2 –Mavzu. Sifat kategoriyasi va sertifikatlashtirishning tarixi


Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#165375
1   2   3   4   5   6
2 –Mavzu. Sifat kategoriyasi va sertifikatlashtirishning tarixi

Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish – guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil buladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chikarilgan yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning xavfsizligiga
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, majburiy sertifikatlashtirilishi maksadga muvofik buladi, bunday mahsulotlar ruyxati Davlat tomonidan tasdiklanib, bu ruyxatga kiritilmagan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.


Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqida ega bo’lgan idora tomonidan tasdiklangan ruyxatga kiritilgan mahsulot jarayon, xizmatning standartlardagi talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ihtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tarixini kurib chikadigan bulsak bu faoliyat bilan ishlab chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari shugullanib turli tizimlarni yaratganlar. Masalan, Frantsiya va Angliyada 60-yillar boshida iste’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun ishlatiladigan elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog’ texnikasining ishlatilishdagi havfsizligini ta’minlash maksadida texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Akkreditatsiya – bu nufuzli idora tomonidan, boshka bir tashkilot yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishda to’la huquqli vakolat berilganligini e’tirof etishidir.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin