2-mavzu: Matn tuzish Reja



Yüklə 7,38 Kb.
səhifə2/3
tarix10.11.2022
ölçüsü7,38 Kb.
#68310
1   2   3
Matn tuzish

Yig’ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo’lyozma nusxalari mavjud bo’lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun ishlatiladi. Yig’ma -qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo’lyozmalar orasidan tayanch, ya’ni asosiy nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to’liq, boshqalarga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi.
Tarixda yig’ma-qiyosiy matnni tuzish uchun muallifga nisbat berilgan barcha ijod namunalari kiritilgan holatlarni uchratish mumkin. Masalam, A.Yassaviy hikmatlari, Mashrab g’azallari to’plamlarini misol qilib keltirish mumkin. Ularning ba’zilari aslida muallifga tegishli bo’lmagan holatlar bo’ladi. Yoki keyingi davrlarda tadqiqotchi tomonidan muayyan asarning o’ziga ma’lum qo’lyozmalarinigina qiyosan o’rganish, ayrim holatlarda esa, ulardagi barcha tarkibiy unsurlarni birlashtirish orqali yaxlit matn yaratish hollari kuzatiladi. Ularni ilmiy tanqidiy matn deb atab bo’lmaydi. Porso Shamsiyev tomonidan tayyorlangan “Sab’ai sayyor” dostoni matni nashrda ilmiy-tanqidiy deb ko’rsatilgan. A.Rustamovning kuzatishicha, Ushbu matnning boshidan ming bayt tayanch qo’lyozma bilan solishtirilganida qirqdan ortiq xato aniqlangan.
“Mahbub ul - qulub”ning A.N.Kononov tomonidan tayyorlangan nashri yig’ma – qiyosiy matnga yaxshi misol. 1948-yili A.N.Kononov “ Mahbub ul - qulub” asari matnini Leningrad hamda Toshkent qo’lyozmalar fondida saqlanadigan 8 ta qo’lyozma nusxa asosida tiklagan. Ularning eng qadimiysi 16-asr boshlarida ko’chirilgan Leningrad nusxasi bo’lib, yig’ma – qiyosiy matn uchun tayanch nusxa vazifasini bajargan. Oradagi farqlar ilmiy apparatda ko’rsatib borilgan. Olim o’ziga ma’lum manbalar bilan kifoyalangan. Matnshunos yig’ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o’zi qo’lga kiritgan yoki imkoniyati bolgan manbalardan foydalanadi. Shuning uchun u o’zi tuzgan matnni “svodniy” – yig’ma matn deb atagan.
Yig’ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to’liq matnini tiklashdir. Yig’ma-qiyosiy matnlar asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzilgandan so’ng o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Yig’ma-qiyosiy matn tuzishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

  • qo’lyozmalar va jalb etilgan nucxalarning tavsifini keltirish;

  • barcha qo’lyozma nusxalarni shartli belgilar bilan belgilash;

  • xat turi va matn strukturasini saqlash;

  • asarning boshqa nusxalari bo’lmagan taqdirda nisbatan to’liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish;

  • asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash;

  • matniy tafovutlarni jadvallarda ko’rsatish;

  • barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umulashtirish.




Yüklə 7,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin