UNLI TOVUSHLAR TAVSIFI
i unlisi-old qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon yuqori ko‘tarilishi va og‘izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa talaffuz etiladi. Til, dil, jim, kiyik, kiyim .
u unlisi-orqa qator, lablangan, tor unli.Uni talaffuz qilishda til tanglay tomon ko‘tarilib og‘iz juda torayadi,lablar oldinga cho‘ziladi: gulshan,bug‘doy,kurtak,lunj.
e unlisi-old qator,lablanmagan,o‘rta keng unli.Tilning tanglay tomon yuqori-o‘rta ko‘tarilishi, til uchining pastki tishlarga tegishi bilan yumshoq talaffuz etiladi,og‘iz bir muncha torayadi:etik,sekin,meva,ehson.
o‘ unlisi-orqa qator lablangan ,o‘rta keng unli.Har vaqt so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi:bo‘z,bo‘y,do‘ppi,ko‘zgu.
a unlisi-old qator lablanmagan,keng unli.Uning aytilishida lablar kerilib,tilning oldingi qismi pastga tushadi,uchi esa pastki tishlarga yaqinlashadi:alanga,vazifa, gavhar,jasur,kurash.
o unlisi-orqa qator,lablangan,keng unli.Uning aytilishida til ichkariga tortiladi,tilning uchi tishlardan uzoqlashadi,pastki jag‘ esa tushiriladi: bozor,obod,ovoz,hikoya,matbuot.
2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undoshlar quyidagilarga ajratiladi:
a) portlovchi undoshlar: b, p, d, t, q, k, g. Bunday undoshlar talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqdan portlab chiqadi;
b) sirg‘aluvchi undoshlar: v, f, g‘, z, s, sh, j, y, x, h. Bu undoshlar talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqdan sirg‘alib chiqadi.
v) qorishiq (affrikat), portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar: ch,j,s. Bu undoshlar ham portlab, ham sirg‘alib chiqadi.
m,n,ng - burun tovushlari. Bu tovushlar talaffuzida havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘idan chiqadi.
l-yon tovush, til- tanglay tovushi: havo oqimi tilning ikki yonidan sirg‘alib chiqadi.
r-titroq tovush, til uchining titrashidan hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |