«O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. O‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Ish yuritish sekin-asta o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi, uni o‘rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o‘rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qo‘yildi. Bu qonunning qabul qilinishi o‘zbek xalqi, shu xalq milliy o‘z-o‘zini anglashining o‘sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam qo‘yildi.
1990-yil 23-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unda
qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvining prezidentlik shakliga o‘tishi, respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990-yil 24-mart kuni XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining
birinchi sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy hujjatni —
«O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston – SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim
qadamlardan biri – 1990-yil 20-iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan 12 moddadan iborat bo‘lgan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur hujjat O‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O‘zbekistonning 1991-yil 31-avgustga qadar mavjud bo‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.