Amalda ushbu kattaliklarning logarifmlari bilan ishlash qulay.
Detsibellarda ifodalangan
kuchaytirish koeffisiyenti KP uchun quyidagi yozuv o’rinli:
Agar alohida kaskadning kuchaytirish koeffisiyenti dBlarda ifodalangan bo’lsa, ko’p kaskadli kuchaytirgichning umumiy kuchaytirish koeffisiyenti alohida kaskadlar kuchaytirish koeffisiyentlari yig’indisiga teng bo’ladi. KU ning detsibellarda va nisbiy birliklardagi qiyosiy qiymatlari 1.1 – jadvalda keltirilgan.
1.1 – jadval
kuchaytirgich
uchun past fP va yuqori
fYu chegaraviy chastotalar kiritiladi. Bu chastotalarda kuchaytirish koeffisiyenti – 3 dBga pasayadi.
O’zgarmas tok kuchaytirgich kirish signalini nolinchi chastotadan yuqori chegaraviy chastotagacha bo’lgan diapazonda kuchaytiradi (0
� f � fYu).
O’zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
-
past chastota kuchaytirgichlar (
PCHK) – kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha;
-
yuqori chastota kuchaytirgichlar (
YUCHK) – kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha;
-
keng polosali kuchaytirgichlar – kuchaytirish diapazoni o’nlarcha gersdan yuzlarcha megagersgacha;
-
tanlovchi(rezonans) kuchaytirgichlar juda tor chastotalar diapazonida kuchaytiradi.
Bitta kaskadning kuchaytirish koeffisiyenti odatda 30 dBdan oshmaydi. Kuchaytirishni kattalashtirish uchun ko’p kaskadli kuchaytirgichdan foydalaniladi. U ketma – ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan bo’ladi.
Kaskadlarni raqamlash kirishdan boshlanadi.
Birinchi kaskad kirish kaskadi bo’lib, u kuchaytirgichni kirish signali manbai bilan muvofiqlashtiradi. Kirish signalini minimal so’ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo’lmog’i lozim.
Oraliq kaskad kirish kaskadiga yuklama bo’lib, kirish kaskadini chiqish kaskadi bilan muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Chiqish kaskadi aksariyat hollarda quvvat kuchaytirgichni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: