Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to’rtta asosiy shakllari
keng tarqalgan:
1.Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.
2.Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo’shma qo’mitalari)ni tashkil
qilinishi.
3.Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.
4.Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.
Menejmentning yapon modeli ham katta qiziqish uyg’otadi. Yaponiya jahon bozorida
yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan
qo’llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy
xarakterning o’ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan.
Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari bo’ladi.
Iqtisod va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog’langan.
Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar
amerikaliklarga o’xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan
tashqari, Yaponiyada tutgan o’rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo’yicha kattaroq
kishiga bo’ysunish an’anasi vujudga kelgan.
Menejmentning
G’arbiy Yevropa modelini
shakllanishiga Yevropa davlatlari
olimlarining tadqiqotlari katta ta’sir ko’rsatgan. Masalan, bixeviorizim ta’siri ostida boshqaruvni
psixologiyalashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Faraz qilinadiki, pulli mukofatlash barcha
harakatlarni belgilab beruvchi yagona omil bo’lmaydi. Ular ko’proq yakka shaxsning hulqiga
bog’liq bo’lgan psixiologik motivatsiyani belgilab beradilar.
Dostları ilə paylaş: