Har bir fan o'zining tadqiqot predmeti xosligi, uning
tadqiq etish uslublari bilan boshqa fanlardan farqlanib turadi. Etnologiya fan sifatida paydo bo'lgandan
to hozirgi kunga qadar xalq va xalqlarning madaniy
o‘ziga xosligi uning asosiy tadqiqot ob’ekti bo'lgan.
Yer yuzida shunday mamlakatlar borki, ularning
aholisi asosan bitta millatdan (misol uchun, Islandiyaning asosiy aholisini islandlar; Albaniyada - albanlar; Yamanda - yaman arablari, Yaponiyada - yaponlar) tashkil topgan. Biroq bugungi kunda aynan bitta
millatli yoki monoetnik mamlakatlar juda kam hisoblanadi. Juda ko'plab mamlakatlarning etnik kompozitsiyasi yoki, boshqacha aytganda, etnik tarkibi
birmuncha murakkab hisoblanadi. Misol uchun, bir
millatli hisoblangan Fransiya aholisini asosiy aholisi bo'lgan fransuzlardan tashqari bretonlar, elzaslar,
korsikanlar va boshqa yevropa xalqlari hamda Jazoir
va boshqa Afrikadagi fransuz koloniyalaridan ko'chib
kelgan aholi tashkil qiladi. Etnik tarkibiga ko‘ra xilma-xil bo‘lgan mamlakatlar tarixdan ma’lum. Misol uchun, Rim imperiyasi, sosoniylar, Amir Temur
davlatlari; bugungi kunda - Hindiston Respublikasi,
Rossiya Federatsiyasi, Indoneziya Respublikasi.
Aynan mazkur mamlakatlarda yashovchi xalqlar
turmush tarzi va madaniyatini tadqiq qilish etnologiya fanining asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Yuqoridagilardan korinib turibdiki, millat, millatlar va xalqlar hamda kishilar jamoasining boshqa
shakllari ijtimoiy hayotning ma’lum bir muhim tomonini aks ettiradi. Aynan shu bois ham jiddiy ilmiy
qiziqishga sabab bo'lgan va buning natijasida XIX
asr o'rtalariga kelib maxsus fan tarmog'i — etnologiya
paydo bo'lgan.
Muxtasar tushuntirilsa, mazkur fan doirasida turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi, an’anaviy
va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, moddiy va
ma’naviy madaniyat muammolari hamda etnoslararo jarayonlar tadqiq qilinadi. Demak, fikrimizcha,
etnologiya asosiy tadqiqot ob’ekti sifatida etnos bilan
bog'liq quyidagi jihatlarni o'rganadi (Etnologiya predmetini ma’lum bir tartibda bayon qilishda biz fanda
an’anaviy tarzdagi qarashlardan yangi noan’anaviy
qarashlar tomon harakatlanishni ma’qul deb bildik):
- etnogenez va etnik tarix muammolari;
- etniklik va etnik guruhlar muammosi;
- etnoslarning zamonaviy hayoti ( ularning aktual faoliyati);
- xalqlarning moddiy madaniyati;
- xalqlarning e’tiqodiy qarashlari, milliy marosim
va urf-odatlari;
- turli xalqlarning qarindoshlik tizimi: qarindosh-urug‘chilik aloqalari va qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari;
- sotsial guruhlar (tabaqalar, sinflar, institutlar);
- xalqlarning ijtimoiy va siyosiy tuzilmalari (oilaviy
munosabatlar va hokimiyat munosabati);
- turli xalqlarga xos tarbiya an’analari tizimi;
- bir xalq madaniyatining turli komponentlari
orasidagi o‘zaro aloqa va bog‘liqlik muammolari;
- u yoki bu xalq madaniy xususiyatlari dinamikasi
(madaniy o‘zgarishlar);
- turli xalqlarning etnopsixologiyasidagi o‘ziga xosliklarturli xalqlarning hayot tarziga moslashishi,
ularning tabiiy muhitga moslashishi;
- etnos qadriyatlarini taqqoslash;
- turli xalqlarni dunyo xaritasida taqqoslash;
- madaniyatlararo muloqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
- etnoslarning paydo bo'lishi va bo'linib ketishi sabablari;
- xalqlarning joylashuvi;
- etnoslar bilan bog‘liq sodir bo'ladigan demografik
jarayonlar;
- etnos vakillarining iqtisodiy munosabatlari;
- etnolingvistika va etnomadaniyat muammolari;
- an’ana va marosimlarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va innovatsiya hamda transformatsiyalashuvi.
Ushbu ro yxatni yanada davom ettirish mumkin.
Biroq mazkur ro‘yxatning o‘zi ham etnologiyaning
tadqiqot ob’ekti ko‘p qirrali ekanligidan dalolat beradi. Qolaversa, ushbu ma’lumotlar etnologiyaning
asosiy manbai yozma manbalar hamda moddiy yodgorliklar bo‘lgan an’anaviy tarix fanidan birmuncha kengroq ekanligidan darak berib turibdi. Shuningdek, etnologiyada insoniyat tarixining dastlabki
yozma madaniyati shakllanganigacha bo'lgan davrda yashagan va o'zlarining alohida yozuvlariga ega
bo'lgan xalqlar - etnoslar asosiy tadqiqot ob’ekti tarzida o'rganiladi.
Oldingi qismlarda ta’kidlaganimizdek, XIX asr
oxirida Yevropada etnologiyaning asosiy mavzusi ibtidoiy sharoitda yashayotgan «primitiv» xalqlar
bo‘lgan. Bu xalqlar misolida yevropalik tadqiqotchilar go'yoki o‘zlarining qaysidir ma’noda uzoq o'tmishdagi «tirik ajdodlari»ni his qilganliklari bois ushbu
xalqlar yevropalik tadqiqotchilarni ko‘proq qiziqtirgan. Shuning uchun ham yevropaliklar «orqada qolgan» xalqlarga nisbatan «primitiu», ya’ni «birinchidegan iborani qo‘llaganlar. Bu borada «birinchi»
xalqlar to‘g‘risida XIX asrdagi etnologiya maktablarining yirik namoyandalari hisoblangan Lyuis Genri
Morganning «Qadimgi jamiyat», Eduard Taylorning
«Ibtidoiy madaniyat» kabi mashhur asarlari paydo
bo'lgan. Shuningdek, nemis etnologiyasining asoschilaridan bo‘lgan Teodor Vayts va Adolf Bastianlarning
tadqiqotlari ham «ibtidoiy xalqlar»ga bag'ishlangan
bo'lib, ular mazkur xalqlarni «madaniy rivojlangan
xalqlar», ya’ni Yevropa xalqlari bilan o‘zaro qiyosiy
tarzda o'rganishga e’tibor qaratishgan.
0 ‘tgan yuz yillikda mazkur fan doirasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli etnologiya oliy o‘quv yurtlari o‘quv predmetiga aylangan va dunyoning ko‘plab
mashhur universitetlarida maxsus fan sifatida o‘qitila boshlandi. Buning pirovardida etnologiyaga yangi -
cha qarashlar bilan qurollangan fan namoyandalari
- nazariyotchi etnologlar kirib kelgan1. Shu bois etnologiyaning mavzusi ham takomillashib borgan va
fandagi mavjud ba’zi qarashlar hamda g‘oyalar jiddiy
tanqid ostiga olingan va hattoki ularning ayrimlari
keyinchalik butkul ilmiy muomaladan chiqib ketishiga olib keldi.
Etnologiyada tanqidga uchragan ayrim qarashlar
to‘g‘risida to‘xtalganda, avvalo, xalqlarning ibtidoiy
va sivilizatsiyalashgan tarzda bo‘linishiga oid qarashlar jiddiy tanqid ostiga olinganini ta’kidlab o‘tish
joizdir. Yangi avlod tadqiqotchilarining ta’kidlashlaricha, «ibtidoiy» deb atalgan xalqlar ham xuddi «sivilizatsiyalashgan» deb hisoblangan yevropaliklar singari o‘zlarining tarixi va madaniyatiga ega bo‘lgan.
0 ‘z navbatida ular, oldingi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga taalluqli emas va mazkur jamoalar ham boshqa xalqlar kabi ibtidoiylikdan yiroq xalqlar hisoblanadi. Inchunun, bu borada ularni faqatgina atrofdagi
olamga bo'lgan munosabati borasidagina ibtidoiy deb
aytish mumkin. Bunday qarash dastlab mashhur
nemis etnolog olimi Rixard Turnvald (1869 - 1954)
tomonidan bildirilib, uning fikricha, «ibtidoiy xalq»
tushunchasini tahlil qilish asnosida bir omil o‘ta muhimdir.
Bu omil tabiatni o‘zlashtirishdagi bilim, malaka va mehnat
qurollari hamda moslamalardir. R. Turnvaldning fikricha, «ibtidoiy» atamasini yashash va ovqatlanish uchun
eng oddiy mehnat qurollaridan
foydalangan va atrofdagi olam
to‘g‘risida juda kam bilimga
ega bo‘lgan qabilalarga nisbatan qo'llash joizdir. Bunday
texnik qurollanish va tabiiy
qonunlarni bilish m e ’y o r la r -
idan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, Turnvald aytganidek, «tabiatni bo‘ysundirgan odamlar» hozirgi
zamonaviy industrlashgan jamiyatga qaraganda
haqiqatdan ham ko‘proq tabiatga bog‘liq bo‘lgan.
Biroq bu o'rinda ikkinchi mulohaza paydo bo'ladi.
Ya’ni, agar insonlarning tabiatdan mustaqil bo‘lib
yashashlariga qaramay, bugungi zamonaviy kishilar
ikkinchi bir ko‘rinish - texnikaga bog‘lanib qolishiga
sabab bo'ladi. Shu bois ayrim etnologlar yuqoridagi
mulohazaga asoslanib, etnologiyada «ibtidoiy xalqlar»
iborasini qoldirishni, lekin bunda tabiatdan uzilmagan va o‘zlarining ijtimoiy m e ’y o r la r in i saqlab qolgan
jamoalar hamda madaniyatlarni anglash g‘oyasini ilgari surganlar.
0 ‘z navbatida boshqa bir olimlar guruhi esa «ibtidoiy xalqlar» iborasining qo‘llanishiga qat’iy qarshi chiqqan. Chunki fanda bunday iboraning qo‘llanishi
shubhasiz unga qarama-qarshi bo‘lgan «madaniy
xalqlar» atamasining paydo bo'lishini taqozo etadi va bu esa birinchi guruhga kiruvchi xalqlarning
tahqirlanishiga sabab bo‘ladi» deb ta’kidlaydilar.
Darhaqiqat, sayyoramizning turli mintaqalarida
yashovchi xalqlar, etnik guruhlar hayotiga, o‘tmish
tarixiga, turli-tuman sivilizatsiyalar va madaniyatlar
taraqqiyotiga nazar tashlar ekanmiz, o‘zining tarixiy taraqqiyotida madaniyatiga ko‘ra biror-bir rivojlanishga erishmagan insonlar jamoasini topish juda
mushkul. Hatto tosh davri odamlari to‘g‘risida gapiradigan bo'lsak, ular ham dastlab toshdan yasalgan
mehnat qurollarini rivojlantirib borganliklari tarixiyarxeologik manbalardan ma’lumdir.
XVII - XIX asr tadqiqotchilari ta’kidlaganlaridek, sayyoramizda ibtidoiy insonlar mavjud emas.
Har bir etnik jamoa yoki xalq o‘ziga xos madaniyat
sohibidir. Shu tufayli bugungi kunda «madaniyatli
xalq», «madaniyatsiz xalq» degan iboralarni qo'llash
o'rinsizdir. Faqatgina madaniyatning turli ko'rinishlari to‘g‘risida gapirish mumkin. Shuning uchun ham
aynan turli madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
va turfa xil etno-milliy madaniyatlar etnologiyaning
asosiy tadqiqot predmetlaridandir. Qolaversa, keyingi vaqtlarda etnologiyada lokal (mahalliy) madaniyatlarni tadqiq qilish borasida ancha samarali tadqiqotlar bajarilmoqda.
Shu bilan birga turli olimlar tomonidan «ibtidoiy
xalqlar» atamasi o'rniga qator boshqa tushunchalar
va atamalar tavsiya qilingan bolib, tadqiqotchilar
fikricha, mazkur ibora etnologiyaning yangi mavzusi
doirasiga ko‘proq to‘g'ri kelar ekan. Turli davrlarda
etnologiyaga «arxaik madaniyat», «industrlashtirishgacha bo‘lgan jamiyat», «an’anaviy jamiyat», «yozuvsiz jamiyat», «qabilaviy ittifoq» va shu kabi nomlar tavsiya qilingan. Shubhasiz, mazkur iboralarning
har biri ma’lum bir etnik madaniyatning o'ziga xos
tomonlarini ifodalaydi. Shu bois garchi ulardan birortasi ham «ibtidoiy xalqlap> atamasiga almashtirilmagan bo‘lsa-da, zamonaviy etnologiyada ularning
barchasi qo‘llaniladi.
Etnologiyaning zamonaviy muammolari.
0 ‘tgan XX asrning oxirgi choragida etnologiyada
yangicha yo'nalishlarnmg paydo bo‘lishi mazkur fan
doirasida bajarilayotgan tadqiqotlarning ham mazmunan, ham mohiyatan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
Aynan shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tomonidan
an’anaviy ko‘rinishni olgan uzoq yurtlardagi o‘ziga
xos egzogamik madaniyatlar emas, balki zamonaviy
jamiyatlarni o'rganishga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi. Natijada qator yangi nazariyalar va maktablar
paydo bo'ldi va tadqiqotchilar tomonidan etnologiyaning o‘ziga xos yangi yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar bajarila boshlandi. Jumladan, g‘arbiy Yevropa
etnologiyasida ijtimoiy etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya, xo‘jalik (iqtisodiy) etnologiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib
bormoqda.
Boshqacha aytganda, zamonaviy etnologiya fani
bir nechta asosiy vazifalarni bajaradi. Etnologiyaning vazifalari orasida birinchi va uning boshqa
funksiyalariga asos bo'ladigan eng muhim qismi bu
ilmiy bilishga xizmat qilishdir. Etnologiya fani etnik
voqelikni anglash bilan birga turli tarixiy davrlardan
tortib to bugungi kungacha bo‘lgan davrda dunyoning etnik manzarasiga oid bilimlarni shakllantiradi hamda yer sharining turli hududlaridagi etnik
jarayonlarning xarakterli o'ziga xos xususiyatlarini
tadqiq qiladi. Etnologlar etnoslarning paydo bo'lishi,
tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning kelajakdagi hayoti bilan bog'liq tendensiyalarniilgari surishga harakat qiladi. Aynan mazkur bilimlar asosida etnologiya o‘zining nazariy qarashlarini
takomillashtiradi va ularni tarixda va hozirdagi etnik
jarayonlar xarakterini aniqlashtirishda foydalanadi.
Etnologik ma’lumotlarsiz, misol uchun, mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan yangi dunyo mamlakatlar -
ida immigrant millatlarning shakllanish jarayonini,
yoki ayrim mamlakatlarda davlatchilikning shakllanish muammolarini hal qilib bo‘lmaydi. Etnologiyaning boshqa muhim vazifasi har bir etnosning o'zligini anglashdagi ehtiyojini qondirishdan iborat.
Umuman olganda etnologiya sohasida shu kunlarda tadqiqot olib boruvchi yoki ushbu fanga qiziquvchi
kishilar:
- insoniyat o'zini o'rab turgan tevarak-atrofni qanday tarzda tasavvur etadi?
- odamlar tasawurida moddiy olamdagi predmetlar qanday ma’no kasb etadi?
- ushbu qarashlarning o‘zgarish jarayoni qanday
kechadi?
- madaniyatlararo munosabatlar an’anaviy va
zamonaviy madaniyatlarga qanday ta’sir o'tkazadi?
- dunyoning etnik manzarasi o‘zida nimani aks
ettiradi va bu manzaraning o'zgarishi qanday mexanizmlar asosida kechadi?
- u yoki bu madaniyat vakillari dunyoda sodir
bo'ladigan o'zgarishlarga qay tarzda moslashadi va,
o‘z navbatida, u yashayotgan jamiyatning moslashishi qanday prinsiplarga asoslanadi?
- zamonaviy industrial jamiyatda milliy-etnik
madaniyatlarning roli va o‘rni qanday?
- har qanday holatda etnos vakillari tafakkurida
nima o'zgarmaydi yoki nima butkul unutilishi, yoinki
o‘zgarishi mumkin va, o‘z navbatida, bu jarayon qanday kechadi?
- madaniyatlarning o‘zining ichidagi uzaro bog’liqliklar va aloqalar qay tarzda yuz beradi - etnik madaniyatda barcha tizimni mustahkam
ushlab turuvchi va jamiyat hayotida sodir bo'ladigan
qizg‘in o'zgarishlar jarayonida himoya qiluvchi mustahkam o‘zgarmas qism mavjudmi? degan savollarga
javob izlaydilar.
Shubhasiz, mazkur muammolarning aksariyati oxirgi o‘n yilliklardagina etnologlarning tadqiqot
muammosiga aylandi, deb aytish mumkin. Bu borada
ayniqsa G'arb mamlakatlarida so'nggi o‘n yilliklarda
etnologiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan bo‘lib, bunda bevosita ijtimoiy guruhlar orasidagi
etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, lokal va global
jarayonlarni tadqiq qilishda tadqiqotchilar tomonidan
tadqiqiy tanlanish, ya’ni jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni emas, balki etnos va madaniyatning o‘ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eng muhim
deb hisoblangan qarashlargina tadqiq qilinmoqda.
Boshqacha aytadigan bo‘lsak, bajarilayotgan so'nggi tadqiqotlarda asosiy e’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning yerda paydo bo‘lgandan
to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy yo'lining global
miqyosdagi tavsifiga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga qaratilmoqda. Zero,
bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda etnologiya yo‘nalishida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning
aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va dolzarb deb e’tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida
amalga oshirilmoqda.
G'arbiy Yevropa, AQSh, Kanada, Yaponiya,
Hindiston, Avstraliya va boshqa qator mamlakatlarda etnologiya fani (ijtimoiy yoki madaniy antropologiya) asosan universitetlar va muzeylarda taraqqiy etgan. Universitetlarda sohaga oid maxsus kollejlar va
departamentlar mavjud. Ko‘p hollarda etnologik (ijtimoiy-antropologik) tadqiqotlar turli fondlar va hukumatlar tomonidan moliyalashtiriladi. Sohaga oid engso‘nggi tadqiqotlar natijalarini o‘zida aks ettiradigan
ommabop va mashhur jurnallar tarzida Vashington
shahrida Amerika antropologlari assotsiatsiyasi tomonidan chop etiladigan «American anthropologist»
(«Amerika antropologiyasi») jurnali, Parij shahrida
Oliy amaliyot maktabi tomonidan nashr qilinadigan
«L ’Hom m e» («Inson») va Mikluxa-Maklay nomidagi
Etnologiya va antropologiya institutining ilmiy nashri
«3mHoepa(fiuHecKoe o6o3pemift» («Etnografik sharh»)
jurnallarini misol sifatida keltirib o‘tish mumkin.
Yurtimizda esa mustaqillikdan keyin respublikamizning turli tarixiy-etnografik mintaqalari, jumladan, Farg‘ona vodiysi, Janubiy 0 ‘zbekiston, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari
etnologiyasi va bu mintaqalarda yashovchi aholining
o‘ziga xos etnomadaniyatidagi lokal xususiyatlar,
moddiy va ma’naviy madaniyatdagi transformatsion
jarayonlar, etnoslararo jarayonlar, mamlakatimiz
hududida istiqomat qiluvchi turli diasporalar* va
irredentlar** etnologiyasi, an’anaviy va zamonaviy
etnomadaniy jarayonlar, zamonaviy shahar muhitida
an’anaviy milliy qadriyatlarning saqlanib qolish omillari, zamonaviy etnik jarayonlar kabi ko‘plab mavzularda tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda etnologiyaning tadqiqot mavzusi doimiy ravishda
kengayib bormoqda va bu esa ma’lum ma’noda fan-
* Diaspora (diaspora - lotincha - «joylashuv»; inglizcha - diaspore) tor
ma’noda - Bavilon tomonidan Isroil podsholigini (mil. aw. 6 asr) bosib
olingandan so'ng tashkil qilingan yashash joylari, keyinchalik esa Falastindan
tashqarida dunyo bo‘yicha barpo etilgan yashash joylariga aytilgan; b) keng
ma’noda u yoki bu etnik guruhning tarixiy etnik vatanidan ajralgan holdagi
yashash manzillariga nisbatan aytiladi. Misol uchun, koreys diasporasi, irland
diasporasi.
'* Biror-bir etnik guruh yoki etnos o'zining milliy-etnik hamda siyosiy-davlat
uyushmasi bilan chegara mintaqada yashasa irredenta deyiladi. Masalan,
O'zbekistondagi qirg‘ izlar, turkmanlar va tojiklar diaspora bo'la olmaydi,
ular irredentlar deyiladi. Yoki aksincha 0 ‘ zbekistonga qo’ shni mamlakatlarda
yashovchi o'zbeklar ham irredentlar deyiladiga mukammal ta’rif berish imkonini cheklamoqda.
To‘g‘ri, bugungi kungacha turli uslubiy qarashlar va
g‘oyalar asosida etnologiyaga berilgan o‘nlab ta’riflar mavjud bo'lib, ular etnologiyaning ayrim muhim
tomonlarini qamrab olgan. Xulosa qilib aytadigan
bo‘lsak, etnologiya - turli etnik guruhlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini, ulardagi etnik o'zlikni anglash, madaniy boshqaruv shakllari , jamoaviy
munosabatlar qonuniyatlari, shaxslararo aloqalar
hamda ijtimoiy muhitni o'rganuvchi fandir.
Shubhasiz, mazkur ta’rifni etnologiyaga berilgan
eng maqbul va mazkur fanning barcha xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan yakuniy mukammal
ta’rif deb aytib bo‘lmaydi. Kelgusi avlod tadqiqotchilari tomonidan etnologiyaning yanada mukammal va
barcha mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladigan
ta’rifi yaratilsa ajab emas.
3-§. Etnologiya metodlari
Har bir fan zaruriy bilimlarni jalb etgan holda
aniq tadqiqot ob’ektini o‘rganishga qaratilgan bo'ladi.
Lekin har bir fandagi bilim ob’ektining o'ziga xosligi tadqiqotchilar oldiga tadqiq qilinayotgan ob’ektga
oid to‘liq va aniq ma’lumotlarga ega bo'lish talabini
qo‘yadi.
Ma’lumki, dala kuzatuvlari jarayonida yozib olingan xalqlar hayoti borasidagi turli-tuman ma’lumotlar, yorqin faktlar, qiziqarli materiallar va ma’lumotlar etnologiya fanini to‘liq aks ettirmaydi. Odatda,
fan qachonki manbalar tahliliga oid aniq tavsiflangan tadqiqot metodlariga ega bo‘lib, etnoslarning
tarixiy va zamonaviy hayotlari tavsifi berilgandagina
shakllanadi. Fanning eng muhim funksiyasi — yangi
ishonarli bilimlarni qo‘lga kiritishdir. Etnologiyadaham xuddi boshqa fanlardagi kabi ko'plab va turli-tuman metodlar qo'llaniladi. Xususan, ular yangi bilimlarga ega bo'lish maqsadida qo'yilayotgan muammo
darajasi va xarakteriga ko‘ra farqlanadi. Ko'plab hollarda bu savollarga umumiy-falsafiy shaklda javob
berilishi maqsadga muvofiqdir.
Etnologiya fani tadqiqot metodlari yuqori
umumilmiy kategoriyalar guruhiga kiradi. Ayniqsa,
bu fan tarmog'ida tarixiy va tuzulmali-funksional
metod keng tarqalgan. Tarixiy uslubda o‘rganilayotgan ob’ektning paydo bo‘lishi, shakllanishi, rivojlanishi va hayot tarzidagi o'zgarishlar jarayoni asosida
o'rganiladi. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish joizki, XIX va
XX asrda etnologiyadagi tarixiy yondashuv evolyutsionizm oqimi, ya’ni uning miqdoriy o'sishi asos
bo'lgan bo'lib, unda madaniyat ko'rinishlari sodda
evolyutsion tartibda (masalan, turarjoylar - ibtidoiy
g'orlar va chaylalardan to zamonaviy ko‘p qavatli uylargacha) talqin qilinadi. Har qanday etnologik
tadqiqotning asosiy maqsadi faqat etnos, madaniyat
ko'rinishlari yoki ijtimoiy institutlarning kelib chiqish tarixini aniqlash bilangina chegaralangan. Etnosni tadqiq qilishga qaratilgan tarixiy yondashuvda
tarixiylik keng hamda ko'ptomonlama talqin qilinadi.
Zamonaviy etnologiyada ilmiy tahlil uchun turli-tuman materiallar: tadqiqotlar natijasi va etnograf
olimlarning turli dala yozuvlari, sayohatchilarning
safarnomalari, kuzatuvlari, folklor namunalari va
badiiy matnlar, etnosotsiologik va etnopsixologik
materiallar, publitsistik matnlar, rasmiy hujjatlar,
tarixiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlardan foydalaniladi. Bulardan tashqari tadqiq etilayotgan etnos
vakillari bilan bevosita muloqot jarayonida ularning turli holatlarga bildirgan ta’sirlari, bahs-munozaralar va suhbatlarda bildirgan fikr-mulohazalari
va dalillarining mantiqiyligi, tevarak-atrofdagi turliko'rinishlarni izohlash yo'llari va shaxsiy xulq-atvorlarini kuzatuv natijalari ham muhim rol o'ynaydi.
Shubhasiz, bunday ma’lumotlarni yig'ish tadqiqotchi
uchun ma’lum metodlarni o'zlashtirishni talab qiladi. Bugungi kunda zamonaviy etnologiyada o‘ziga xos
etnologik tadqiqot metodlari majmui shakllangan
bo'lib, ularga dala tadqiqotlari, yozma manbalarni
o'rganish, xalq og'zaki ijod namunalarini to'plash,
sotsiologik va statistik materiallar (awalo turli davrlarda bajarilgan aholini ro‘yxatga olish materiallari)
ni tahlil qilish kiradi.
XX asrdagi etnologik tadqiqotlarda funksional yoki
tizimli-funksional metod muhim o‘rin tutgan. Uning
mohiyati xalqlar (qabila yoki boshqa jamoa) hayotida u yoki bu madaniyat ko‘rinishi va ijtimoiy institutlarning o‘rni (ahamiyati, ta’siri, yoki boshqacha
aytganda, funksiyasi)ni aniqlashtirishdan iborat.
Strukturaviy yo'nalishga o‘rganilayotgan ob’ektning tuzilishini aniqlashtirish, keyinchalik esa undagi va u bilan bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar tizimi
kiritiladi.
Tizimli funksional metod tarafdorlari dastlab
o‘rganilayotgan ob’ektning tarixiy aspektini rad etib,
o‘zlarining diqqat-e’tiborlarini, asosan zamonaviylikni o'rganishga qaratganlar va birinchi navbatda
amaliy ahamiyatga molik bo'lgan tadqiqotlar natijalariga urg‘u berganlar. Biroq keyinchalik tarixni
sinchiklab o'rganish ham tizimli-funksional metodning ajralmas qismiga aylandi. Umuman olganda,
hozirda etnologik tadqiqotlarda yozma manbalar,
xalq og'zaki ijodi, qiyosiy tilshunoslik, arxeologik tadqiqotlardan foydalanish hamda dala tadqiqotlaridan
foydalanish metodlari keng qo'llanilmoqda.
XX asrning 70-yillaridan boshlab etnologik tadqiqot
uslublarida jiddiy o‘zgarish sodir bo'ldi. Chunonchi,
ketma-ket kuzatuv o‘rniga kuzatuvchining ishtirokimustahkam o‘rin egallay boshladi. Bu esa tadqiqotchining o'rganayotgan etnik tizimga birmuncha izchil
kirib borishiga imkoniyat yaratdi.
Yozma manbalarni o‘rganish etnologiyaning eng
muhim metodlaridan biri bo‘lib, uning qimmati
o'rganilayotgan xalq va uning madaniyati to‘g‘risida
aniq va to‘laqonli ma’lumotlar berishi bilan ajralib
turadi. Yozma manbalar nafaqat etnologiya uchun,
balki tarix fani uchun ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Yozma manbalar, asosan, insonning ijtimoiy
faoliyati, aniqrog'i, kishilarning o‘zaro munosabatlari natijasi o'laroq yaratilgan va o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, tarixiy voqealarni aks ettirgan
manbalardir. Yozma manbalarga, odatda, ma’lum
bir xalq vakillari hisoblangan mualliflar tomonidan
o'zlarining yoki boshqa xalqlarning tarixi hamda
madaniyati to‘g‘risida yozib qoldirilgan qo'lyozma
asarlar, tarixiy manbalar kiradi. Shuningdek, yozma
manbalarga oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar,
inoyatnomalar va boshqalar), tarixiy, geokosmografik
hamda biografik asarlar ham kiradi. Yozma manbalar doimiy ravishda bir necha avlod tadqiqotchilari
uchun qiziqarli manba bo‘lib xizmat qilgan.
Odatda, biror-bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy
hisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati
benihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum yuridik shaklda bevosita va ko‘p
hollarda aynan qayd etilganligi bilan ham qimmatlidir. Lekin ayni vaqtda ba’zan ularning orasida,
soxtalari ham uchrab turishini unutmaslik lozim.
Shuning uchun ham mazkur manbalardan foydalanilganda o‘ziga xos diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik
talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borilganda,
aniqrog‘i undan biror-bir ijtimoiy-siyosiy jarayonnitalqin etishda foydalanilganda bir hujjat bilan chegaralanmaslik, oxshash hujjatlarni qiyosiy tahlil etib
o'rganmoq zarur. Qolaversa, hozirgi kunda bunday
tarixiy-madaniy yozuvlar etnologlar qiziqadigan yagona manba turi bo'lib hisoblanmaydi. Ayni kunda
turli davrlardagi xalqlarning hayoti va madaniyatiga
bag‘ishlangan har xil yozma manbalar mavjud bolib,
ularning ko‘p qismi hozirgacha batafsil o'rganilmagan. Bunday yozma manbalar jumlasiga sayyohlar va
geograflarning safarlari to‘g‘risidagi xabarnomalari,
o'tkazilgan turli-tuman ekspeditsiyalar hisobotlari,
matroslar va askarlarning yozuvlari, elchilarning hisobotlari, savdogarlarning safarnomalari, oddiy xalq
vakillarining davlat rahbarlariga yozgan maktublari
va shu kabi bir qator yozma materiallar kiradi.
Etnologiya uchun xalqning tarixiy tafakkurini aks
ettiruvchi xalq og'zaki ijodi namunalari ham muhim
manba hisoblanadi. Xalq og'zaki ijodiyoti madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo'lib, uning ildizi
insoniyatning eng qadimgi tarixiga borib taqaladi. Og'zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi
yunon tarixchilari va Tabariy, Ma’sudiy, Abu Rayhon
Beruniy, Ibn al-Asir kabi Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Qayumars, Jamshid va Siyovush haqidagi afsonalar, To‘maris va
Shiroq haqidagi qissalar ham shular jumlasidandir.
An’anaviy urug‘-jamoaviy munosabatlar, xo'jalik munosabatlarini, umuman olganda, turkiy xalqlarga xos
milliy-etnik qadriyatlarni tadqiq qilishda «Go‘ro‘g‘li»,
«Alpomish» kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, rivoyatlar, marosim qo'shiqlari, matal va topishmoqlarning o‘rni benihoyat kattadir. Yozma adabiyotdan awal paydo bo‘lgan bu xalq durdonalari turli
ijtimoiy qatlam vakillari hisoblangan kishilarning
turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, urf-odatlari, ayniqsa, uzoq o‘tmish davrlardagi ijtimoiy munosabatlar
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Qolaversa,
etnologik tadqiqotlar jarayonida o‘tkazilgan tajriba
qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashagan xalqlarda ham ayrim
hollar da tarixiy tafakkurning shakllanishi tub dan
boshqa-boshqa bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.
Ajdodlari ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchilikda
chorvachilik bilan shug‘ullangan xalqlar hatto hozirgi kungacha o‘zlarining ajdodlari shajarasini yaxshi
bilishlari bilan birga ularning qaysi uruqqa va shu
urug‘ning qaysi shahobchasiga mansubligi, ajdodlari
qayerdan kelganligidan tortib ularning an’anaviy
mashg‘ulot turlarigacha biladilar. Bunday qimmatli
manbalar ko‘pincha og'zaki ijod orqali ajdodlardan
avlodlarga o‘tib saqlanib keladi. Xalq og'zaki ijodiga oid materiallar bugungi ulkan globallashuv va
zamonaviy etnik jarayonlar ta’sirida jadal sur’atlar
bilan yo‘qolib bormoqda. Hatto yaqin kelajakda bunday manbalarning ayrimlari butkul yo‘qolib ketish
xavfi mavjud.
Etnologiyada tarix va etnomadaniyatni tadqiq qilishda arxeologik materiallardan ham keng foydalaniladiArxeologik moddiy (ashyoviy) manbalar deyilganda insoniyatning dastlabki ajdodlari yashagan
makonlardan topilgan mehnat va urush qurollari,
ular dafn etilgan joylar, keyingi taraqqiyot jarayonida qurilgan bino va inshootlar (qal’a va qasrlar, hammomlar va karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari hamda suv inshootlari va shu kabilar)ning
qoldiqlari hamda uy-ro‘zg‘or va zeb-ziynat buyumlari
tushuniladi. Yozma va og‘zaki manbalarga qaraganda arxeologik moddiy ashyolar birmuncha ishonchliroq hisoblanadi. Ular yordamida ma’lum bir tarixiy voqeaning aniq vaqtini yoki moddiy madaniyat qurolining tarqalish davrini ko‘rsatishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu metodning yuqori sifatliligi bugungi
kunda arxeologik materiallarni zamonaviy shaklda
o‘rganish va baholash mezonlariga asoslanadi. Jumladan, hozirda arxeologik materiallarni o‘rganishda
statistik metodlardan keng tarzda qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, oxirgi yillarda etnoarxeologiya kabi
yo‘nalish ham jadal rivojlanib bormoqda. Deskreptiv
(tavsifiy) statistikani qo‘llash arxeologik materiallar
zaxirasini to‘laligicha ochishga ko'maklashsa, analitik
statistika esa arxeologik materiallarning tipologiyasi
va ilmiy gipotezalarni tekshirish imkonini beradi. 0 ‘z
navbatida mazkur ma’lumotlarning tahlili va talqini
hamda ilmiy qimmati etnologiyaga oid nazariyalar,
g‘oyalar, konsepsiyalar va madaniyat modellarining
paydo bo‘lishiga asos bo'lib xizmat qiladi.
Etnologik tadqiqotlardagi muhim metodlardan
yana biri qiyosiy tilshunoslik metodidir. Bu uslubning
mohiyati turli tillardagi ma’lum so‘zlarni taqqoslashdan iboratdir. Bu, o‘z navbatida, o‘zaro yaqin qarindosh tillarning aloqalari chegarasi va ularning qarindoshlilik va bog‘liqlik darajasini aniqlash imkonini
beradi.
Etnologiyaning fan sifatida shakllanganiga garchi
juda qisqa fursat o‘tgan bo‘lsa-da, o‘tgan davr mobaynida juda ko‘plab statistik materiallar yig'ildiAyniqsa, yig‘ilgan materiallar ichida eng muhimlaridan biri aholini ro‘yxatga olishga oid turli yillardagi ma’lumotlar hisoblanadi. Mazkur materiallardan
foydalanish jarayonida tadqiqotchi o'zini qiziqtirgan
keng doiradagi savollarga javob topishi mumkin.
Shuningdek, bunday materiallarning qimmati nafaqat ularning turli yillarda bajarilganligi bilan, balki
ularning ma’lum bir tizimlashtirilgan tartibda amalga oshirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Aholini
ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar ma’lum yo‘nalishlarga oid savollar majmui va ularning javoblaridan iboratdir. Bunday turkum materiallar orasida
ijtimoiy-demografik savollar majmui: jinsi, yoshi, ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, kasbi, uy-joyi turi, mazkur
hududda yashash vaqti va shu kabi savollar muhim
ahamiyatga ega. Bunday ma’lumotlarni olish - tadqiqotchi uchun umumiy etnik manzarani o‘rganishda
va bir nechta aholi manzillari ro'yxati materiallarini
taqqoslash orqali etnik jarayonlarning dinamikasini
ko‘rsatib berishda muhim ahamiyatga molik.
Etnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishida bevosita xalqning hayotini o‘rganish yoki, etnologlar tili bilan aytganda, dala tadqiqotlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Dala tadqiqotlari metodining
shakllanishi mustamlaka xalqlar, ularning xo‘jaligi,
ijtimoiy tuzilmalari, e’tiqodi, urf-odatlari to‘g‘risida
kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishga qiziqish tufayli
shakllangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, o‘sha davrdagi
mustamlakachilik siyosati bilan chambarchas bog‘liq
bo'lgan. Chunki, mustamlakachilar o‘z koloniyalarini
va u yerlardagi aholini boshqarishlari uchun doimiy
ravishda bunday ma’lumotlarga ehtiyoj sezganlar.
Dala tadqiqotlari metodi tadqiqotchiga o‘rganilayotgan etnik muhitda uzoq muddat bo‘lishlikni va bevosita o‘sha muhitga ko‘nikishlikni talab qiladi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, tadqiqotchi uchun, odatda,
mavjud tadqiqot ob’ektida statsionar ishlash muddatibir etnik yildan kam bo‘lmasligi kerak. Etnolog-tadqiqotchi uchun dastlabki 2 - 3 oy tanishish va yangi
muhitga moslashish davri hisoblanadi. Shundan keyin u etnik jamoaning yoki uning bir qismi hayotini
yil mobaynida kuzatadi. Albatta, dala tadqiqotlari jarayonida tadqiqotchi tomonidan maxsus daftar yuritiladi va ushbu daftarga tadqiqotchi xalq hayoti bilan
bog'liq eng muhim ma’lumotlarni qayd qilib boradi.
Dala tadqiqotlarining qonuniyligi va samarali bo‘lishligi tadqiqotchi tomonidan o‘rganilayotgan
etnos orasida uzoq muddat yashashni talab qiladi.
Bunga biz amerikalik olim A. Morgan va rus etnografi Mikluxa-Maklaylarning tadqiqotlarini yorqin misol
sifatida keltirishimiz mumkin. Morgan Amerikadagi
hindularning irokez qabilasi orasida uzoq muddat
yashagan bo'lsa, Mikluxa-Maklay Yangi Gvineya papuaslari orasida yashab juda boy etnografik materiallar to'plagan olim hisoblanadi. Statsionar tarzdagi dala tadqiqotlari metodlarining o‘ziga xos yutug‘i
shundaki, etnologlar xalq kundalik turmush tarzining
bevosita ishtirokchisi bo'ladi. Hozirgi kunda etnologiyada mazkur metodning mavsumiy yoki shoshilinch
tarzda o'tkaziladigan metodlaridan foydalaniladi. Bu
metodda tadqiqotchi ma’lum bir tarixiy-etnografik
hududda yashovchi aholini oldindan belgilangan reja
asosida o'rganadi. Bu metod tadqiqotchi uchun qulay
bo‘lgan davrda o‘tkaziladi. Lekin bunday tarzda tadqiqotlar olib borish etnosning hamma mavsumdagi
hayotini ham batafsil o'rganish imkonini bermaydi.
Dala tadqiqotlari metodlari etnolog uchun moddiy
va ma’naviy madaniyat to‘g‘risida ham ma’lumotga
ega bo'lish imkonini beradi. Fotosuratlar, chizmalar,
sxemalarda moddiy ma’naviyat ob’ektlari: etnosning
mehnat qurollari, uy-joylari, uy-ro‘zg‘or anjomlari,
kiyim-kechaklari va shu kabi moddiy madaniyat namunalari aks etadi. Zamonaviy texnika vositasida
(raqamli videokamera va raqamli fotoapparat, audioyozuvlar) va an’anaviy dala yozuvlarida xalq ma’naviy
hayotining ob’ektlari va ko‘rinishlari (an’analar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qo'shiqlari va shu kabilar) aks etadi. Ba’zida dala tadqiqotlari jarayonida
ayrim moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari
muzeylar kolleksiyasi uchun yig'iladi.
Etnologiyada tadqiqotlarning an’anaviy uslublari
o'rganilish aspekti rang-barang va tadqiqot vositalari
boy bo‘lsa-da, ularda dasturlashtirish hamda ma’lumotlarni rasmiylashtirish kamligi bilan ajralib turgan. Ma’lumotlar yig'ishning an’anaviy usullariga
kuzatuv, informator bilan intervyu (suhbat), muzey
kolleksiyalari yig‘ish va ularni tavsiflash, ommaviy
axborot vositalari va boshqa manbalardan ma’lumotlar yig‘ish kiradi. Shuningdek, an’anaviy metodlarga
informatsiyani qayta ishlash - kartoteka va hujjatlar
to‘plamini tuzish, tipologizatsiya, kartografiyalash
va boshqa shu kabi uslublar taalluqllidir. Etnologiyadagi yangi zamonaviy uslublar ma’lumotlar bazasini statistik uslublardan foydalanilgan holda maxsus
kompyuter dasturlari (misol uchun, SPSS programasi)
yordamida ma’lumotlarni aniq tahlil qilishida o‘zining
aniq tahliliy faktlarga asoslanishi bilan ajralib turadi.
Aynan etnologiyaga miqdorning (statistik jadval va
shu kabilar ko'rinishida) jalb etilishi etnosni strukturaviy modellashtirish metodini qo‘llash imkonini
ham yaratdi. Shuningdek, noan’anaviy metodlariga
davriy nashrlarni statistik tahlili (kontent-analiz deb
yuritiluvchi) va ekspert baho va boshqa shu kabi yana
ko‘plab uslublarni kiritish mumkin