Hozirgi vaqtda adabiyotlarda boshqaruvning quyidagi funktsiyalari mavjudligi ko’rsatiladi:
rejalashtirish, tashkil etish, buyruq berish, rag’bat berish, rahbarlik qilish,
muvofiqlashtirish,
nazorat qilish, kommunikatsiya, tadqiqotlar o’tkazish, baholash,
qaror qabul qilish, xodimlarni
to’plash va tanlash, muloqotlar olib borish va bitimlar tuzish.
Tashkilotlarni boshqarish jarayonida turli xolatlar yuzaga keladi. Xolatiy yo’nalish fanni
aniq xolatlar va sharoitlarga moslashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda yuzaga kelgan xolat va
undan samarali tarzda foydalanish tashkilot samarasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Rahbarlar
har bir
xolatga mos ravishda harakat qilishlari lozim. XX-asrning 20-yillarida Meri Parker Follett
«Xolat qonuni» to’g’risida gapirib o’tgan edi. U turli xolatlar turli bilimlarni talab qilishini
ta’kidlagan edi.
Boshqaruvda samarali yo’nalish ham mavjud. Tizim - bir-biriga bog’liq bo’lgan bir
butunlikdir. Har bir qism bu bir butunlikga ta’sir ko’rsatadi. Rahbar nafaqat o’z
vazifasi
doirasida o’ylashi, balki boshqa bo’limlar vazifalari to’g’risida ham fikr yuritishi, u qabul
qilayotgan qarorlar boshqa bo’limlar faoliyatiga ham samarali ta’sir ko’rsatishini bilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: