Hinduiylik dini ana shunday dinlardan biri hisoblanadi. Milodning birinchi ming yilligi o‘rtalarida vujudga kelgan hinduiylikda Brahma, Vishnu, SHiva, Indra va Agni kabi xudolar mavjud. Olam va undagi mavjudotlarni bosh xudo Brahma yaratgan deb hisoblasalarda, hinduiylar asosan Vishnu va SHivaga sig‘inadilar. Bu dinning muqaddas kitobi - «Veda» («Bilish») deb ataladi.
Din ta’limotiga binoan insonlar to‘rt tabaqa, ya’ni kastalarga bo‘lingan. Ular qatoriga oliy kasta hisoblanuvchi braxmanlar (ruhoniylar), kshatriylar (harbiylar va qabilalar boshliqlari), vayshiylar (dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar) hamda eng past kasta hisoblanadigan shudralar kiradi. Hinduiylikni qabul qilmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan birinchi va asosiy shart ana shu kasta tuzumini tan olish hisoblanadi.
Hozirda ushbu dinga 800 millionga yaqin hindlar sig‘inadi va e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Ushbu din asosan, Hindistonda tarqalgan bo‘lsa-da, bugungi kunda unga e’tiqod qiluvchilarning yirik jamoalari Bangladesh, Indoneziya, SHri Lanka, Pokiston, Malayziya, AQSH, Butan kabi davlatlarda ham mavjudligini ta’kidlash zarur.
Jaynizmning asoschisi sifatida Maxavira (miloddan avvalgi 540-468-yillar) tan olinsa-da, uning kelib chiqishi va tarixi haqida yakdil ma’lumotlar yo‘q. Ayrim hollarda jaynizmning veda dinlaridan ham qadimiyroq ekani, ba’zi manbalarda uning hinduiylikdan ajralib chiqqani va kshatriylar xonadonidan bo‘lgan “avliyo”lar tomonidan asos solingani ta’kidlanadi.
Ruh – abadiy, olam esa azaliy deb hisoblaydigan jaynizmda borliqning yaratilgani, vedalarning muqaddasligi, braxmanlarning hukmronlik maqomi inkor etiladi. SHuningdek, jaynizmda karma va nirvana masalasiga alohida e’tibor beriladi. Faqat tarkidunyo qilgan, o‘z ehtiroslaridan voz kechgan, nafsini tiya olgan, o‘z-o‘zini engib, ichki dunyosi boyigan insongina karma (kishanlar)dan qutilib, ruhning butunlay ozod bo‘lishiga – nirvanaga erishadi, deb hisoblanadi. Bunday holatga erishish uchun jonli yoki jonsiz bo‘lishidan qat’i nazar, hech bir narsaga zarar etkazmaslik, rost so‘zlash, o‘g‘irlik, zino va tamagirlik qilmaslikdek axloqiy tamoyillarga amal qilish talab etiladi.
Hozirgi kunda ushbu dinga taxminan 1,5 million kishi e’tiqod qiladi. Ular asosan Hindistonda yashaydilar.
Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solingan. Unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. «Sikxiylik» atamasi ham shu so‘zdan olingan.
Sikxiylikka ko‘ra qudratli va hukmdor bo‘lgan xudo abadiy, azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir, u yaratgan dunyo esa o‘zgaruvchan va foniydir. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo‘lishi, o‘zining muhabbati, ishonchi va sadoqati tufayli Xudoga etishishi va u bilan birlashib ketishi mumkin.
Sikxiylikda kasta tabaqalanishi inkor etiladi. Hozirda sikxiylikka e’tiqod qiluvchilarning soni taxminan 17 million kishini tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi Hindistonning Panjob shtatida istiqomat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |