliligini baholash uchun beshta asosiy savolga javob berish kerak:

  1. Bu axborotni kim to’plagan va tahlil qilgan?

  2. Axborotni to’plash va tahlil qilishda qanday maqsadlar ko’zlangan?

  3. Qanday ma’lumotlar to’plangan va qanday qilib?

  4. Axborotni qayta ishlash va tahlil qilish uchun qanday usullar ishlatilgan?

  5. Bu ma’lumot boshqa shunga o’xshash ma’lumotlarga qanchalik darajada mos keladi?

Ikkilamchi marketing axborotlar asosida bozorning umumiy iqtisodiy xususiyatlarini, ayrim tarmoqlarning mavqyeini, tashqi bozorga chiqishda milliy va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Ikkilamchi marketing axborotlarini yig’ishda, ichki yoki tashqi axborotlarning ahamiyati tadqiqot maqsadlari va tadqiqot obyektlariga qarab belgilanadi. Marketing tadqiqotlarida ikkilamchi marketing axborotlari manbalarini tanlash uchun axborot matrisasidan foydalanish taklif etiladi. Bu tadqiqotning ayrim obyektlariga qarab ichki va tashqi axborotlardan foydalanish imkoniyatini (ehtimolligini) ko’rsatadi. Axborot matrisasining umumiy ko’rinishi 4.2-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin