2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Yüklə 1,54 Mb.
səhifə5/8
tarix05.04.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#93432
1   2   3   4   5   6   7   8
Shukurova Aqida tarix

Markazning mamlakat miqyosida sodir bo’layotgan tushkunlik holatidan xalqni chalg’itish maqsadida vaziyatni oqartirib, bo’yab ko’rsatish taktikasi tanglik holatini bartaraf eta olmadi. SHunday vaziyatda, “paxta ishi», «o’zbeklar ishi» degan bahonalar o’ylab topildi. Natijada, 80-yillarning o’rtalaridan O’zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag’onlik harakatlari kuchaydi.

1983-1989 yillarda T. Gdlyan va Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O’zbekistonda paxta yetishtirishda qo’shib yozish bilan bog’liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar.

SHu ishlar bo’yicha 5 ming kishi qamoqqa olindi, ularning 600 dan oshig’i rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. Aybdorlardan 100 mln. so’mdan oshiq pul yig’ib olindi. Qamoqqa olinganlarning ko’pchiligi qonunga xilof ravishda sudsiz, belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi. Ularning fuqarolik huquqlari poymol etildi. Markaziy matbuot organlari o’zbek xalqi sha’niga har xil bo’htonlar yog’dirishdan toymadilar. Bu o’zbek xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligini, rahbar xodimlar va huquq-tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi. Qudratli rasmiyatchilik to’siqlari, umumittifoq rasmiy yo’riqnomalari, sovet tizimining jamiyatni bug’uvchi mexanizmi iqtisodiy yangilanishlarga g’ov bo’lib turardi. To’siqlarni dadillik bilan yorib o’tish uchun butun hokimiyat tuzilmalarini, ishlab chiqarish munosabatlarini sifat jihatidan yangilash, imperiyaga xos tuzumni barham toptirish lozim edi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin