2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə3/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Maruza 2

Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma’lumotlarni doimiy to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring obyekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televideniye kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining tendensiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste’molchilar xatti-harakatlarining sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma’lumotlar banki va modellar bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyasion usullar, omilli va klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo’llanadi.
Umuman marketing axborot tizimi – bu marketing axborotlarini yig’ish, tahlil qilish usullari, uslublari, vositalari hamda marketing qarorlarini qabul qilish yig’indisi. Marketing axborot tizimi korxona bilan bozor aloqasi rivojlanishini ta’minlaydi.
Marketing faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish va samaradorligini nazorat qilish jarayonida menejerlarga har xil axborotlar kerak bo’ladi. Marketing axborotlari korxona faoliyatida quyidagilarga imkon beradi:

  • moliyaviy xavf-xatarni, kompaniyaning bozordagi obro’ysiga xavfni kamaytiradi;

  • raqobat ustinligiga ega bo’lishni ta’minlaydi;

  • marketing muhitiga moslashish;

  • tanlangan strategiyani amalga oshirish;

  • marketing faoliyati samaradorligini baholash;

  • marketing dasturini ishlab chiqish va hokozalar.

Marketing axboroti bir qancha belgilariga ko’ra tasniflanadi. Har bir turdagi marketing axborotining o’ziga xos ahamiyati mavjud. Marketing axborotlarining tasnifi 4.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin