3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi O’zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida
aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub
mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo’llagan turli xildagi murakkab odamlar
guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o’z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak
avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo’lganki, ularni o’rganish hozirgi zamon
boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar),
Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy
(XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo’llanma bo’ladigan ko’rsatmalar
hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg’i bilik”, “Temur tuziklari” va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o’tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga
oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasiningqarorlari
mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O’zbekiston
iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga
o’tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda “O’zbek modeli”
deb e’tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib,
mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
4. Menejmentning xorijiy modellari Menejmentni mavjud bo’lishi davrida ko’pgina xorijiy mamlakatlar, o’zlarining o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa sohalarda
boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko’pgina ma’lumotlarni to’plaganlar.
Bu to’plangan tajribani o’rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. SHuning bilan
birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval Yaponiya
tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan
boshqasiga ko’shirishning amalda iloji yo’q. Menejmentning xususiy modelini yaryatishda
mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining
pishib yetilishi kabi omillarning ta’sirini hisobga olish zarur.