2-Mavzu: sharq va g‘arb olimlarining tabiat haqidagi qarashlari



Yüklə 52,82 Kb.
səhifə4/5
tarix11.04.2023
ölçüsü52,82 Kb.
#96260
1   2   3   4   5
2-mavzu

I.G.Pestalossi 1746- yilda shveytsariyalik shifokor oilasida tug‘ilgan. U o‘z zamonasining mashhur pedagogi bo‘lgan. Uning fikrlari haligacha pedagogika sohasida qo‘llanib keli- nadi. U «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «Ku- zatish alifbosi», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim», «Oq- qush qo‘shig‘i» kabi asarlarni yaratdi. I.G. Pestalossining fikri- cha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. U Ya.A. Komenskiy, Jan Jak Russolarning ushbu g‘oya- siga amal qildi:«Insoniy kuchlarning o‘sishi uchun tabiat qilayotgan
hara- katga yordam berilmasa, bu harakatlar odamlarni hayvoniy- hissiy xususiyatlardan sekinlik bilan qutqaradi. To‘g‘ri tarbiya esa ularni, ya’ni barcha insoniy kuchlarni o‘stirishga yordam beradi».I.G. Pestalossi bolalarning aqliy kamolotini o‘stiruvchi quyidagi didaktik qoidalarni olg‘a suradi:Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi.Oddiydan murakkabga yo‘naltirish.Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish.Ko‘rsatmalilik.G. Pestalossi boshlang‘ich ta’lim xususiy metodi- kasining asosini yaratdi. Bunda u ona tili, hisob, geografiya, o‘lkashunoslik fanlaridan elementar ta’lim berish mazmunini asoslab berdi va bola tilini boyitish uchun geografiya, tibbiyot fanlarining ham uzviy ravishda olib borilishini tavsiya etgan edi.I.G. Pestalossi dunyo pedagogika fanining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib, o‘z asarlari bilan o‘ziga haykal yaratgan olimdir.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi K.D. Ushinskiy 1824- yili Rossiyaning Tula shaxrida tug‘ilgan. U «Bolalar dunyosi», «Ona tili»,
«Muallimlar uchun qo‘llanma» asarlarini yozgan. K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktabdagi ta’lim maz- munini asoslab berish bilan birga undagi qonun-qoida, tartib, metod va vositalarini ham ishlab chiqib, didaktika faniga katta hissa qo‘shdi. Bu esa ajoyib yangilik sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. U eng avvalo o‘qitishni bolalar mehnati bilan bog‘lashni tavsiya qildi. K.D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Pedagogik adabiyotning foydasi», «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» hamda «Ona so‘zi» asarlarini yozdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish masalalari bilan juda ko‘p pedagog-olimlar shug‘ullanganlar.

Yüklə 52,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin