2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja



Yüklə 41,85 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü41,85 Kb.
#208168
  1   2   3   4   5   6
2-mavzu Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimo


2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
Reja:
  • XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Ekologik muammolar.
  • Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: «Paxta ishi»

  • «O‘zbek ishi» nomli kompaniyalar.
  • 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.
  • 1991-yil avgust voqealari: GKCHP (ГКЧП). Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.

  • Tayanch so‘z va iboralar: Ekologik muammolar. Orol fojеasi. Qayta qurish.
    «Kadrlar desanti». «Paxta ishi», «O‘zbek ishi». Prezidentlik boshqaruvi. Mustaqillik Deklaratsiyasi. GKCHP (ГКЧП).
    Adabiyotlar ro‘yxati:
  • Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1992.
  • Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид,

  • барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б.137−252.
  • Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.:

  • Ўзбекистон, 2011. – Б.147–148; 231– 233; 365–372; 393–408; 424–425.
  • Азизхўжаев А.А. Чин ўзбек иши. – Т.: Академия, 2003.
  • Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий муносабатлар (70-80

  • – йиллар мисолида). Қўлланма. – Т.: Шарқ, 1999.
  • Муртазаева Р.Ҳ. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва толерантлик. Дарслик. – Т.: Мумтоз сўз, 2019.
  • Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат // М.Абдуллаев ва

  • бошқалар: тўлдирилган учинчи нашр. – Т.: Шарқ, 2006.
  • Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. – Т.: Академия, 2013.
  • Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.

  • Рахимов. – Т.: Адабиёт учқунлари, 2018.
  • Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob); R. Shamsutdinov, Sh. Karimov. – T.: Sharq, 2016.– B.438–445.
  • O‘zbеkiston tarixi / R.H. Murtazayеva umumiy tahriri ostida. – T.: Yangi asr

  • avlodi, 2005. – B.413-426.
  • Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси. / Масъул муҳаррир и.ф.н. Н.Талипова / – T.: Fan va texnologiya, 2014.
  • Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 2 том. Масъул муҳаррирлар: Р.Абдуллаев, Қ.Ражабов, М.Раҳимов. – Т.: Ўзбекистон, 2019.

  • Sovetlar hukumatning O‘zbekistonda 70-yildan ko‘proq olib borgan mustamlakachilik siyosati, uning O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasidagi boshqa respublikalarning tabiiy xom ashyo resurslaridan o‘ylamay – netmay

foydalanishi, ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligining izchillik bilan joriy etilishi, turli xildagi kimyoviy zaharli moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi bu erda ko‘p asrlar mobaynida vujudga kelgan va mavjud bo‘lgan tabiiy muvozanatni izdan chiqardi. Mamlakatimizda ayniqsa, 80 – yillarda haloqatli tus olgan juda murakkab ekologik muammolarni vujudga keltirdi, shular sababli Orol muammosi halokatli tus oldi.
O‘zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi – suvga bo‘lgan munosabat bilan bog‘likdir. Sovetlar hukumatning Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob – kitobsiz foydalanish oxir – oqibatda Orol fojeasini keltirib chiqardi. Ekologik muammoning uchinchi sababi — tuproq tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda 1990 yilga kelib o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlar 853 ming gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o‘zgarishiga hisob – kitobsiz ishlatilgan mineral o‘g‘itlarning halokatli ta’siri ham katta bo‘ldi. CHunki mutaxassis olimlarning xulosalariga ko‘ra fosfor o‘g‘iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og‘ir metall tuzlar ham o‘tar ekan. Ekologiya buzilishining to‘rtinchi sababi, bu respublika hayvonot va o‘simlik olamining
o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning – 99, parrandalarning – 410, baliqlarning – 79 turi mavjud. 1990 yilga kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq turi respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simliklarning soni esa 163 taga etdi.
XX asr 80-yillarining o‘rtalarida SSSRning parchalanishi real ob’yektiv
haqiqatga aylanib qolgan. Natijada sovеt hukumati bu holatni oldini olish maqsadida navbatdagi siyosiy yo‘lni – qayta qurish siyosatini ilgari surdi. «Qayta qurish» – XX asrning 80 – yillari o‘rtalarida keng iste’molga kirgan tushuncha. Qayta qurish - Moskvada KPSS Markaziy Komitetining 1985-yil 23 aprelda bo‘lib o‘tgan plenumi va unda KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev
«KPSSning navbatdagi XXVII s’ezdini chaqirish, unga tayyorgarlik ko‘rish va
o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar to‘g‘risida» ma’ruza bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni islohot yo‘li bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to‘planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo‘li bilan hal etishdan iborat bo‘lgan.

Yüklə 41,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin