Kompyuter tizimlari kafedrasi



Yüklə 168,32 Kb.
səhifə1/10
tarix28.09.2023
ölçüsü168,32 Kb.
#150229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ish №3 (1)


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI


5330300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo’yicha) yo’nalishi


“Elektronika va sxemalar” fanidan


MUSTAQIL ISH № 3
Mavzu: Differensial tenglamalarni operator usuli bilan hisoblash

Bajardi: ____________ Eshpulatov D.


Qabul qildi: ___________ Nizomov A.


Ishni bahosi: ___________ ball


Samarqand – 2022


Reja:



  1. Elektron qurilmalarning tasniflanishi;
  2. Analog qurilmalar sxemotexnikasi;
  3. Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari


1. Elektron qurilmalarning tasniflanishi

Fan, texnika va ishlab chiqarishning axborotlarni qayta ishlash va o’zgartirish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish hamda tadbiq etish bilan shug’ullanuvchi sohasi elektronika deb ataladi.


Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni to’plash, uzatish va qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ) analog vadiskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi.
Analog elektronika uzluksiz o’zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat qiluvchi EQlarni ishlab chiqish va o’rganish bilan shug’ullanadi. Bu, analog EQ (AEQ)larda signal qiymati minimaldan maksimalgacha o’zgarganda, uni qayd qilish va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi.
AEQlarning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida temperatura va boshqa omillar ta’sirida parametrlari nobarqarorligini va xalaqitbardoshligining kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib o’tish kerak.
Analog qurilmalar asosini sodda kuchaytirgich kaskadlar tashkil etadi. Ular asosida murakkabroq kuchaytirgichlar, tok va kuchlanish stabilizatorlari, chastota o’zgartgichlar, sinusoidal tebranishlar generatorlari va boshqa qator sxemalar yaratiladi.

Yüklə 168,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin