2 Mavzu: Organizmning vitaminlar bilan ta`minlanganligini baholash. Mashg‘ulotning jihozlanishi


Mavzu bo‘yicha yoritilishi lozim bo‘lgan savollar



Yüklə 26,18 Kb.
səhifə5/5
tarix17.05.2023
ölçüsü26,18 Kb.
#115487
1   2   3   4   5
2-3

Mavzu bo‘yicha yoritilishi lozim bo‘lgan savollar:
-ovqatlanishni organizm uchun ahamiyati to‘g‘risida tushuncha
-oqilona oqkatlanishga bo‘lgan gigiyenik talablar
-organizmda energiya sarfini aniqlash usullari
-oziq ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismlari va ularni organizm uchun ahamiyati
-taomnoma qaerlarda tuzilishi va uni tuzishda qatnashadigan shaxslar
-oziq-ovqat maxsulotlarini miqdor ko‘rsatkichlari
-taomnomani tuzishga bo‘lgan asosiy talablar


Amaliy mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya usullari:
«Miyaga xujum»
Guruxni 2-3 kishidan tashkil topgan kichik guruxlarga (kichik gurux-KG) ajratiladi. Mavzuga taaluqli muammoli savolga har bir gurux savolga o‘z javob variantini taqdim qiladi. Xar bir kichik gurux berilgan savolga o‘z javob variantini oq qog‘ozga yoki sinf doskasiga yozma ravishda tavsiya qiladi. So‘ng kichik guruxning javoblari muxokama qilinadi. Javoblarni muxokama qilishda o‘qituvchi asosiy faoliyat ko‘rsatishi lozim, ammo muhokamaga talabalar xam jalb qilinadi. Eng to‘liq optimal variant tanlab olinadi va ish javobini bergan guruxga yuqori ball, qolgan guruxlarga esa munosib bo‘lgan ball qo‘yiladi.
Taklif etilgan muammoli savollarga variantlar:
1. Odamning oqilona ovqatlanishi qaysi mezon bo‘yicha to‘g‘ri deb aytish mumkin?
2. Organizmning ovqatli moddalarga va energiyaga bo‘lgan ehtiyojini belgilovchi omillarning, ularning ahamiyati bo‘yicha to‘g‘ri joylashtiring
3. Nima uchun sog‘lom odamning bir marotabalik ovqatlanishida, agar ratsion tarkibida qiymatli quyidagi mahsulotlar-go‘sht, tuxum, baliq va pishloq bo‘lsa, uni oqilona deb bo‘lmaydi


Testlar
1. Bir kecha-kunduzdagi organizmning umumiy energiya sarfi quyidagilardan tashkil topgan:
1. asosiy almashinuvga sarflanadigan energiya
2. ovqat qabul qilish bilan bog‘lik bo‘lgan energiya sarfi
3. bir kecha-kunduz mobaynida barcha turlarga sarflanadigan energiya
4. ayrim faoliyat turlariga sarflanadigan energiya
5. uyqu paytida sarfdanadigan energiya

2. Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari ishlab chiqilganda quyidagilar e’tiborga olinadi:


1. aholining jinsi 2 ishning sifati
3. kasb turi 4. turmush sharoiti 5. aholining yoshi

3. Kuchaytirilgan kaloriyali ovqatlar qaysi kasalliklarda tavsiya qilinadi:


1. qalqonsimon bezning giperfunksiyasida 2.o‘tkir yuqumli kasalliklarda
3. ba’zi bir surunkali kasalliklarda 4. intoksikatsiyada
5. oshqozon ichak kasalliklarida

4. Kamaytirilgan kaloriyali ovqatlar qaysi kasalliklarda tavsiya etiladi


1. qalkonsimon bezning giperfunksiyasida 2. oshqozon-ichak yaralari qaytalanganda
3. yurak-tomir kasalliklarida 4. intoksikatsiyalarda
5. oshqozon-ichak traktining o‘tkir kasalliklarida

5. Taomnoma-bu


1. taom mahsulotlarining tizimi 2.kimyoviy tarkibning miqdori
3. energetik qiymati 4. taom retsepti va mahsulotlar miqdori
5. ovqatlanish ratsionidagi ovqatlik moddalarning nomlari va miqdori

6. Ovqat ratsioniga qo‘yiladigan gigiyenik talab


1. sifatlilik 2. turli mineral moddalar bo‘lishligi
3. etarli miqdorda mahsulotlar 4. muntazamlik 5. xar kuni 3 maxal

7. Organizmga oqsil moddalari tushmaganda yoki kam iste’mol qilinganda qaysi kasalliklar kelib chiqadi:


1. oshqozon ichak yo‘lida bijg‘ish jarayoni kuchayadi 2. Kvashiorkor
3. Marazm 4. antitelolar hosil bo‘lishi tezlashadi 5. atseton birikmalari to‘planib qoladi

8.Uglevodlarning vazifalarini aniqlang:


1. energiya 2. ichak peristaltikasini kuchaytiradi 3. oqsil va yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi 4. gormonal 5. katalitik

9. Vitamin S etishmasligi natijasida organizmda quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi:


1. terida mayda – mayda qon quyilishi 2. milklar yallig‘lanib undan qon oqishi
3. o‘sish va rivojlanishning susayishi 4. mushaklarning bo‘shashib ketishi, terining yallig‘lanishi

10. Pektin moddalar va kletchatkalar qatnashadi


1. ichaklar qisqarishida , ichak mikroflarini me’yorlashda
2. immunitet hosil qilishda 3. xujayra va to‘qimalarning tiklash
4. organizmning modda almashinuvini boshqarishda 5. uglevodlar almashinuvida
11. Suvda eriydigan vitaminlarni aniqlang:
1. Xolin (V4) 2. Piridoksin (V6)
3. Askorbat kislota (Vs) 4. Tiamin (V1) 5. Inozit (V8)

12. Vitaminsimon moddalarga qaysi vitaminlar kiradi:


1. Karnitin (V15) 2. Xolin (V4) 3. Inozit (V8)
4. Biotin (V P) 5. Tiamin (V1)

13. Quyidagilardan qaysi birlari yog‘da eriydigan vitaminlar tarkibiga kiradi:


1. Vitamin A 2. VitaminE 3. Vitamin S 4. Vitamin D 5. Vitamin K

14. Yorug‘likdan qo‘rqish, shapko‘rlik, sariq va ko‘k ranglarni qabul qilmaslik qaysi vitamin organizmda etishmaganida yuzaga keladi:


1. Vitamin RR 2. Vitamin A 3. Vitamin V14. Vitamin K 5. Vitamin V2

15.Vitamin R etishmasligi natijasida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar:


1. milklar qonaydi 2. kapillyarlarning sinuvchanligi oshadi
3. qon tomirlarining rezistentligi kamayadi 4. yurak urushi qiyinlashadi.
5. nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi

16. Vitamin E ning erkak va ayollar uchun bir kunlik me’yori:


1. erkaklar uchun 22 mg 2. ayollar uchun 12mg 3. erkaklar uchun 6mg
4. ayollar uchun 20 mg 5. erkaklar uchun 15mg

17. Vitamin V2 etishmasligi natijasida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar:


1. yorug‘likdan qo‘rqish 2. ko‘zdan yosh oqishi
3. ko‘zda og‘riq bo‘lishi 4. yurak urushining qiyinlashishi
5. tez achchiqlanish

18. Vitamin A ning organizm uchun ahamiyati:


1. oksidlanish jarayonida qatnashadi 2. organizmni o‘sishiga yordam beradi
3. moddalar almashinuvida ishtirok etadi 4. normal ko‘rishni ta’minlaydi
5. fermentlar faoliyatini boshqaradi

19. Vitamin D etishmasligi natijasida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi:


1. suyak to‘qimasi bo‘shashib mort bo‘lib qoladi 2. oyoq suyaklari qiyshayadi
3. qon ivish xususiyatini sekinlashtiradi 4. homilaga ta’sir ko‘rsatadi
5. tish kariesi kelib chiqadi
Yüklə 26,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin