2-mavzu. O‘yinlаr nаzаriyasi va raqobat strategiyalari



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü105,53 Kb.
#211378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu. O\'yinlar nazariyasi va raqobat strategiyalari

2.6. Takrorlanadigan o‘yinlar
Oligopolistik bozorda firmalar ishlab chiqarish hajmi va narx belgilash yuzasidan qaror qabul qilishda ko‘p hollarda “mahbus dilemmasi” vaziyatiga tushadi. “Mahbus dilemmasi” statik holatni ifodalaydi, ya’ni mahbuslar jinoyatni zimmasiga olish yoki olmaslik yuzasidan bir marta qaror qabul qiladi. Shu tufayli uni qo‘llash doirasi biroz cheklangan. Real hayotda firmalar ishlab chiqarish hajmi va narxni davriy ravishda qayta-qayta belgilashiga to‘g‘ri keladi va bu holatda takrorlanadigan o‘yindan foydalanish joiz bo‘ladi.
Masalan, “mahbus dilemmasi”ning har bir takrorlanishida firmalar o‘z xatti-harakatlari bilan va raqobatchilarining xattiharakatlarini o‘rganishi mumkin. Faraz qilaylik, ikkita firma “mahbus dilemmasi” vaziyatida va ularning to‘lov matritsasi 2.8-jadvalda berilgan.
2.8-jadval
Narx belgilash masalasi




Firma 1

Past narx

Yuqori narx

Firma 1

Past narx

20 / 20

200 / -100

Yuqori narx

-100 / 200

100 / 100

Agar birinchi firma narxni past belgilab, ikkinchisi yuqori belgilasa, unda birinchi firma 200 ming dollar foyda olib, ikkinchisi 100 ming dollar zarar ko‘radi. Xuddi shu tarzda ikkinchi firma narxni past belgilab, birinchisi yuqori belgilasa, unda ikkinchi firma 200 ming dollar foyda olib, birinchisi 100 ming dollar zarar ko‘radi. Agar har ikkala firma ham narxni yuqori belgilasa, unda har biri narxni past belgilaganga qaraganda (20 ming dollardan) yuqori, ya’ni 100 ming dollardan foyda oladi.


Biroq, firma yuqori narxni talab qilishdan qo‘rqadi, chunki agar uning raqobatchisi past narxni belgilasa, u foydasini yo‘qotadi va raqibi boyib ketadi. Ammo, bu o‘yin qayta-qayta takrorlandi deylik. Masalan, firma va raqobatchisi har oyning birinchi kunida bir vaqtning o‘zida narxlarini e’lon qiladi. Bu holatda firma raqobatchisini xatti-harakatlariga javoban vaqt o‘tishi bilan narxini o‘zgartirib, boshqacha qoidalar bilan o‘ynashi kerak emasmi?
Qasdma-qasd” o‘yini. Takrorlanadigan o‘yinlar uchun eng yaxshi strategiya – “qasdma-qasd” strategiyasi hisoblanadi. Uning mazmuni quyidagicha: Men yuqori narxni belgilayman va uni siz men bilan kooperatsiyada bo‘lib, yuqori narx belgilab turganingizgacha saqlab turaman. Lekin siz narxni tushirsangiz, men ham narxni tushiraman.
O‘yin takrorlanadigan o‘yin bo‘lsin. Faraz qilaylik, o‘yin oyma-oy cheksiz takrorlanib tursin. Kooperatsiyada bo‘lish degani – “qasdma-qasd” strategiyasiga ratsional javob degani. Faraz qilaylik, o‘yinchilar “qasdma-qasd” strategiyasidan xabardor. Oylarning birida men yuqori narx belgiladim, raqib past narx belgilab, yuqori foyda oldi, lekin u biladiki, keyingi oyda men ham narxni tushiraman, natijada ikkalamizning ham foydamiz past bo‘ladi va past narxni belgilash qancha davom etsa, kam foyda olish ham shuncha saqlanib qoladi. Bunday holatning saqlanib qolishi yo‘qotilgan foyda hajmining to‘planib borishiga olib keladi. Shunday qilib, narxni past belgilash noratsional ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Аgar raqib mening “qasdma-qasd” strategiyasini qo‘llashimga ma’lum ehtimol bilan ishonsa, uning uchun yuqori narx belgilashdan boshlash va uni men narxni pasaytirganimgacha ushlab turishi ratsional hisoblansa, takrorlanadigan o‘yinda kooperatsiyadan kutiladigan yutuq ma’lum vaqt oralig‘ida past narx belgilagandagidan yuqori bo‘ladi.
Endi o‘yinning takrorlanishi chekli miqdorda bo‘lsin. Faraz qilaylik, o‘yin N marta, ya’ni N oy takrorlanadi. Аgar birinchi firma ratsional bo‘lsa va u ikkinchi firmani ham ratsional harakat qiladi, deb o‘ylaydigan bo‘lsa, 1-firma quyidagi fikrga keladi: birinchi firma “qasdma-qasd” strategiyasini qo‘llaydigan bo‘lsa, men (ikkinchi firma) narxni oxirgi oygacha past belgilay olmayman. Lekin oxirgi oyda narxni pasaytirsam, ko‘p foyda olaman, chunki o‘yin tugaydi, birinchi firma mendan qasdini ololmaydi, deb o‘ylaydi ikkinchi firma. Shunday qilib, ikkinchi firma ham o‘zicha quyidagi qarorga keladi: oxirgi oygacha yuqori narx belgilayman va oxirgi oyda past narx belgilayman”.
Lekin birinchi firma ham ratsional bo‘lgani uchun u ham shu fikrga keladi, ya’ni oxirgi oyda narxni pasaytirishni rejalashtiradi. Buni tushungan ikkinchi firma narxni oxirgi oydan oldingi oyda pasaytirishni rejalashtiradi, chunki oxirgi oyda kooperatsiyani bo‘lmasligini aniq biladi. Xuddi shunday fikrga birinchi firma ham keladi va oxirgi oydan oldingi oyda past narxni belgilashni rejalashtiradi. Firmalar har bir oldingi oyda ham shunday fikrga keladi va natijada ikkala firma uchun ham har oyda past narx belgilashi yaxshi natija hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, “qasdma-qasd” strategiyasi bu yerda ham “mahbus dilemmasi”ga olib keladi. “Qasdma-qasd” strategiyasi foydani oshirishga olib keladimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Аgar raqib firmada sizning (birinchi firmaning) ratsional harakat qilishingizga ma’lum darajada ishonchsizlik uyg‘otsa, foydaning ortishiga olib kelishi mumkin ekan. Ya’ni u (ikkinchi firma) sizning (birinchi firmaning) ratsional harakat qilishingiz cheklangan deb o‘ylasa, shu ma’nodaki, siz yuqorida ko‘rilgan takrorlanishi cheklangan o‘yindagi vaziyatni mantiqiy tahlil qilish qobiliyatingiz yo‘q deb o‘ylaydigan bo‘lsa (ma’lum ehtimol bilan). Bunday holatda raqib firma o‘ylaydiki, birinchi firma o‘zi bilmasdan “qasdma-qasd” strategiyasini o‘ynab, yuqori narxni belgilaydi va uni men (ikkinchi firma) yuqori narxni belgilab turgunimga qadar ushlab turadi. Unda raqib firma uchun narxni oxirgi oygacha yuqori darajada ushlab turishi ratsional hisoblanadi (agar o‘yin vaqti ma’lum darajada uzoq bo‘lsa). Raqib firmaning mening (birinchi firmaning) “qasdma-qasd” o‘yinda ratsional harakat qilishimga ma’lum darajada ishonchsizligi (to‘liq ishonmasligi) kooperativ harakatning yaxshi strategiya bo‘lishiga (ikkala firmaning yuqori foyda olishiga) olib kelishi mumkin (oxirgi oydan tashqari va o‘yin vaqti ma’lum darajada uzoq bo‘lsa).
Uzoq vaqt oralig‘ida va raqib firmaning, raqib firma birinchi bo‘lib narxni pasaytirganda ham meni (birinchi firmani) xato o‘ynashim to‘g‘ri bo‘lgandagi ehtimoli bilan o‘lchangan joriy va kelajakda olinadigan foydalar yig‘indisi narxlar jangi bo‘yicha olinadigan foyda yig‘indisidan katta bo‘ladi.
Shunday qilib, qamalgan shaxs muammosi takrorlanib o‘ynalganda, kooperatsiyaga olib kelishi mumkin. Ko‘pgina bozorlarda uzoq muddat davomida takrorlanadigan o‘yinlar sodir bo‘lganda, firmalarning menejerlari va ularning raqiblari noratsional harakat qilishi mumkin. Talab va xarajatlar barqaror bo‘lgan tarmoqlarda raqobatlashuvchi firmalar o‘rtasida kooperatsiya sodir bo‘ladi (ular kelishib harakat qilmaganda ham). Talab va xarajatlar tez-tez o‘zgarib turadigan tarmoqlarda kooperatsiya kamroq uchraydi va u umuman bo‘lmasligi mumkin.

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin