Foydani ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga oshirish mumkin. Agar foydani oshirish faqat qo‘shimcha jalb qilingan tashqi mablag‘lar ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu aksiya uchun haqiqiy foyda pasayishini va aksiyadorlar ahvoli yomonlashishini anglatadi.
Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, odatda, yangi mahsulotlarni rivojlantirish va testdan o‘tkazish uchun ulkan mablag‘lar sarflaydilar. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yangi dori-darmon vositasini bozorga chiqarish uchun bemalol 10 yil talab qilinishi mumkin. Tadqiq qilish va rivojlantirish uchun mablag‘lar sarflashni to‘xtatgan kompaniyada joriy daromad ko‘payadi, chunki chiqimlar qisqartiriladi, oldingi yillar amalga oshirilgan rivojlantirishga investitsiyalardan daromadlar esa avvalgidek kelib tushishda davom etadi. Shunday qilib, rivojlantirish uchun xarajatlarni rad etgan kompaniyaning joriy daromadi yuqorilab boradi, biroq uni noxush kelajak kutmoqda, chunki unda eskilarini almashtirish uchun yangi dori-darmon vositalari bo‘lmaydi.