Mustaqillik Deklaratsiyasi. 1990-yil 18-iyun kuni XII chaqiriq Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyada deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik Deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20-iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning
xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi.
«O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari;
har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat
oliy maqsad sari;
har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;
O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his
etgan holda;
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi».
O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti.
O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy
7
O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
SSSR Oliy
Konstitutsiyasiga
Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan
tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo.
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom
ma’nodagi haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq
shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsa-
da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yer osti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar.
XX asrning 80-yillarning oxirlari – 90-yillarning boshlarida ko‘pchilik
respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risidagi o‘z fikrini mana bunday bildirgan: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz». Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab- takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohlamas
edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat yanada
keskinlashdi. XX asrning 90-yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirishni talab qila boshladi. 1990-yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yidagi Litva (11-mart), Latviya (4-mayda), Estoniya (8-may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991-yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Moskva 1990-yil kuzida Markaz bilan respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e’tirof etishga majbur bo‘ldi.
Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya
qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSRga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada baxs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar «Kuchli markaz – kuchli respublikalar» desa, joylardagilar «Kuchli respublikalar – kuchli markaz» deb chiqdilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik
qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga «Siz O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli