2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja



Yüklə 41,85 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü41,85 Kb.
#208168
1   2   3   4   5   6
2-mavzu Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimo

Qayta qurish 1985 – 1990-yillarni o‘z ichiga olib, ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan edi.
1987 – 1990-yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, unda
jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini
o‘zgartirish to‘g‘risidagi Qonun (1988-yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga etkazish mumkin bo‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80-yillarning oxiri – 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bo‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to‘planib qolgan muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi.
XX asrning 80 – 90-yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik
holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o‘yinlar» o‘ylab chiqdilar.
1983-yilning oxirida O‘zbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi.
Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori xuzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, O‘zSSRga yuboriladi. Ular O‘zSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi «qo‘shib yozish», «o‘g‘irlik», «ko‘zbo‘yamachilik»,
«poraxo‘rlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan shug‘ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo bo‘ldi. Tergovlar jarayonida Moskvadan yuborilgan T.X. Gdlyan va N.V. Ivanov guruhining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xo‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xo‘jaligi etakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, ko‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xo‘jalik rahbarlari o‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zSSRning ijtimoiy – siyosiy hayotida 1984-yil 23 iyunda bo‘lgan O‘zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash’um rol o‘ynagan. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O‘zSSRda o‘zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan O‘zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. 1984 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy – xo‘jalik organlariga ishga yuborilgan. Xususan, 1984 – 1989-yillarda O‘zSSR IIVga sobiq sovetlar mamlakatidan hammasi bo‘lib 150 ta xodim kelgan. Yillar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, 1984-yilda 5 ta, 1985-yilda 33 ta, 1986-yilda 86 ta, 1987-yilda 27 ta,
1988-yilda 2 ta, 1989-yilda 3 ta.
Respublikada kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi. Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, «paxta ishi»ga ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «o‘zbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo‘liga o‘tildi. 1983 – 1990-yillarda O‘zSSRda
«paxta ishi» degan uydirma bo‘yicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
«Paxta ishi» oqibatda butun mamlakatimizda parokandalik, loqaydlik,
umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. O‘zbekiston fuqarolari o‘z haq – huquqlarini himoya qilishlarini so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986 – 1987-yillarda faqat O‘zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliqlari qabulida bo‘lib, o‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik ayniqsa xotin – qizlar orasida ko‘paydi. 1986 – 1987-yillarda
respublikada 270 ayol o‘zini – o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni, qadr – qiymatning toptalashi, haq – huquqlarining buzilishiga nisbatan ko‘rsatilgan norozilik edi. Haqiqat, adolat keyinroq Islom Karimov O‘zbekiston rahbari bo‘lgach ro‘yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi avf etildi.
1989-yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo‘ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ammo 1989-yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida (O‘zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi Rafiq Nishonovning ta’rificha, «bir banka qulpinoy» uchun) bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «noto‘g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo‘ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989-yil 8 iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ldi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umuman 3 – 12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularni
harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi
jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Farg‘onada uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990-yil fevral – mart oylarida Bo‘ka va Parkent, 1990-yil iyunda O‘sh va O‘zganda ham shunday urinishlar bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora – tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonning yangi birinchi rahbari
I.A. Karimov o‘z nutqida respublikaning sobiq Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq-
ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf- odatlar va an’analarni rivojlantirish ob’yektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.
O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni
o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. I.A. Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15- avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A. Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi. «G‘oyat og‘ir ayni o‘sha sharoitda aholiga qo‘shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon va qarorlar qabul qilingani shu asosda, O‘zbekiston bo‘yicha 2,5 million oilaga hammasi bo‘lib 700 ming gektar sug‘oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bo‘lgan...». Ana shunday o‘zgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan ishonch hosil qildilar.
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi

Yüklə 41,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin