Qayta quruvchilar. YAhudiy ilohiyotchilari orasida yahudiy dinini isloh qilish va uni o‘rta asrlardagi holatiga qaytarish tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning fikricha, dinni qaysidir bir jihatdan tanqid qilish uning ta’sir kuchini kamaytiradi. SHuning uchun dinning o‘zi qanday bo‘lsa, uni shundayligicha qabul qilish kerak. Bu fikr tarafdorlari yahudiy ruhoniylari orasida va Isroil davlat arboblari o‘rtasida keng tarqalgan. Ular o‘zlarini «qayta quruvchilar» deb ataydilar. qayta quruvchilar yahudiylikni sionizmning millatchilik g‘oyalari bilan qayta ishlab, uni o‘rta asrlardagi ravvinchilik holatiga qaytarishga urinadilar.