2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja



Yüklə 241 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.03.2023
ölçüsü241 Kb.
#89108
1   2   3   4   5   6
SDOC-C48FF9379791678BD9823848E02018BD-03-06-SI

4-qurol: Baholash 
Sizga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash 
uchun shu axborotni sizga yetkazayotgan shaxsning tajribasi, fikri va 
qarorining qanchalik xolisligini to’g’ri baholay olishingiz kerak. 


Masalan, siz kompaniyangiz mahsulotlarining qanchalik sifatli 
yoki sifatsiz ekanini aniqlash uchun bir necha mijoz o’rtasida so’rov 
o’tkazasiz. Mijozlarning yarimlari mahsulot haqida salbiy, ayrimlari 
ijobiy fikr bildiradi. Mahsulotingiz haqiqatan sifatli yoki sifatsiz ekani 
haqida so’nggi xulosaga kelishdan oldin fikr bildirgan mijozlarning 
aytganlari qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini boshqa omillarni 
hisobga olgan holda tekshirib chiqishingiz kerak. Ya’ni, ularning 
gaplarini tekshirmasdan to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishingiz sizning 
baholash qobiliyatingiz zaifligidan dalolat beradi. 
5-qurol: Tushuntirish 
Siz ma’lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo’shimcha 
ma’lumotlar orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan 
axborotni qabul qilayotgan odamda tug’iladigan qo’shimcha savollarga 
ham javob bera olishingiz kerak. Demak, biror masalani o’rganganda 
uni boshqalarga batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz 
kerak. 
Masalan, kompaniyada sizning qo’l ostingizda ishlaydigan xodim 
o’tgan oy amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Siz bu 
hisobotni endi rahbaringizga topshirishingiz kerak. O’tgan oy qilingan 
ishlar haqida gapirganingizda qo’lingizdagi hisobotda mavjud 
bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlarga ham ehtiyoj tug’ilishi mumkin.
Chunki rahbaringiz hisobot bo’yicha qo’shimcha savollar berishi 
mumkin. Demak, siz mavzuni to’liq tushuntirib berishga tayyor 
turishingiz kerak. 
6-qurol: Imkoniyatingiz chegarasini bilish 


Biror ishni amalga oshirishda o’z imkoniyatlaringiz chegarasini 
hisobga oling va qurbingiz yetmaydigan ishlarni bajarishga urinmang. 
Masalan, siz bir kompaniyaga yangi xodim bo’lib ishga keldingiz 
va mijozlardan biri telefon qilib, ko’rsatilgan xizmat yuzasidan yordam 
so’ramoqda. Siz mijozga yordam berishni va unda yaxshi taassurot 
qoldirishni xohlaysiz, ammo u so’rayotgan masalada hali sizda yetarli 
bilim yoki tajriba yo’q. Bunday holatda muammoning eng yaxshi 
yechimi telefonni tajribaliroq boshqa hamkasbingizga berishdir. 
Ishonchingiz komil bo’lmasa, o’zingiz bilmagan masalada gapirishdan 
yoki biror qaror qabul qilishdan ehtiyot bo’ling. 

Yüklə 241 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin