Kompyuter tizimlari kafedrasi



Yüklə 168,32 Kb.
səhifə4/10
tarix28.09.2023
ölçüsü168,32 Kb.
#150229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ish №3 (1)

Signalni o’zgartirish turlari.Analog signallarga ishlov berilganda ular kuchaytirilishi, ko’paytirilishi, solishtirilishi, qiymati chegaralanishi, chastotasi filtrlanishi va boshqa o’zgartishlarga uchrashi mumkin.
Kuchaytirish, solishtirish, ko’paytirish kabi signal o’zgartishlar keng ko’lamda ishlatiladigan, sanoatda seriyali ishlab chiqarilayotgan analog integral mikrosxemalar (AIS) yordamida amalga oshiriladi.
Kuchaytirishdeganda signal (kuchlanish yoki tok) amplitudasi, kuchlanish manbai energiyasini chiqish signali energiyasiga o’zgartirilishi hisobiga chastotalarning chegaralanmagan oralig’ida nochiziqli buzilishlarsiz K U marta ko’paytirish tushuniladi. Signallarni kuchaytirish operatsion kuchaytirgich (OK) lar, videochastotalarning keng polosali va YUCH kuchaytirgichlari yordamida amalga oshiriladi.
Chiziqli analog o’zgartirishlarni amalga oshirishda OK negiz qurilma bo’lib xizmat qiladi. Nochiziqlianalog o’zgartirishlarni amalga oshiruvchi asosiy qurilma sifatida signallarni analog ko’paytirgichxizmat qiladi. U ikkita kirishga ega bo’lgan o’zgartgichdan iborat bo’lib, X va Yanalog kattaliklar ko’paytmasi UCHIQ ni aniqlaydi:



CHIQ
���U,

bu yerdaK - masshtablovchi koeffisiyent bo’lib X va Yga bog’liq emas.


Signallarni analog ko’paytirgich universal qurilma bo’lib, u ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildiz chiqarish kabi amallarni bajarish uchun ishlatiladi. Ko’paytirgichlar asosida barcha turdagi detektorlar, modulyator – demodulyatorlar, aktiv filtrlar, boshqaruvchi generatorlar va boshqalar hosil qilinadi.
Komparator ikkita analog kattalik U 1 vaU 2 ni ma’lum aniqlik � bilan solishitirishfunksiyasini bajaradi. Komparator OK asosida yaratilgan nochiziqli TA bilan qamrab olingan maxsus qurilmadir. U istalgan shakl va davomiylikdagi signallarni hosil qilish, o’lchash va analog axborotni raqamliga o’zgartirish uchun ishlatiladi.

Ba’zi kuchaytirgichlarda kirish va chiqish kuchlanishlari bog’liqligi chiziqli bo’ladi. Qator holatlarda ortib boruvchi yoki kamayuvchi uzatish koeffisiyentli kuchaytirish zarur bo’ladi. Bunda OKlarning TA zanjirlari chiziqli (rezistor) va nochiziqli (diod, stabilitron) elementlardan tuzilgan murakkab bo’lgichlar ko’rinishida yaratiladi. Bunday qurilmalarda chiqish signali kirish signalining ma’lum qiymatidan boshlab o’zgarmas bo’lib qoladi.

Yüklə 168,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin