Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko’rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo’lgan tovarlar sotish hajmini ko’paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo’qolgani sababli marketingga bo’lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo’ladi.
Differensiallashgan marketingayrim segmentlarda, ayrim vaqtda har xil talablar va tavsiflarga ega bo’lgan ularning majmuilarida qo’llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to’laroq qondirish, bozordagi o’rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o’rganishga to’g’ri keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag’batlantirish va sotish yo’nalishlarida. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko’paytiradi.
Konsentrlashgan marketing alohida iste’molchilar guruhlarining (segmentlarining) o’ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilarni jalb qilish maqsadida bozorga kirib borishini davom etadi. Korxonaning vazifasi mahsulot sotilishini maksimallashtirish emas, balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor ulushining yetarligi va iste’molchilarning e’tiborini qozonishga erishishdan iborat.
Hozirgi industrial jamiyatda iste’molchilar «o’rtacha» xaridorga mo’ljallangan tovarlar bilan qoniqib qolmaydi, shuning uchun firmalar ommaviy va differensiallashgan marketing usullaridan tobora ko’proq konsentrlashgan marketing texnikasiga o’tmoqdalar.
Segmentasiya strategiyasini amalga oshirish firmaning missiyasini aniqlashdan boshlanadi. U firmaning iste’molchiga mo’ljallangan istiqboldagi asosiy funksiyasini, rolini tasvirlab beradi. Uchta fundamental savolni qo’yish va ularni yechish kerak:
Qanday biznes bilan shug’ullanmoqchimiz?
Qanday biznes bilan shug’ullanishimiz kerak?
Qanday biznes bilan shug’ullanmasligimiz kerak?