2-mavzu: Matn tuzish Reja



Yüklə 7,38 Kb.
səhifə3/3
tarix10.11.2022
ölçüsü7,38 Kb.
#68310
1   2   3
Matn tuzish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bayoz
Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish yoki ilmiy-tanqidiy matn asosida matnning keng o’quvchilar davrasi talablarini nazarda tutuvchi akademik nashrni tayyorlash uchun tuziladi. Ilmiy-ommaviy matnlarda qo’llanadigan tekstologik tamoyillarga sharh, izoh, lug’atlar ilova qilish, iste’moldagi yozuvga transliteratsiya qilish, she’riy matnni nasriy bayoni bilan birga chop etish, matn to’liq tushunarli bo’lishi uchun tarjimalarni ham keltirish, zarurat tug’ilganda qisqartirish, soddalashtirishga ruxsat beriladi.
Masalan “Xamsa” dostonlarining ommaviy nashrlari 1939-yildan boshlangan.1939-1940-yillarda “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy” dostonlari alohida-alohida bosilib chiqdi. Bulardan birinchi doston sharh va izohlar bilan, qolganlari nasriy bayoni bilan birga nashr qilindi. “Farhod va Shirin” ning G’afur G’ulom tomonidan tayyorlangan ilmiy-ommaviy nashrida asarning kirilcha transliteratsiyasi va nasriy bayoni yonma-yon berildi(1956-yil nashri). 1957-yildan boshlab dostonlarning nasriy ifodali nashrlari qayta bosildi. Doston sujetiga aloqador bo’lmagan boblar qisqartirldi. Sadriddin Ayniy tayyorlagan muxtasar “Xamsa” 1940-1947 yillarda ikki marta nashr etildi. A.Navoiy asarlarining ommaviy nashr qilinishida Amin Umariy, Husaynzoda, A.Qayumov, Porso Shamsiyev kabi matnshunos olimlarning ham xizmatlari katta.
Bayoz she’rlar to’plami bo’lib, bir necha shoirlarning asarlarini o’z ichiga oladi. Unda devondagi kabi qat’iy tartibga amal qilinmaydi. Bayoz muayyan she’r janrlari asosida ham tuzilishi mumkin. Masalan, “Bayozi muxxammasot”, “Bayozi ash’or” kabi. Xorazmda Feruzshohning farmoniga ko’ra janriy tarkibiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi juda ko’p bayozlar tuzilgan. Bayoz bir shoir she’rlaridan tashkil topishi mumkin yoki bir necha shoirlarning she’rlaridan namunalar kiritilgan bo’ladi. Bayozlar devon tuzmagan shoirlar ijodiy merosini to’olashda, noma’lum shoirlarni aniqlash va ijodiy mahoratini belgilashda kata ahamiyatga ega.
Qo’yozma bayozlar quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi:

  • sarbayoz (muqaddima);

  • lirik she’rlardan namunalar;

  • xotima-kolofon;

  • fixrist (she’rlari keltirilgan shoirlarning nomi).

Bayozlarning umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • shoirlar haqida ma’lumot berilmaydi;

  • lirik janrlarda bitilgan she’rlardan tashkil topadi;

  • bob va bo’limlarga bo’linmaydi;

  • bir necha shoirlarning she’rlaridan namunalar keltiriladi, sarlavhalar qizil yoki qalin qora rangda yoziladi;

  • bayoz bir shoir she’rlaridan ham tashkil topadi;

  • bir shoirning she’rlari bayozning bir necha joyida takrorlanishi mumkin;

  • turli asrlarda ijod qilgan shoirlarning ijodidan namunalar berilishi mumkin;

namunalar ketma-ket keltirilsa, birinchi namuna ustiga she’r janri va shoir nomi, agar muxammas bo’lsa, kimning g’azaliga bog’langani qayd etiladi (muxammasi faloni dar g’azali faloni), keying namunalar “vallahu ayzan” (yana biri) deb ajratiladi.
Yüklə 7,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin