1.4. Ijodiy fikrlash usullari
1. Ishda chap qo’lni harakatga soling (yoki agar chapaqay
bo’lsangiz, o’ng qo’lni). Bu qo’l bilan tishlarni yuving, ko’ylakning
tugmalarini qadang, sho’rvani iching, kompyuter klaviaturasida matn
tering va xat yozing.
Bu nima uchun kerak? Harakatlantirishning faolligini bosh
miyaning chap yarim sharidan o’ng yarim shariga o’tkazadi, noan'anaviy
fikrlash va ijodiy qobiliyatga samarali ta'sir ko’rsatadi.
2. Yangi tuyg`ularni boshdan kechiring, yangi qobiliyatlarni
rivojlantiring. Ko’zingizni ochib, dush qabul qiling. Cho’ntakdagi
tangalarni ushlab ko’rib, qiymatini aniqlang. Ko’zi ojizlar uchun xat va
o’qish tizimi bo’lgan Brayl alifbosidagi matnlarni o’qishga harakat qilib
ko’ring. Bir kun davomida oila a'zolaringiz bilan imo-ishoralar orqali
gaplashing.
Bu nima uchun kerak? Miya faoliyatining odatda kam harakatda
bo’lgan yoki umuman ishlamagan yangi qirralarini «o’zlashtirish» butun
miyaning neyronlari uchun yaxshi gimnastika sanaladi.
3. Ko’z o’rganib qolgan imidjni o’zgartirishdan qo’rqmang.
O’zgacha bo’lgan yangi libosni kiying, qizlar sochlarining rangi va
turmagini o’zgartirishlari mumkin.
Bu nima uchun kerak? Kishini yangi imidjni sinab ko’rib, o’zini
turlicha his etadi (hech bo’lmaganda erkaklar uchun «kostyum taassuroti»
yoki ayollar uchun «baland poshna» haqida eslab o’ting!) va fikr yuritishi
o’zgaradi.
4. Ishga yangi yo’nalish bo’ylab boring va yuring (hatto agar odat
bo’lmagan yo’l uzoq bo’lsa ham!), ko’proq sayohat qiling, har bir ta'tilni
yangi joyda o’tkazishga harakat qiling, muzey va ko’rgazmalarga boring.
Bu nima uchun kerak? Fiziologiya mutaxassislarining so’nggi
izlanishlarida tasdiqlanishicha, xotira maydoni kengayadi va hatto
gippokampning hajmi kattalashadi.
5. Ishda va uydagi intererni ko’proq o’zgartiring, har kuni uydagi
buyumlar, oshxona asbob-anjomlarining joyini almashtiring, g`aroyib
reseptlar asosida taom tayyorlang, yangi atir sotib oling.
Bu nima uchun kerak? Odatlar miyani toliqtiradi, yangiliklar esa
rag`batlantiradi, hayotni yanada yorqin va esda qolarli qiladi.
6. «Ishlar qanday?», «Nima yangiliklar?» kabi asabga teguvchi
savollarga ma’nol'i javob berishga harakat qiling, har safar yangi iboralarni
o’ylab toping – qolip so’zlardan qoching, latifalarni esga oling, yangi
xazillar, qiziqarli voqealarini o’ylab toping, albatta suhbatda ularni qistirib
o’ting.
Nima uchun kerak? Agar siz barcha narsaga ijodiy, har tamonlama
yondoshsangiz, xotirani va miyadagi nutq markazini kuchaytirasiz.
Dostları ilə paylaş: |