tayanch xususiyatlari
kuzatuvchanlik – ko`ra bilish
ko`nikmasidir. Bu – individual narsaning o`ziga
xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun
boshlang`ich materialni ko`ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi,
tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o`z-o`zidan ravshan.
Ularning
kuzatuvchanligi turlicha yo`nalishda bo`lganligi sababli, har biri o`z tafakkuri va
dunyoqarashiga ega. O`qituvchining kuzatuvchanligi o`quvchilar jamoasini ta`lim
Qobiliyatning
etakchi xususiyati
ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat
rassomga, matematika o`qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo`lmasdan,
balki aynan
barcha fan o`qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik
qobiliyat sog`lom o`qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o`rtacha va past darajada
bo`lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan
hislatlar va
xususiyatlar orasida ba`zilari yordamchi rol o`ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan
yordamchi xususiyatlar
va hislatlar
quyidagilardan iborat:
aql–idrokning muayyan turlari,
hozirjavoblik; kamchiliklarga
tanqidiy e`tibor, sobitqadamlik;
o`qituvchining nutqi: notiqlik san`ati, so`z boyligining
teranligi;
aktyorlik xususiyati: mimika
va pantomimika, xayoliy
fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo`lish.